Reja: Oila tarbiyasining mohiyati. Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanish. Oilaviy tarbiya to’g’risida sharq mutafakkirlarining fikrlari. Oila a’zolarining tarbiya jarayonida tutgan o’rni. Oilaviy tarbiyada hamkorlik


O’quv yurtida ota-onalar, jamoatchilik qo’mitalari va ularning ish



Yüklə 125,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix25.12.2023
ölçüsü125,05 Kb.
#195749
1   2   3   4   5   6   7   8
O’quv yurtida ota-onalar, jamoatchilik qo’mitalari va ularning ish 
shakllari. 
O’quv yurtida ota-onalar, jamoatchilik qo’mitalarining hamkorlikdagi 
tarbiyaviy faoliyati quyidagi shakllarda olib boriladi: 
1. Pedagogik ma’ruza. 
O’qituvchilar tomonidan tashkil qilinib, uni 
o’tkazishdan maqsad ota-ona va mahalla a’zolariga ta’lim va tarbiyaning ilmiy 
asoslari to’g’risida ma’lumotlar berish. Ma’ruzalar maktab, mahalla qo’mitalari, 
korxonalarda va madaniyat saroylarida o’tkazilishi mumkin. 
2. Ilmiy–amaliy konferentsiya.
Sinf rahbarlarining ota-onalar ishtirokida 
amalga oshiriladigan, mafkuraviy tarbiyani o’z ichiga qamrab olgan, oilaviy 
tarbiyaning ilg’or amaliy tajribasini qo’shib olib borishni targ’ib qilishning o’ziga 
xos shaklidir. 
Oilaviy tarbiyaning yechilgan muammolari yuzasidan ilmiy–amaliy 
konferentsiya bir sinf, parallel sinflar ota-onalari uchun, quyi, o’rta, yuqori sinf ota-
onalari uchun alohida o’tkazilishi mumkin. Konferentsiya mavzulari ham 
hamkorlikda tanlanadi. Jumladan, quyidagi mavzularning tarbiyaviy ahamiyati 
katta: «Bolalarning mehnat tarbiyasi», «Fuqaroni kamol toptiraylik», «Milliy 
mafkura va g’oya mohiyati», «Oilada rag’batlantirish va jazolash shaklida» va h.k. 


Asosiy tayyorgarlik ishlari sinf rahbari rahbarligida amalga oshiriladi. U ota-
onalar qo’mitasi (maktab ota-onalar qo’mitasi prezidiumi) bilan birgalikda 
konferentsiyani tayyorlash va tashkil etish rejasini tuzadi. Rejada odatda quyidagi 
masalalar ko’zda tutiladi: 
-konferentsiya dasturini tuzish; 
-konferentsiya mavzu yuzasidan muhokama qilish uchun aniq masalalar 
ajratish; 
-konferentsiya mavzui yuzasidan ota-onalar uchun mavzuli ko’rgazma tashkil 
etish (adabiyotlarni, taniqli pedagoglarning fikrlarini va h.k. larni tanlash); 
-ota-onalarning mo’ljallanilayotgan nutqlarini tayyorlash
-mazkur muammo yuzasidan oilaviy tarbiya ijobiy natijalarini umumlashtirish; 
-sinf rahbari (sinf rahbarlari metodik hay’ati tomonidan sinf ota-onalar komiteti 
prezidiumi) bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasini yaxshilash yuzasidan tegishli 
tavsiyanomalar ishlab chiqish. 
Konferentsiyani muvaffaqiyati ularning faolligi, mohirona so’zga chiqishlariga 
bog’liq. 
Konferentsiyani o’tkazish tartibi: 
1.Sinf rahbarining konferentsiyani o’tkazish vazifalari va tartibi to’g’risidagi 
kirish so’zi;
2.Bolalarni tarbiyalashning aniq masalalari yuzasidan ota-onalarning bergan 
qisqacha ma’lumotlari; 
3.Tinglangan ma’ruzalar yuzasidan nutqlar; 
4.Maktab direktori yoki sinf rahbarining konferentsiya yakunlari bo’yicha 
xulosasi. 

Yüklə 125,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin