Reja: Me’yoriy (normativ) xarajatlar hisobi va «standart-kost» tizimi


Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda normativ usuldan foydalanish



Yüklə 48,03 Kb.
səhifə3/6
tarix22.05.2023
ölçüsü48,03 Kb.
#119944
1   2   3   4   5   6

Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda normativ usuldan foydalanish


Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari, nafaqat rahbar, balkim shu xo’jalik yurituvchi subyekt bilan u yoki bu darajada bog’langan xodim, ishchi, xizmatchi albatta uning moliyaviy holati, istiqboldagi rejalari bilan qiziqadi va umuman kelajakda bu xo’jalik yurituvchi subyektni nimalar kutayapti degan savollar ustida doimo bosh qotiradi. Boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish ana shu kabi savollarga aniq va istalgan paytda javob berishga xizmat qilishi lozim. Buni qay tarzda amalga oshirish imkoniyati borligini quyida, amaliyotga yaqin bo’lgan oddiy misolda ko’rib chiqishga harakat qilamiz. Buning uchun albatta, xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan bir qator ko’rsatkichlar miqdori haqidagi ma’lumotlar talab qilinadi.
Ishlab chiqarilishi belgilanayotgan mahsulot birligi uchun uning tannarxi ma’lum bo’lsa - mahsulot bahosini belgilash uchun asosiy boshqarish qarorlarini qabul qilish, xarajat va foydalarni rejalashtirish va xarajatlar ko’rsatkichlarining asosiy moddalari o’zgarishini kuzatib turish hamda ishlab chiqarish zahirasini xohlagan vaqtda aniqlash mumkin bo’ladi.
Misol.
Xo’jalik yurituvchi subyekt ruchkalar ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlar me’yorini aniqlayapti: to’g’ri materiallar xarajati har bir ruchka uchun - bitta (0,040 kv. metr) plastmass korpusdan va ruchkani harakantlantiruvchi qismdan iborat bo’ladi.
Shundan, to’g’ri materiallar xarajati bir metr kvadrat uchun - 90 so’mni va bitta harakatlantiruvchi mexanizm uchun 2,50 so’mni tashkil qiladi.
To’g’ri mehnat xarajatlari - shtampalash sexida, bitta ruchka uchun - 0,01 soatni va yig’ish sexida - 0,05 soatni tashkil qiladi. To’g’ri mehnat xarajatlarining bir soatlik me’yorlashtirilgan pul miqdori, shtamplash sexida – 80 so’mga va yig’ish sexida 100 so’mga teng.
Umumishlab chiqarish xarajatlarining me’yoriy koeffitsientlari quyidagicha:
o’zgaruvchan xarajatlari qismi uchun, bir soatlik mehnat xarajatlari miqdoridan 135 so’mga va doimiy xarajatlari qismi uchun – 90 so’mga.
Shu misol shartlaridan kelib chiqadigan bo’lsak, bir dona ruchkaning me’yorlashtirilgan ishlab chiqarish tannarxi quyidagicha bo’ladi:
Yechimi:




Xarajatlar turlari va markazi

Bahosi, so’mda

1


Yüklə 48,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin