Rivojlanish biologiyasi fanining predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi, sitalogik tadqiqoq usullari Reja



Yüklə 29,27 Kb.
səhifə3/4
tarix12.02.2022
ölçüsü29,27 Kb.
#52455
1   2   3   4
Rivojlanish biologiyasi fanining predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi, sitalogik tadqiqoq usullari

itologiya (citos... va ...logos) — hujayra haqidagi fan. Hujayralarning tuzilishi va funksiyasini, koʻp hujayrali, shuningdek, bir hujayrali organizmlardagi aʼzo va toʻqimalarning oʻzaro bogʻlanishi va munosabatlarini oʻrganadi. Barcha tirik mavjudotlarning eng muhim tarkibiy kismi boʻlgan hujayrani oʻrganish bilan S. biologiya fanlari orasida markaziy oʻrinni egallaydi; u oʻsimliklar gistologiyasi, anatomiyasi, fiziologiya, genetika, biokimyo, mikrobiologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻlangan. Organizmning hujayra tuzilishini oʻrganish 17-asrdan olimlar R.Guk, M.Malpigi, A.Levenguk (1632— 1723) tomonidan boshlangan edi.

S.ning taraqkiyoti hujayra tadqiqoti usullarining rivoji bilan bogʻliq. 19-asrga kelib butun organik dunyo uchun yagona hujayra nazariyasi yaratildi (T.Shvann, 1838). Hujayra nazariyasining yaratilishi hujayrani barcha tirik organizmlarning asosi sifatida oʻrganish uchun turtki boʻddi. 19-asr oʻrtalaridan hujayralar strukturasini fiksatsiya qilish, yaʼni kimyoviy moddalar va fizik omillar taʼsir ettirish yoʻli bilan shu strukturani saqlash va toʻqimalarni boʻyashning har xil usullari qoʻllanila boshladi. S.ning keyingi rivojlanishiga nemis patologi R.Virxovshsht "sellyulyar patologiya" haqidagi taʼlimoti sabab boʻldi (1858), Virxov hayvon organizmi hujayralar majmuidan iborat, shulardan har biri hayotning barcha xossalariga ega va har bir xujayra fakat hujayradan rivojlanadi degan fikrni olgʻa surdi. 19-asrning oxirida protoplazmaning doimiy tarkibiy qismlari (organoidlari); sentrosomalar, mitoxondriyalar, toʻrsimon apparat yoki Golji kompleksi, shuningdek, hujayra yadrosidagi nuklein kislota aniqlandi. Hujayraning kariokinetik boʻlinishini (qarang Mitoz) avval oʻsimliklarda, keyin hayvonlarda kashf qilindi. Xromosomaning individuallik nazariyasi va soni turgʻunligi qoidasi yaratildi. Jinsiy hujayralar rivojlanishida xromosomalar soni reduksiyasi jarayoni kashf qilindi. Rus sitologi S.G.Navashin (1898) yopiq urugʻli oʻsimliklarda qoʻsh urugʻlanish hodisasini aniqladi.

Hujayra fiziologiyasini tadqiq qilishda ham katta ishlar qilindi. I.I.Mechnikov fagotsitoz jarayonini topdi. Oʻsimlik va hayvon hujayralarining tanlab oʻtkazuvchanlik xususiyati kashf qilindi. Membrananing oʻtkazuvchanlik nazariyasi paydo boʻldi. Hujayrani tiriklayin boʻyash usullari ishlab chiqildi.

20-asrning boshidan hujayrani tadqiq etishda ultrabinafsha nurlar va flyuoressent mikroskopiyasi, 1941-yildan faza — kontrastli mikroskopiya qoʻllanildi. Sitokimyoviy tahlillarning yangi usullari ishlab chiqildi. Hujayra ustida har xil tadqiqotlar oʻtkazishga yordam beruvchi mikromanipulyatorlar yuzaga keldi. 20-asrning birinchi choragida xujayra strukturasining funksional roli aniqlandi. Oʻsimlik hujayralarida vakuolyar sistema rivojlanishi va plastidalardan kraxmal hosil boʻlishi kuzatildi.

Mendel qonunlarini qayta kashf qilinishi S. rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Jinsiy aʼzolar va somatik hujayralar yadrosida kechadigan jarayonlarni oʻrganish natijasida irsiyatning xromosoma nazariyasi yaratildi; sitogenetika soha boʻlib ajraldi.

20-asrga kelib S.ning jadal rivojlanishiga yangi usullar (elektron mikroskopiya, izotop indikatorlar, hujayralarni sunʼiy oʻstirish va boshqalar) asos boʻldi. Hujayraning yangi ultramikroskopik komponentlari, hujayrani tashqi muhitdan ajratib turadigan plazmatik yoki hujayraviy membrana va h.k. kashf qilindi. Submikroskopik tadqiqotlar hujayralarni eukariotlar vaprokariotlar guruhiga (shunga koʻra organizmlarni ham) ajratish imkoniyatini berdi.

Hujayraning tarkibiy qismlarini ajratib olish usullarini takomillashtirish, biokimyoning analitik va dinamik usullarini S.ga tadbiq etish hujayraning kimyoviy topografiyasi va uning tarkibiy qismini, biokimyoviy roli hamda funksional ahamiyatini aniqlashga olib keldi. Hujayraning genetik funksiyasini oʻrganishda yadro va hujayraning sitoplazmatik tarkibida DNK borligini aniklash katta ahamiyatga ega boʻldi.

Hozirgi S.ning asosiy vazifalari hujayraning mikroskopik va submikroskopik strukturasi hamda kimyoviy tarkibini, hujayralar strukturalarining funksiyalari va ularning oʻzaro taʼsirini, moddalarning hujayraga oʻtishi va undan ajralib chiqish usullari hamda membrananing bu jarayonlardagi rolini, mikroorganizmlarning nerv va gumoral omillari hamda tashqi muxit omillariga hujayralarning reaksiya koʻrsatishini, uning qoʻzgʻalishini qabul qilishi va oʻtkazishini, hujayraning bir-biriga oʻzaro taʼsirini, uning shikastlaydigan taʼsirotga koʻrsatadigan reaksiyasini, hujayraning yadro va sitoplazmatik-genetik apparati va irsiy kasalliklarda uning oʻzgarishini, hujayralarning viruslar bilan munosabatini, normal hujayralarning oʻsma (rak) hujayralariga aylanishi, hujayra sistemasining paydo boʻlishi hamda evolyutsiyasi va boshqa masa-lalarni urganishsan iborat. S.ning sitogenetika, sitoekologiya, radiatsion S., onkologik S. va boshqa tarmoqdari bor. Hozirgi respublikamizdagi mavjud tibbiyot institutlarda S. gistologiya bilan qoʻshib oʻqitiladi. Oʻzbekiston FAning "Oʻzbekistan biologiya jurnali" va boshqa nashrlarda S. masalalari yoritiladi (yana q. Hujayra).


12.Immuno-biologik usul. Embrionda immunitet hosil bo’lishi o’rganiladi.

Hujayra dissosiatsiyasi va agregatsiyasi. Rivojlanayotgan to’qimalarni o’rganish hujayra dissosiatsiyasini o’rganishning yangi uslubi hisoblanadi. Buning uchun ayrim ferentlarning kuchsiz eritmalar masalan , hujayralarni bir-biri bilan birikishini buzuvchi tripsin ishlatiladi. Bu tipdagi ishlar dissosiatsiyalangan hujayralar o’ziga xos xususiyati ya’ni o’xshash hujayra bilan qayta qo’shiladi, ba’zan murakkab to’qimaviy komplekslar hosil qiladi.

13.Ingibitorlar va tretogenlar. Embrionning rivojlanishini o’rganish uchun embriogenezning normal jarayonlarini buzuvchi ingibitorlar (kimyoviy agentlar) qo’llaniladi. Aniqlanishicha, ko’pgina dori preparatlari embrionning rivojlanishini buzadi. Bunday preparatlar trotegenlar deyiladi. Trotegenlarning ta’siri 60 yillarning boshlarida Germaniya va boshqa mamlakatlarda qayd etilgan. Bu davlatlarda qo’l-oyoqlar anomaliyalar bilan tug;ilgan bolalar soni ko’p bo’lib bu anomaliyalar fokomeliya (qo’l-oyoqlarning tyulennikiga o’xshashligi) nomini olgan. Anomaliyaning sababi homilador ayollar qabul qilgan va bezarar deb hisoblangan talidomid preparati hisoblanadi.

14.Gen injeneriyasi usuli. Ma’lum gen bir embriondan ko`chirilib, ikkinchisiga o’tkaziladi vao’rganiladi.

15. Ekologik usul. Ekologikomillarni embriongata’sirio’rganiladi.


Yüklə 29,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin