Reja: Oila tarbiyasining mohiyati. Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanish. Oilaviy tarbiya to’g’risida sharq mutafakkirlarining fikrlari. Oila a’zolarining tarbiya jarayonida tutgan o’rni. Oilaviy tarbiyada hamkorlik



Yüklə 125,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix25.12.2023
ölçüsü125,05 Kb.
#195749
  1   2   3   4   5   6   7   8


Milliy gʻoya va shaxs tarbiyasida oilaning oʻrni 
Reja: 
1. Oila tarbiyasining mohiyati. 
2. Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanish. 
3. Oilaviy tarbiya to’g’risida sharq mutafakkirlarining fikrlari. 
4. Oila a’zolarining tarbiya jarayonida tutgan o’rni. 
5. Oilaviy tarbiyada hamkorlik. 
 
 
 


Jamiyatda oilaning o’rni. Oila saodat sarchashmasi

«Dunyoda jamiki narsa juft yaratilgan: Osmon va Yer, Quyosh va Oy, kecha 
va kunduz, ona qorni va qabr, hayot va o’lim, beshik va tobut...» 
Hayot insonga bir marta beriladi. Inson o’zining umrini yashab o’tar ekan, 
uchta narsada xato qilmasligi kerak. Shulardan bittasi – oila qurishda. Qarangki, 
shu darajadagi mas’uliyatli narsa – oila. Oila ikki kishining faqat qovushishigina 
emas, balki xursandlik va qayg’uda ham, boylik va kambag’allikda ham, yoshlik 
va qarilikda ham hamnafas va hamfikr bo’lishidir. 
Insonning kelajagi, oilaga va oilaviy munosabatga bog’liqligi
.
Oilani ta’riflamagan faylasuf, yozuvchi, shoir qolmagan bo’lsa kerak. 
Faylasuflar oilani jamiyat yacheykasi deyishsa, yozuvchi va shoirlar goh kemaga, 
goh Vatan ostonasiga qiyos qilishadi. Ularning bari – haqdir. Oila qaysi qit’a, qaysi 
mamlakatga mansub bo’lmasin avvalambor buyuk va ulug’vor vazifani – nom 
qoldirishni, inson zotini davom ettirishni amalga oshiradi. 
Oila qurayotgan har bir inson eng ezgu, eng sof niyatlar bilan uni quradi. Faqat 
bu niyatlarni amalga oshirish yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarga ko’pchilik 
bardosh bera olmaydi. Natijada oila atalmish muqaddas go’sha vayron bo’ladi. 
Vayron bo’lgan oiladan esa «qalbi nogiron» farzandlar voyaga etadi. Bu albatta 
nafaqat buzilgan oila a’zolari uchun, balkim butun boshli davlat uchun katta musibat 
hisoblanadi.




Yüklə 125,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin