Ro miqyosda raqamli tizim



Yüklə 279,2 Kb.
səhifə8/10
tarix12.04.2023
ölçüsü279,2 Kb.
#96460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Raqamli tizimning jahon globallashuvi jarayonida tutgan o’rni

Mamlakat
va integratsion birlashmalar

2015 yilda
tovarlar va xizmatlar eksportining XQP bo’yicha hisoblangan
YAMDga nisbati,
% hisobida

2015 yilda
ortacha arifmetik import boj tarifi, olib kirilgan tovarlar qiymatining % hisobida

2016 yilda
togridan- tog„ri xorijiy investitsiyalar importining YaIMga nisbati, % hisobida

2015 yilda
aholi tarkibida immigrantlar ulushi, % hisobida

AQSH

13,0

3,5

0,5

13,1

Yevro
Ittifoqi*

47,9

5,5

0,4**

12,8

Yaponiya

18,0

4,9

0,1

1,7**

Xitoy

14,6

9,9

1,2

0,1***

Hindiston

6,9

13,5

1,7

0,4***

Braziliya

8,8

13,5

2,7

0,4***

Janubiy
Afrika
Respublikasi

16,5

7,6

1,6

3,7***

Rossiya

17,0

9,7

1,1

7,8***

Meksika

20,6

7,9

1,8

0,8

Malayziya

40,0

6,0

3,3

...

Turkiya

14,2

10,8

1,5

1,9***

Indoneziya

8,4

6,9

2,5

0,1***

Saudiya
Arabistoni

25,0

4,8

1,0

26,6***

* Faqat Germaniya
** ekspertlar bahosi
*** 2010 y.
Manba: OESD. International Migration Outlook. September 2016. P. 311; World Bank. World Development Report 2015. Washington, 2016; WTO. World Tariff Profiles. Geneva, 2015. P. 6-10; http://data.worldbank.org/indicators


- xalqaro ishchi kuchining migratsiyasini umumiy xalqaro migratsiyadan ajratish statistik jihatdan murakkab hisoblanadi, lekin umumiy aholi sonida immigrantlarning ulushidan foydalanish mumkin. Mamlakatning iqtisodiy faol aholi sonida doimiy va vaqtincha ishlash uchun kelganlarning ulushi ko’rsatkichi ahvolni yanada yaqqol ko’rsatan bo’lar edi, biroq u odatda faqat baholar bilan taqdim etilgan Milliy iqtisodiyot globallashuvining oqibatlari (Rossiya misolida)
Globallashuv milliy iqtisodiyot uchun ijobiy, salbiy va ikkiyoqlama oqibatlarga ega. Ijobiy oqibatlarga iqtisodiy o’sishning jadallashuv imkoniyatlarining o’sishini,
salbiy oqibatlarga – mamlakat iqtisodiy rivojlanishining izdan chiqishi, ikkiyoqlama oqibatlarga esa – uning global iqtisodiyot kon‘yunkturasiga qaramligining kuchayishi kiradi.
Globallashuvning faol ishtirokchilari bo’lgan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishning jadallashuvi, ular, jahon bozorida o’z ustunliklaridan kuchliroq foydalanishlari mumkinligi tufayli ro’y beradi. Bu xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy resurslar harakati konsepsiyalaridan, shuningdek mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligi nazariyasidan kelib chiqadi. Ularning xulosalariga muvofiq, ochiq iqtisodiyotli mamlakatlar globallashuvdan eng ko’p naf oladilar, va shuning isboti sifatida iqtisodiyotning ochiqligi va iqtisodiy o’sish sur‘atlari o’rtasidagi yuqori korrelyasiya (o’zaro bog’liqlik) keltiriladi. Biroq ushbu korrelyasiyani boshqa mantiq bo’yicha ko’rib chiqish mumkin – milliy iqtisodiyotning yuqori o’sish sur‘atlari odatda, uning xalqaro raqobatbardoshligining oshishi bilan birga kechadi, va shu sababli u tobora ochiqlashib borishi mumkin. XIX asrning eng ilg’or iqtisodiyoti – Britaniya iqtisodiyoti shu bilan birga eng ochiq ham edi, uni quvib etishga intilayotgan Amerika va Germaniya iqtisodiyotlari esa tayyor mahsulotlarga bir necha o’nlab foiz miqdoridagi import bojlariga ega bo’lib, ular ushbu bojlarni faqat o’z raqobatbardoshligining o’sib borishi bilan pasaytirib borar edilar.
Mamlakat iqtisodiy o’sishining izdan chiqishi, unda tashqi talab ta‘siri ostida unchalik ilg’or bo’lmagan (lekin jahon bozoridagi raqobatbardosh) tarmoqlarning ilgarilab boruvchi rivojlanishi tufayli ro’y berishi mumkin bo’lib, buning natijasida mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi hatto pasayishi ham mumkin, globallashuvdan esa faqat ushbu tarmoqlar bilan bog’langan aholi qatlamlari va mintaqalar naf ko’radilar ( iqtisodiy nazariya buni ―golland kasalligi‖ tushunchasi bilan ataydi). Bunga yaqqol misol bo’lib Rossiya hisoblanadi.
6 -jadval ma‘lumotlariga ko’ra Rossiyaning eksport kvotasi boshqa yirik iqtisodiyotlar darajasiga yaqin. Biroq, ushbu ko’rsatkich asosan xomashyo eksportidan iborat bo’lib, va natijada u jahon bozori kon‘yunkturasining, tayyor,
ayniqsa ilmtalab mahsulotlar jahon narxlarining tebranishlariga qaraganda ancha kuchli bo’lgan tebranishlaridan aziyat chekadi.
Bunda tashqi iqtisodiy sektordan soliq tushumlari (ayniqsa, uglevodorodlarga eksport bojlari) Rossiya jamlangan (konsolidatsiyalangan) byudjeti daromadlarining uchdan bir qismini tashkil etishini hisobga olish zarur. Bundan tashqari Rossiyaning ko’pgina eksportga yo’naltirilgan tarmoqlarida tashqi bozor, ushbu tarmoqlarni (neft va gaz, metallurgiya, o’g’itlar ishlab chiqarish) ichki kon‘yunktura emas, balki ko’proq tashqi kon‘yunkturaning hukmiga topshirib, ichki bozorni almashtirib bormoqda. Bu, fond bozoridagi bitimlarning yarmisi chet ellik rezidentlarga, uzoq muddatli kreditlarning uchdan bir qismi esa – xorijiy banklarga to’g’ri keladigan moliyaviy sektorda ham kuzatiladi. Bunday vaziyat, Rossiya kabi yirik iqtisodiyot uchun tashqi bozorga qaraganda ichki bozorning ahamiyatini oshirish zarurligini ko’rsatadi. Mahalliy, ayniqsa, zamonaviy tarmoqlarga nisbatan kuchliroq (asosan tarifli emas, balki davlat ko’magi ko’rinishidagi bilvosita) proteksionizm ularning modernizatsiya qilinishiga va pirovardida ular raqobatbardoshligining oshishiga ko’maklashishi va shu asosda – ilmtalab tovarlar hisobiga Rossiya eksportining diversifikatsiyalashuviga yordam berishi mumkin. Bunga, iqtisodiyotni monetizatsiya qilinishining ortishi hisobiga moliyaviy sektorning modernizatsiya qilinishi ham, shuningdek, mamlakatda mulkchilik huquqlari himoyasining kuchayishi ham ko’maklashishi mumkin.
BSTga o’n sakkiz yillik a‘zo bo’lib kirish jarayoni davomida Rossiya asta-sekin o’z raqobatbardoshligini oshirib, bir vaqtning o’zida import bojlari darajasini pasaytirib bordi. Shuning uchun, uning 2012- yilda BSTga a‘zo bo’lib kirishi, yaqin yillarda o’rtacha torttirma import bojlarining ancha kam va asta-sekin kamaytirilishiga olib keldi (sakkiz yillik o’tish davrining yakunida, ya‘ni 2020- yilga kelib taxminan 1,5 marta). Biroq, ayrim tovarlar uchun (masalan, samolyotlar, yuk mashinalari, go’sht, sut mahsulotlari uchun) bojlar jiddiy kamaytiriladi, xolbuki Rossiyada bojxona tarifi stavkasining 20 % bo’yicha harakat erkinligi mavjud (ushbu tovarlar bo’yicha stavkalar BST oldidagi majburiyatlar bilan bog’lanmagan). Rossiya Fanlar Akademiyasi ekspertlarining fikricha, BSTda ishtirok etish, Rossiya uchun yuksalish yillarida YaIM qo’shimcha o’sishini 1 foizli punktga va inqiroz davridagi pasayishini 1 foizli punktga oshiradi
Jahon, mintaqaviy va milliy valyuta tizimlari farqlanadi. Jahon valyuta tizimi dunyoda tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanib borishi bilan birga jahon xo’jaligining tuzilmasiga hamda yetakchi mamlakatlarning kuchi va manfaatlarining o’zaro nisbatiga bog’liq ravishda shakllandi. Jahon valyuta tizimi - bu davlatlar o’rtasidagi xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishninig davlat-huquqiy shakli bo’lib, davlatlararo kelishuvlar asosida yuzaga keladi. Jahon valyuta tizimining evolyusiyasi jarayonida uning quyidagi asosiy elementlarining ko’rinishi o’zgarib va takomillashib bordi:
- jahon pullarining (oltin, zaxira valyutalar);
- valyuta kurslari rejimi;
- valyutani tartibga solish darajasi va valyuta cheklovlari hajmi;
- xalqaro hisob-kitoblar qoidalari va shakllarini unifikatsiya qilish;
- valyutani tartibga solishni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar.
Jahon valyuta tizimi jahon pullariga asoslanadi. Zamonaviy sharoitlarda ularning vazifasini zaxira valyutalar bajaradi. Ular milliy valyutalar kursini aniqlash uchun negiz bo’lib xizmat qiladi, xalqaro to’lov va zaxira vositasi funksiyalarini bajaradi. Jahon valyuta tizimi rivojlanishning 4 bosqichini bosib o’tdi va ular quyidagidar:
1.Parij valyuta tizimi
2.Genuya valyuta tizimi
3. Bretton-Vuds valyuta tizimi
4. Yamayka valyuta tizimi
Dastlab jahon puli shakli bo’lib ikkita qimmatbaxo metall – kumush va oltin xizmat qilgan. Lekin XIX asr oxirida katta oltin zaxirasiga ega mamlakatlar, masalan o’sha vaqtdagi eng yirik iqtisodiyot – Buyuk Britaniya oltin monometallizmiga o’tdi.
1867- yilda Parijda bo’lib o’tgan konferensiyada davlatlararo kelishuv bilan oltin tanga stnadartiga asoslangan birinchi jahon valyuta tizimi (Parij tizimi) yuridik jihatdan mustahkamlandi. Ushbu valyuta tizimiga mamlakatda qog’oz pullarning oltin tangalarga erkin almashtirilishi xos bo’lib, natijada mamlakatda pul massasi uning oltin zaxiralari hajmi bilan aniqlanar edi. Bundan tashqari milliy valyutalarning mazmuni va valyuta kurslari oltinda qayd qilingan edi. Ushbu kurslar faqat oltin nuqtalar atrofida, ya‘ni oltinni jahon moliyaviy markazlaridan tashish qiymati miqdorida tebranishi mumkin edi. Valyuta kursi oltin nuqtalar chegarasida talab va taklif asosida aniqlanar edi. Valyutaning qadrsizlanishida uning kursi oltin nuqtalar chegarasidan chiqib ketar edi va bu mamlakatdan oltinning chiqib ketishiga olib kelar edi. Natijada to’lov balansining salbiy saldosi vujudga kelib, u mamlakatning oltin zaxiralari hisobiga yoki chet eldan kapitalning oltinga almashtiriladigan xorijiy valyuta shaklida kirib kelishi bilan qoplanar edi. Masalan, XX asrda to’lov balansi kamomadiga duch kelgan Buyuk Britaniyada pul massasining qisqarishi ro’y berdi, lekin natijada mamlakatda foiz stavkalari ko’tarildi, bu esa chet eldan kapital oqimini kuchaytirdi va u to’lov balansi kamomadini moliyalashtirish imkonini berdi.
Birinchi jahon urushigacha oltin tanga standarti tizimining amal qilishi nafaqat valyuta tizimining barqarorligini, balki jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ham ta‘minladi. 1897- yilda Rossiyada moliya vaziri Sergey Yulevich Vittening (1849-1915) tashabbusi bilan oltin tanga standartining joriy etilishi rublni dunyoning eng mustahkam valyutalaridan biriga aylanishiga imkon berdi.
Biroq Birinchi jahon urushi davrida valyuta inqirozining vujudga kelishi jahonda yangi valyuta tizimini yaratishga olib keldi. 1922 yilda Italiyaning Genuya shahrida o’tkazilgan xalqaro iqtisodiy konferensiyada rasmiylashtirilgan ikkinchi jahon valyuta tizimi (Genuya tizimi) oltin deviz (oltin valyuta) standartiga, ya‘ni nafaqat oltinga, balki oltinga almashtiriladigan xorijiy valyutaga asoslandi. Xech bir valyutaga rasman zaxira valyuta maqomi berilmagan bo’lsada, Angliya funt sterlingi va AQSH dollari haqiqiy zaxira valyutasi sifatida yetakchilik uchun raqobatlashdi.
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining chuqurlashuvi natijasida Genuya jahon valyuta tizimi barbod bo’la boshladi. Dastlab Germaniya, so’ngra Buyuk Britaniya va AQSH qog’oz pullarni oltinga almashtirishni bekor qildi va ularning valyutasi devalvatsiya qilindi. Murakkab vaziyatdan chiqish uchun funt sterling va dollar atrofida valyuta bloklari shakllantirildi, ushbu bloklarga a‘zo-mamlakatlar o’z zaxiralarida ushbu valyutalardan biriga tayanar edi. Keyinchalik boshlangan Ikkinchi jahon urushi yangi valyuta cheklovlarga olib keldi, harbiy- strategik tovarlarni sotish esa faqat oltin evaziga amalga oshirildi.
Xalqaro valyuta munosabatlari asoslarini tiklash uchun 1944- yilning
22- iyunida Bretton-Vudsda (AQSH, Nyu-Xempshir shtati) o’tkazilgan xalqaro konferensiyada uchinchi jahon valyuta tizimi – Bretton-Vuds tizimining prinsiplari shakllantirildi:
- valyutalarning dollarga nisbatan qayd etilgan kurslari rasman o’rnatildi va dollar o’z navbatida ushbu kursda oltinga almashtiriladi;
- 1944- yil 1- iyulda oltinning rasmiy qiymati bir troya unsiyaga (31,105 g.) 35 dollar darajasida o’rnatildi, yoki 1 dollar 0,88571 g oltinga tenglashtirildi;
- valyutalarning qayd etilgan kurslari ±1% chegarasida, G’arbiy Yevropada esa
±0,75% chegarasida tebranishiga yo’l qo’yiladi;
- ikkita zaxira valyutalar – AQSH dollari va funt stertling oltinga rasmiy kurs
bo’yicha almashtirilishi ta‘minlanadi.
- XVJ davlatlararo valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi organ sifatida tashkil etildi.
Bretton-Vuds tizimi o’z tavsifiga ko’ra qayd qilingan kurslarga ega oltin deviz (oltin valyuta) tizimi edi. AQSH xorijiy mamlakatlar markaziy banklarining birinchi talabi bo’yicha dollarlarni oltinga xech qanday cheklovlarsiz almashtirish majburiyatini o’z zimmasiga oldi, qolgan mamlakatlar esa o’z valyutasini dollarga nisbatan kursini qayd etish va uni paritetga nisbatan ±1% chegarasida tebranishlarini ta‘minlashga majbur edilar. Milliy valyutalarni oltinga almashtirish, turli mamlakatlarning markaziy banklari o’rtasidagi munosabatlardan tashqari butunlay bekor qilindi. Yangi xalqaro valyuta tizimini tartibga solish uchun Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) tuzildi.
Shunga qaramay, Bretton-Vuds valyuta tizimining qarama-qarshiliklari, eng avvalo dollarning milliy tavsifi va uni xalqaro to’lov vositasi sifatida qo’llanishi o’rtasidagi ziddiyatlar asta-sekin ushbu tizimni ham barbod bo’lishiga olib keldi. Shuningdek, AQSH ning Vetnamda olib borgan uzoq yillik urushi natijasida davlat byudjeti defitsiti keskin oshgan edi va buning natijasida dollor kursi keskin tebranishi kuzatildi. Ushbu sabablarga ko’ra XX- asrning 70- yillariga kelib zaxira valyuta sifatida dollordan qochish tendensiyasi yuz berdi. 1971- yilda AQSH dollarlarni rasmiy kurs bo’yicha oltinga almashtirishni to’xtatdi. Qayd etilgan valyuta kurslari to’g’risidagi kelishuv bekor qilindi va Bretton-Vuds tizimi o’z faoliyatini tugatdi.
Hozirda amal qilayotgan to’rtinchi jahon valyuta tizimi (Yamayka tizimi)
1976- yil yanvarda Yamaykaning Kingston shahrida XVJga a‘zo-mamlakatlarning kelishuvlari bilan rasmiylashtirildi. Unda yangi tizimning asosiy prinsiplari shakllantirildi va ular 1978- yil aprelda XVJ Ustaviga ikkinchi tuzatishlar bilan mustahkamlandi. Ushbu prinsiplar hozirgi kunda ham amal qilmoqda:
- oltinning rasmiy narxini bekor qilish bilan uning pul funksiyalari tugatildi, lekin oltinning haqiqiy qiymati tufayli uning zaxira pul (to’g’rirog’i – zaxira aktivi) vazifasi saqlanib qoldi;
- oltin deviz standarti maxsus qarz olish huquqi (SDR) standarti bilan almashtirildi, u valyuta kurslari asosi sifatida rasmiy e‘lon qilindi, lekin amaliyotda na milliy valyutalar qiymatining etaloni (o’lchovi)ga, na asosiy to’lov va zaxira vositasiga aylanmadi;
- mamlakatlar 1973- yildan boshlab rasman qayd qilingan valyuta kurslaridan tashqari suzuvchi valyuta kurslari rejimini ham tanlashlari mumkin bo’ldi;
- XVJ valyuta kurslarini yanada qat‘iy nazorat qilish va valyuta munosabatlarini erkinlashtirishga ko’maklashish vakolatlarini oldi.
Yamayka valyuta tizimidagi bunday aks tartibga solish juda tez suzuvchi valyuta kurslarining kuchli tebranishlarida namoyon bo’ldi, moliyaviy va valyuta inqirozlari esa, ayniqsa asrlar chegarasida (1995- yilda Meksikada valyuta inqirozi,
1997- yil yozda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, 1998- yil yozda Rossiyada,
1999- yil yanvarda Braziliyada, 2000 va 2001- yillarda Turkiyada valyuta
―bo’ronlari‖) valyuta kurslarini qo’llab-quvvatlash, ayrim moliyaviy aktivlarni haqiqiy va oshirib baholash, qoniqarsiz bank nazorati, moliyaviy axborot yetishmovchiligi bo’yicha choralar ko’rish masalasini oldinga surdi. 2007-2008 yillarda jahon valyuta moliya bozorida inqiroz holatlarini yengish uchun mamlakatlarning hatti-harakatlarini muvofiqlashtirish zarurati jahon iqtisodiy hamjamiyatini jahon valyuta tizimida aks tartibga solish hamda moliyaviy oqimlarning globallashuvi sharoitlarida XVJning rolini yangicha baholashga va mamlakatlarning valyuta munosabatlari sohasidagi siyosatlarini kelishishga majbur qildi. 2007-2008 yillardagi valyuta-moliyaviy inqiroz saboqlari 2012- yil aprelda XVJda o’tkazilgan kapital oqimlarini boshqarishni takomillashtirish to’g’risidagi masalaning navbatdagi muhokamasi ishtirokchilariga ―to’liq liberallashuv har qanday vaziyatda barcha mamlakatlar uchun tegishli maqsad bo’lib hisoblanmaydi valiberallashuvning zaruriy darajasi mamlakatdagi aniq vaziyatlar, xususan uning institutsional va moliyaviy rivojlanish bosqichiga bog’liq‖31 degan xulosaga kelish imkonini berdi. Bunda kapitalning ham mamlakatga kirib kelishini, ham mamlakatdan chiqib ketishini tartibga solishga, ya‘ni u yoki bu tartibga soluvchi choralarni qo’llash (management measures)ga katta e‘tibor berish zarur.
Biroq, xalqaro valyuta tuzilmasiga tuzatishlar kiritish hamda millat ustki organlar, birinchi navbatda XVF faoliyatini takomillashtirishga nisbatan ―20 Guruh‖, XVF va boshqa tashkilotlarning tavsiyanomalari hanuzgacha zamonaviy jahon valyuta tizimini isloh qilishga jiddiy ta‘sir ko’rsatgani yo’q.
Iqtisodiy integratsiya jarayonlarida mintaqaviy valyuta tizimlari vujudga kelmoqda va faoliyat ko’rsatmoqda. Bu eng avvalo,yevro hududidir.
Milliy valyuta tizimlariga kelsak, ular milliy pul tizimining bir qismi hisoblanadi, lekin bunda nisbatan mustaqillikka ega va mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jaligi bilan aloqasini ta‘minlaydi. Milliy valyuta tizimining muhim elementi bo’lib valyutaning konvertirlanish (almashtirish) darajasi, ya‘ni miliy valyutani xorijiy valyutaga ayirboshlash erkinligi hisoblanadi. Konvertirlanmaydigan (berk), qisman konvertirlanadigan va to’liq konvertirlanadigan valyutalar ajratiladi.
Agar emitent-davlat to’lov balansining joriy operatsiyalari bo’yicha milliy valyutani xorijiy valyutalarga almashtirishni cheklaganda yoki taqiqlaganda valyuta konvertirlanmaydigan valyuta hisoblanadi. Joriy operatsiyalar (lekin kapital operatsiyalar emas) bo’yicha xorijiy valyutalarga erkin ayirboshlash valyutani qisman konvertirlanadigan valyutaga aylantiradi. XVJ Ustavining VIII moddasidan kelib chiqadigan majburiyatni olgan mamlakatlarning valyutalarini XVJ konvertirlanadigan valyutalar sifatida tan oladi. Ushbu majburiyat ―hech bir a‘zo- mamlakat joriy xalqaro bitimlar bo’yicha to’lovlar va o’tkazmalarga Jamg’armaning roziligisiz cheklovlarni o’rnatmasligi kerak‖ligini nazarda tutadi. Bunday operatsiyalarga tovarlar va xizmatlar tashqi savdosiga, qisqa muddatli bank va kredit
operatsiyalariga, qarzlarni va ular boyicha foizlarni tolash boyicha tolovlar,



Xulosa


Globallashuv jarayonining mexanizmi-jahon iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va yangi raqamli texnologik uslubga o’tish, texnologik bazani sifatli yangilash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va raqobatbardoshlik bilan birga hayot sifati va yashash muhitini yaxshilashga qaratilgan.
Iqtisodiy faoliyatning globallashuvi uni liberallashtirishni talab qiladi, ya‘ni xalqaro savdo, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliyaviy operatsiyalar yo’llaridagi cheklovlarni kamaytirish yoki yo’q qilishni nazarda tutadi. Globallashuv sohasidagi keyingi yutuqlar jahon iqtisodiyotining ochiqlik darajasining umumiy darajasidan, uni liberallashtirish darajasiga bog’liq.
Globallashuv va liberallashtirish bir xil jarayonning ikki tomonidir, ular orasida yaqin aloqalar mavjud. Bir tomondan, kompaniyalar, banklar, investitsiya jamg’armalari darajasida xalqaro ishlab chiqarish, savdo, moliyaviy faoliyatni rivojlantirish, kompaniyalarning davlatlararo birlashuvi va sotib olishlarini oshirish, xalqaro ixtisoslashuvni kengaytirish va ishlab chiqarishda hamkorlik qilish ob‘ektiv ravishda ushbu yo’llardagi to’siqlarni bartaraf etish yoki zaiflashtirishni talab qiladi. Boshqa tomondan, liberallashtirish o’z-o’zidan yanada globallashuv uchun qulay shart-sharoitlar yaratib, uni kengaytirish va chuqurlashtirishni rag’batlantiradi. So’nggi yillarda GATT-JST doirasi kengaydi. Bundan tashqari, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning savdo jihatlari bo’yicha bitim (Trips) tuzildi.
GATSning asosiy ma‘nosi xizmatlar savdosini liberallashtirish choralari bo’lib, u hali ham dastlabki bosqichda. Tripsga kelsak, u intellektual mulkni o’z ichiga olgan ilm-fan iste‘mol tovarlari savdosini osonlashtirish va rag’batlantirish rolini bajaradi.



Yüklə 279,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin