Reja: Kirish Tabiat bilan tanishtirish metodi haqida tushuncha va uning tavsifi. Tabiat bilan tanishtirishda qo‘llanadigan metodlar: ko‘rgazmalilik. Amaliy uslub va uning turlari: o‘yin, tabiatda mehnat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/10
tarix22.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#119336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Jo`rayeva Laylo

Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llarining o’ziga xos va muhim tomonlarini o’rganish.
Kurs ishing predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llarining foydalanish vositalarini, shakllarini, metodlarini tadqiq etish.
Kurs ishi vazifasi: Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarning bajarilishini taqozo etdi:

  1. Mavzuga oid ilmiy, huquqiy-normativ manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;

  2. Kurs ishi materiallari doirasida tavsiyalar ishlab chiqish;

Kurs ishi metodi: kuzatish, ma’lumotlar to’plash, tahlil ,suhbat.
Kurs ishi tuzilishi: Mazkur kurs ishi Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llarining tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarni tashkil qilishga oid manbalar va uslubiy tavsiyalarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishi ahamiyati: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo’llarining shakl va metodlarning faoliyat ishlanmalaridan malaka oshirish kurslarida, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari faoliyatida hamda ota-onalar uchun ham amaliy faoliyatida keng foydalanishlari mumkin. Bolalarda tabiatga nisbatan e’tiborli bo’lishga va tabiatga, vatanga mehr-oqibat sifatlarini shakllantirishga yordam beradi.


2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” to’g’risida farmoni Toshkent sh 2018-yil 3-oktabr PQ-3956-son
1. Tabiat bilan tanishtirish metodi haqida tushuncha va uning tavsifi.
Pedagogikada metod — pedagog va ta’lim oluvchining (bolaning) ma’lum ta’lim-tarbiyaviy natijasi: bilimlarni egallash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, qobiliyatlarni o‘stirisha axloqiy sifatlar, xulq odatlarni shakllantirishga erishish uchun yo‘llangan hamkorlikdagi faoliyatining usulidir. Bolalar bog‘chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida turli melodlardan foydalaniladi. Tabiat bilan tanishtirish metodlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi:
Ko‘rgazmali uslub — kuzatish, rasmlarni ko‘rish, diafilm, kinofilm, ekskursiyalar;
Amaliy uslub — o‘yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar;
Og‘zaki uslub — tarbiyachining hikoyasi, badiiy asarlarni o‘qish, suhbat.
Metodlarni tanlashda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlari, psixologiyasi, bilimlari, dastur talablari, o‘z o‘lkasi iqlimining tabiati, pedagogik tamoyillarga moslashadi. Yuqoridagi metodlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin