Ro miqyosda raqamli tizim



Yüklə 279,2 Kb.
səhifə7/10
tarix12.04.2023
ölçüsü279,2 Kb.
#96460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Raqamli tizimning jahon globallashuvi jarayonida tutgan o’rni

Globallashuv indeksi bo’yicha dunyo mamlakatlari reytingi
(2013, 2016- yillar)



2013 yil



2016 yil

Mamlakat

Indeks

Mamlakat

Indeks

1

Belgiya

92,30

1

Shveysariya

89,35

2

Irlandiya

91,79

2

Niderlandiya

89,14

3

Niderlandiya

91,33

3

Belgiya

88,95

4

Avstriya

89,48

4

Shvetsiya

88,17

5

Singapur

88,89

5

Buyuk Britaniya

87,20

6

Daniya

88,12

6

Daniya

86,99

7

Shvetsiya

87,63

7

Avstriya

86,40

8

Portugaliya

87,07

8

Germaniya

85,30

9

Vengriya

86,85

9

Fransiya

85,19

10

Shveysariya

86,28

10

Finlandiya

85,13

Shu jumladan:

82

Qozog’iston

58,04

81

Qozog’iston

64,39

87

Qirg’iziston

56,12

86

Qirg’iziston

63,14

54

Tojikiston

40,79

163

O’zbekiston

46,93

70

Turkmaniston

36,06

67

Tojikiston

46,36

74

O’zbekiston

34,41

84

Turkmaniston

42,02

Manba: http://gtmarket.ru/ratings/kof-globalization-index/info


Indeksni shakllantirishda manba sifatida Jahon Banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi, BMT, Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda statistika institutlari ma‘lumotlarining ixtisoslashtirilgan bazalaridan foydalaniladi. Globallashuv indeksi bo’yicha 2013- va 2016- yillarda birinchi o’ntalikda o’rin olgan mamlakatlar ro’yhati – jadvalda keltirilgan.
Uchinchidan, global raqobatbardoshlik indeksi (The Global Competitiveness Index) Kolumbiya universiteti professori Ksave Sala-i-Martin (Xavier Sala-i-Martin, Columbia University) tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum) 2004- yildan boshlab aniqlanib kelmoqda. Jahon iqtisodiy forumi fikricha, mamlakatning raqobatbardoshligi davlatning va uning institutlarini barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlab berishi bilan belgilanadi. Institutsional omillar bilan birgalikda ta‘lim va ishchi kuchining malakasini oshirish, yangi texnologiyalar va bilimlarga ega bo’lish ham asosiy omillar sifatida e‘tiborga olinadi.
Jahon iqtisodiy forumi tadqiqotlariga ko’ra, mamlakatlarning reytingi ikkita indeks bilan aniqlanadi:
 Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index, GCI);
Biznesni raqobatbardoshlik indeksi (Business Competitiveness Index,
BCI).
Global raqobatbardoshlik indeksi 113ta korsatkichdan iborat bolib, turli
rivojlanish darajasida turgan mamlakatarning raqobatbardoshligini batafsil yoritib beradi. Barcha ko’rsatkichlar 12 ta guruhga kiritilgan:
1. Institutlar sifati.
2. Infratuzilma.
3. Makroiqtisodiy barqarorlik.
4. Sog’liqni saqlash va boshlang’ich ta‘lim.
5. Oliy ta‘lim va kasbiy tayyorgarlik.
6. Tovar va xizmatlar bozorining samaradorligi.
7. Mehnat bozorining samaradorligi.


8. Moliya bozorining rivojlanganlik darajasi.


9. Texnologik rivojlanganlik darajasi.


10.Ichki bozorning hajmi.


11.Korxonalarning raqobatbardoshligi.


12.Innovatsion salohiyat.


Global raqobatbardoshlik indeksi, 2017-2018 yil



Reyting

Mamlakat

Indeks

1

Shveysariya

5,9

2

AQSH

5,9

3

Singapur

5,7

4

Niderdandiya

5,7

5

Germaniya

5,7

6

Gonkong

5,5

7

Shvetsiya

5,5

8

Buyuk Britaniya

5,5

9

Yaponiya

5,5

10

Finlyandiya

5,5

Shu jumladan:

38

Rossiya

4,6

57

Qozog’iston

4,3

79

Tojikiston

4,1

102

Qirg’iziston

3,9

Milliy iqtisodiyot globallashuvining ko’rsatkichlari


Milliy iqtisodiyotlarning tashqi dunyoga ochilishi ular tashqi iqtisodiy faoliyatining barcha shakllari bo’yicha kuzatiladi. Milliy iqtisodiyotning globallashuv ko’rsatkichlari bundan dalolat beradi va ularning eng qisqa to’plami taxminan quyidagicha ko’rinishga ega:- tashqi savdoda – bu eksport kvotasi va import boj tarifi. Birinchi indikator eksportga yo’naltirilgan mahsulotning mamlakatda ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotga bo’lgan nisbatini tavsiflaydi va milliy hisoblar tizimidan olinadi. Soddalashtirilgan ko’rinishda u eksportning XQP bo’yicha YaIM (YaMD)ga nisbati sifatida hisoblanadi (tovarlar va xizmatlar jahon narxlari bo’yicha eksport qilinadi va shuning uchun ularni jahon narxlarida qayta hisoblangan YaIM (YaMD) bilan o’zaro bog’lanishini aniqlash zarur), biroq uni milliy hisoblar tizimidan olgan ma‘qul (2018- yil yakunlariga ko’ra, O’zbekiston Respublikada tashqi savdo aylanmasi 33 815,3 mln. AQSH dollarini tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 27,3 %ga o’sdi. Shu jumladan, eksport hajmi 14 257,9 mln. AQSH dollarga (o’sish sur‘ati 13,6 %) va import hajmi 19 557,4 mln. AQSH dollariga (o’sish sur‘ati 39,6 %) etdi. Tashqi savdo saldosi minus 5 299,5 mln. AQSH dollarini tashkil qildi). Ikkinchi indikator milliy bozorlarning chet ellik raqobatchilar uchun ochiqligini tavsiflaydi;
- xalqaro bilimlar savdosida (ayirboshlashda) – bu bilimlar savdosi va YaIM hajmi o’rtasidagi o’sib boruvchi o’zaro nisbatdir. Xususan, mamlakatga royalti va litsenziyalar eksporti va importi hamda uning YaIM (YaMD) o’rtasidagi o’zaro nisbat bundan dalolat beradi. U foizning ulushlari ko’rinishida hisoblansada, shunga qaramay u ahvolni yaqqol ko’rsatadi: AQSHda 2013- yilda royalti va litsenziyalar eksporti va importining XQP bo’yicha hisoblangan YaMDga o’zaro nisbati 0,75% va
0,23%ni tashkil qilar edi, Yaponiyada – 0,67% va 0,37%, Xitoyda esa – 0,005% va 0,13%ga teng;


- milliy iqtisodiyot uchun xorijiy kapitalning ahamiyati to’g’risida qator ko’rsatkichlar, shu jumladan, xorijiy kapitalning kirib kelishi va YaIM o’rtasidagi, shuningdek to’g’ridan- to’g’ri investitsiyalarning kirib kelishi va mamlakat ichida kapital qo’yilmalar hajmi o’rtasidagi (bu erda barcha to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ushbu kapital qo’yilmalarning tarkibiy qismiga aylanishi nazarda tutiladi) o’zaro nisbat ma‘lumot beradi. Shuni aytib o’tamizki, ushbu o’zaro nisbat retsessiya va sust kon‘yunktura davrida keskin pasayadi;


Iqtisodiyot ochiqligining ayrim ko’rsatkichlari


Yüklə 279,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin