Abulqosim Firdavsiy



Yüklə 30,5 Kb.
tarix03.04.2023
ölçüsü30,5 Kb.
#92808
Abulqosim Firdavsiy


Abulqosim Firdavsiy
(941 - 1025)
Abulqosim Firdavsiy ona - Vatan uchun fidoyi yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir. U 941 yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning otasi Tus hokiminint «Firdavs», ya’ni «Jannat» nomli bog‘da bog‘bon bo‘lgan. Firdavsiy dastlab qishlog‘idagi diniy maktabda, so‘ng Tus shahri madrasalarida tahsil oladi. Otasi vafotidan so‘ng bog‘bonlik qiladi. Sharq xalqlari tarixini zo‘r zavq bilan o‘rganadi, ko‘hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud G’aznaviy shoirga «Shohnoma» (Shohlar haqidagi kitob) yozishni topshiradi va asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga berishni va’da qiladi. Hukmdor va’dasidan tonib, shoirga 120 dona kumush tanga beradi. Firdavsiy bundan g‘azablanib, bu tangalarniga bir bo‘lagini hammom xodimiga, bir qismini sharbat sotuvchiga va yana bir bo‘lagini pulni olib kelgan mulozimlarga taqsimlab beradi, Mahmud G’aznaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Shoir quvg‘inda yuradi. Iroqqa ko‘chib borib, Bag‘dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. U 1025 yilda o‘z ona qishlog‘ida vafot etadi. Ruhoniylar uning jasadini musulmonlar mozoriga qo‘ydirmaganlaridan so‘ng, uni o‘zining bog‘iga dafn etadilar.
«Shohnoma» asari haqida
Bu asar 30-35 yil mehnat samarasi bo‘lib, 60 ming baytdan iborat. Asar dastlab Abu Mansur Daqiqiy tomonidan «Xudoynoma» («Gushtasb») degan nom bilan yozila boshlagan. Biroq u asarshshg ming baytchasini yozgan paytda quli tomonidan o‘ldiriladi. Bu ishni Firdavsiy davom ettiradi. Asarda qariyb 4000 yil ichida Eron zaminida hukmronlik kilgan 4 ta sulolaga mansub 50 podshoh hayotiga tegishli voqea-hodisalar o‘z aksini topgan. «Shohnoma» dan zolim va qonxo‘r Zahhok («ilonshoh», yelkasidan ilon o‘sib chiqqan) haqida, «Rustam va Suxrob» haqida va shu kabi ko‘pgina dostonlar o‘rin olgan. Asar qahramoni Rustam Shag‘odning makr-hiylasidan o‘ladi. Asardagi Zoli Zar, Rudoba, Suhrob, Gudarz, Gev, Tus, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar ham yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. «Zol va Rudoba» hamda «Bijon va Manija» dostonlarida chinakam baynalmilallik g‘oyalari ilgari suriladi. Firdavsiy «Isfandiyr», «O’n shasi muhoraba» dostonlarida, ayniqsa, mamlakatning butunligiga tahdid soluvchi, o‘zaro urush chiqarish uchun bahona izlovchi shohlar, shahzoda va lashkarboshilarni qattiq qoralaydi. Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib, Iskandar mavzusini ham Firdavsiy qalamiga ol1an.

«Shohnoma» da peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va somoniylar kabi sulolalar tarixi haqida so‘z yuritilgan. Undagi pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar, san’atkorlar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir necha yuz personajlarni quyidagicha tasniflash mumkin:


a) mifologik obrazlar: Qayumars, Hushang Tahmuras, Jamshid va boshq.
b) afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon va boshq.
v) tarixiy personajlar: Iskandar, Bahrom Go‘r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz va boshq.

Firdavsiyning «Shohnoma» dostonlari syujeti asosida «Zahhoki moron» (G’ozi Yunus), «Siyovush» singari sahna asarlari yaratildi. Shoirning bu asari ilk bor 1682 yilda Mulla Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Oradan bir qancha vaqt o‘ggach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy «Shohnoma» ning o‘zbekcha nasriy variantini yaratgan. XX asrning 70-yillarida III. Shomuhamedov, J. Jabborov, Nazarmat kabi o‘zbek shoirlari tomonidan she’riy yo‘l bilan tarjima qilingan.


«Rustam va Suxrob» dostoni haqida


Bu asar «Shohnoma» dagi eng qayg‘uli dostonlardan biridir. Unda Rustam o‘zining mashhur oti Raxsh bilan ovga chiqib Turon o‘lkasiga borib qoladi. U charchab dam oladi, ovlangan qulonni pishirib yeydi, so‘ng uxlab qoladi. U yerdan o‘tayotgan turonlik sipohiylar Raxshni o‘g‘irlab ketishadi. Ko‘zini ochgan Rustam otini topolmay piyoda yo‘lga tushadi va Samangan shahriga borib qoladi. Samangan shohi uni izzat-ikrom bilan kutib oladi va ziyofat boshlaydi. Bu orada shohning qizi Taxmina Rustamni yaxshi ko‘rib qoladi. Rustam ham unga ko‘ngil qo‘yadi va uylanadi. Oradan bir oz o‘tib Rustam o‘z yurti - Seyistonga otlanadi. Bu paytda uning oti Raxsh qaytarib berilgan edi. Ketar chog‘ida u Taxminaga bir gavhar berib, uni tug‘ilajak farzandiga, agar qiz bo‘lsa sochiga, o‘g‘il bo‘lsa qo‘liga taqib qo‘yishni aytadi. Rustam yurtiga qaytadi. To‘qqiz oydan so‘ng Taxminaning ko‘zi yorib, o‘g‘il tug‘iladi. Unga Suhrob deb nom berishadi:


Bir oy o‘tib bir yosh ulg‘aydi o‘g‘il,
Misoli Rustamu Som yo Zoli zil.
Uch yoshda maydonni etdi u talab,
Beshida palangga chiqar tik qarab.
Kim bilan o‘n yoshda agar qilsa jang,
Bo‘ldi har pahlavon holi g‘oyat tang.
Kunlardan birida Suhrob onasidan ajdodlari kim, otasi kimligini so‘raganda onasi uning bilagiga Rustam berib ketgan gavharni taqib qo‘yadi va Rustami Doston farzandi ekanligini aytadi. Suhrob otasini ko‘rish ishtiyoqida safarga otlanib, Raxsh zotidan bo‘lgan Qulunni tanlaydi. Suhrobning dovrug‘i Afrosiyobgacha borib yetadi. U makkorlik bilan urush olovini qo‘zg‘aydi. Suhrob Eronga qarshi jangga otlanadi. Jang maydonida ota-bola bir-birini tanimasdan to‘qnash keladi, Otasi jangda ustun kelib o‘g‘lining ko‘ksiga hanjar uradi. O’limi oldidan Suhrob o‘zini tanitadi. Rustam dardu hasratlar ichida qoladi:

O’g‘limni o‘ldirdim qarigan chog‘im,


Ildizin quritdim, shu yurak dog‘im.
Tig‘imdan o‘z o‘g‘lim tasjm etdi jon,
To qiyomat unga yig‘lagay osmon!..
...Mendekni ko‘rganmi diydai jahon,
Go‘dak tepasida bo‘lsam zo‘ravon.
Kesilsa bo‘lardi har ikki qo‘lim,
Qaro yer sari yo‘nalsa yo‘lim.



www.UzReferat.ucoz.net

Yüklə 30,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin