Reja: Xristianlikning paydo bo’lishi, aqidalari, asosiy yonalishlari, ta’limotlari va manbalari



Yüklə 277,42 Kb.
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü277,42 Kb.
#209790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DINSHUNOSLIK 4- Mustaqil ish

Ushbu maqola bir necha turkumdan iborat

  • Islom

  • Masjid

  • Haj



Kaʼba qismlari

  1. 1) Qora tosh


  1. 2) Eshik


  1. 3) Tarnov


  1. 4) Poydevor


  1. 5) Hijri Ismoil


  1. 6) Multazam


  1. 7) Maqomi Ibrohim


  1. 8) Qora tosh burchagi


  1. 9) Yaman burchagi


  1. 10) Shom burchagi


  1. 11) Iroq burchagi


  1. 12) Kisva

Yana qarang

  • Banu shayba * Zamzam * Qibla * Tavof *Umra * Al-Harom


Kaʼba Vikiomborda

  • k

  • m

  • t

Islom soʻzi, arab tilidagi Aslama soʻzining uch-harfli s-l-m oʻzagidan olingan boʻlib, oʻzbek tilidagi lugʻaviy maʼnosi „qabul qilish, taslim boʻlish, itoat etish yoki tobe boʻlish“dir. Shu yerdan Islomning maʼnosi, Allohga iymon keltirib unga itoat qilish, iymon keltirganlar esa, buni unga oʻzlarining ibodati, uning buyurgan amallarini bajarishi hamda politeizm (koʻpxudolik)ni inkor etish bilan namoyish etishlari lozim. Bu soʻz Qur’onda bir nechta maʼnolarda kelgan. Baʼzi oyatlarda Islomning sifatlaridan bir bu insondagi ichki pushaymonlik deb urgʻu beriladi:“Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi boʻlsa, uning koʻksini Islomga ochib qoʻyadir.”[4] Boshqa bir oyatda “Islom'” va “din” atamalari oʻzaro bogʻlanadi:"[5] Yana shuningdek, boshqalar nazdida, Islom iymonning faqatgina tildagi tasdigʻi boʻlibgina qolmay, balki bu Allohga qaytish faoliyatidir[6].
Islomning besh ustuni
Musulmonlar masjidda ibodat qilishmoqda

  1. Iymon.

  2. Har kuni besh mahal namoz oʻqish.

  3. Ramazon oyida 30 kun roʻza tutish.

  4. Zakot berish. Zakot Islomda moliyaviy ibodatdir, yaʼni boyligi nisobga (muayyan miiqdorga)yetgan musulmonalrning yilda bir marta haqdorlarga berishi farz.

  5. Haj qilish. Bu amal moddiy jihatdan qurbi yetadiganlarga farzdir.

Demografiyasi
Jahonda qariyb 1,1–1,8 milliard kishi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning ⅔ qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 %idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy AfrikaGʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (KiprLivanIsroil mustasno), SenegalGambiyaNigerSomaliAfgʻonistonPokistonBangladeshIndoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80% idan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80% igacha tashkil qiladi (GvineyaMaliLivanChadSudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-BisauKamerunBurkinafasoSyerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — IndoneziyaHindistonPokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, XitoyTailandEfiopiyaTanzaniyaKiprdaYevropaning ayrim mamlakatlari (YugoslaviyaAlbaniyaBuyuk BritaniyaGermaniyaFransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQShKanadaArgentinaBraziliyaGayanaSurinamTrinidad va Tobago)da, AvstraliyadaFiji orollarida yashaydi[7].
Islomda boʻlinish
Sunniylik (sunna soʻzidan) — islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93 % i Sunniy (qolgan 7 % i shialikka) mansub (2004). Sunniylik tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston yarimoroli va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shimoli-sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.
Islom dastlabki davrda hech qanday yoʻnalish, mazhab va oqimlarga boʻlinmagan. VII asrning oʻrtalarida turli siyosiy sabablarga koʻra, musulmonlar safida boʻlinish paydo boʻldi. Avval shialar, keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular oʻzining haqligini isbot qilish uchun oʻz fikrini, yoʻnalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning oʻziga xos aqidasi shakllana bordi.
Sunniylik boʻyicha Abu Hanifa (Imomi Aʼzam)ning „al-Fiqh al-akbar“ asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ashʼariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. Sunniylik yoʻnalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan eʼtirof etilgan. Sunniylik tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat:

  1. Mavjudotlarning gʻaqiqat va mohiyati bor narsa boʻlib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari — beshta sezgi aʼzolari, ilohiy manbalar va aql.

  2. Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan.

  3. Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u oʻziga xos azaliy va abadiy koʻpgina sifatlarga ega.

  4. Zotiy sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayotirodaeshitishkoʻrish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham oʻzi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatlariga aslo oʻxshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir.

  5. Allohning ismlari koʻp. Hadisda 99 ta goʻzal ismlari zikr etilgan (qarang al-Asmo al-Husno).

  6. Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yoʻllarini koʻrsatib qoʻygach, adashgan va kufr yoʻlini tanlaganlarni jazolashi adolat hisoblanadi. Bordi-yu, zalolat yoʻlidan asrab qolsa — bu Uning fazli, marhamati. Asramasa, adolati hisoblanadi.

  7. Paygʻambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ularning adadi garchi baʼzi hadis va rivoyatlarda koʻrsatilgan boʻlsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani maʼqul. Paygʻambarlarning birinchisi — Odam, oxirgisi — Muhammad

  8. Paygʻambarlarning moʻjizalarini haq deb eʼtiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo paygʻambar darajasiga yeta olmaydi.

  9. Islomning besh rukni — iymon kalimasi, namozroʻzazakothaj har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan birortasini uzrsiz tark etsa, yoki sharʼan taqiqlangan ishlarga qoʻl ursa, qattiq gunohkor boʻlishi, lekin kofir boʻlmasligini tasdiq etish.

  10. Iymon — Muhammad Alloh tomonidan keltirgan barcha xabar va maʼlumotlarni haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni koʻp qilganda imon nuri koʻpayib, gunoh ishlarni koʻp qilganda iymon nuri ozayib turishini tasdiqlash va hokazo.

Sunniylikda 4 ta diniy-huquqiy mazhab (hanafiylikmolikiylikshofiʼiylikhanbaliylik) mavjud. Sunniylik islomda anʼanaviy eʼtiqod yoʻli deb eʼtirof etilib kelgan.
Sunniylik bilan shialik oʻrtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va anʼanalarda birmuncha tafovutlar bor. Oʻzbekiston aholisining aksariyat qismi sunnilyikka eʼtiqod qiladi.


Yüklə 277,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin