Reja: Me’yoriy (normativ) xarajatlar hisobi va «standart-kost» tizimi


Chetlanishlar hisobi – xarajatlarni nazorat qilishdagi



Yüklə 48,03 Kb.
səhifə5/6
tarix22.05.2023
ölçüsü48,03 Kb.
#119944
1   2   3   4   5   6

6 Chetlanishlar hisobi – xarajatlarni nazorat qilishdagi

muhim vosita


Mulkchilik shakli va faoliyat turidan qat’iy nazar, xo’jalik yurituvchi subyektni boshqarish va rahbarlikni tashkil qilish, uning samarasini ana shu xo’jalik yurituvchi subyektdagi har bir alohida olingan bo’limlar faoliyatini to’g’ri baholash va bunda ulardagi xarajatlar miqdori ustidan qanday nazorat tizimi o’rnatilganligi bilan uzviy bog’liqdir.
Mahsulotni ishlab chiqarishga, ularning sotilishiga hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun rahbarlar kabi, ishlab chiqarishning turli bo’g’inlarida mas’ul hisoblanadigan barcha menejerlar ham javobgardirlar. Ular hamma vaqt nima bo’lishi kerak edi (rejalashtirilayotgan yoki me’yoriy xarajatlar), haqiqiy holatda nima yuz berdi (haqiqatdagi xarajatlar) – doimo solishtiriladi. Ana shu solishtirishlar natijasida nafaqat alohida olingan bo’g’inlar, balki butun xo’jalik yurituvchi subyekt miqiyosida aniq holat tafsiloti yuzaga keladi. Aniq holatni bilishgandan keyin unga yarasha qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari ham asosli bo’ladi, uning ta’siri seziladi (rag’batlantirish, jarima solish, mukofotlar belgilash va shu kabi tadbirlarni amalga oshirish orqali). Buning uchun esa ana shu haqiqiy holat tafsilotini aniq bilish uchun qanday ishlar bajarilishi lozimligini har bir xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari o’ziga aniq tasavvur qilib olishi lozim. Bu borada quyidagilarni e’tiborga olishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Ta’kidlab o’tilganidek, me’yoriy va haqiqiy xarajatlar orasidagi farq - chetlanish deyiladi. Chetlanish miqdori va ularning vujudga kelishi sabablarini aniqlash chetlanishlar tahlili, deb ataladi.
Har qanday xo’jalik yurituvchi subyektda istalgan sohadagi chetlanishlarni aniqlash va uning sabalarini tahlil qilib ko’rish jarayoni, shu borada muhim sanaladigan - barcha ko’rsatkichlarning faoliyat boshlanishi davriga byudjeti (rejasi) hamda haqiqiy holati to’g’risidagi axborotlarni haqqoniy aks ettiradigan ma’lumotlar manbai shakllanishidan boshlanadi.
Shu kurs doirasidagi oldingi boblarimizda xo’jalik yurituvchi subyektlarda alohida olingan sohalar bo’yicha byudjetlarni (ishlab chiqarish byudjeti, sotuv byudjeti, tijorat xarajatlari byudjeti, pul oqimlari byudjeti va sh.k.) tuzish hamda xo’jalik yurituvchi subyekt bo’yicha bosh byudjetni shakllantirish, shuningdek har bir alohida olingan byudjetning asosiy ko’rsatkichlarini rejalashtirish jarayonini ko’rib chiqqan edik. Ana shu boblarda e’tiborga olingan quyidagi tushunchalar: turg’un (o’zgarmaydigan) byudjet; egiluvchan byudjet; davriy byudjet ko’rsatkichlari mohiyatini yana bir bor esga olish lozim bo’ladi. Ana shundan keyin chetlanishlar tahlili jarayonini boshlash mumkin.

Yüklə 48,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin