Reja: Kirish Tabiat bilan tanishtirish metodi haqida tushuncha va uning tavsifi. Tabiat bilan tanishtirishda qo‘llanadigan metodlar: ko‘rgazmalilik. Amaliy uslub va uning turlari: o‘yin, tabiatda mehnat


Tabiat bilan tanishtirishning ko‘rgazmali uslubi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/10
tarix22.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#119336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Jo`rayeva Laylo

Tabiat bilan tanishtirishning ko‘rgazmali uslubi.


Kuzatish uslubi. Turli yosh guruhlarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi ko‘rgazmali metod - kuzatishdan keng foydalanadi. Kuzatish - tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo‘nalgan va bevosita hodisalarni borishga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo‘lib, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etib, barqaror diqqat talab etiladi.
Bolalanii tabiat bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o‘stirishda g‘oyat katta ahamiyatga egadir.
Bu haqda K.D.Ushinskiy shunday deydi: 1 «Haqiqiy insoniy, aqliy nutq, to‘g‘ri mantiqiy fikr yuritishdan iboratdir, to‘g‘ri mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko‘rsatgandek, boshqa biror narsadan emas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi».
Bolalarni tabiatdagi narsa va hodisalar bilan ma’lum bir tartibda tanishtirib borilsa, ularda diqqat va kuzatuvchanlik, tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilish kuchayib boradi.
Kuzata bilish — juda muhim xususiyat bo‘lib, bunda bolada to‘g‘ri yoza bilish, og‘zaki nutq malakalari rivojlanadi.
Bolalarni hodisa va narsalarni maqsadga muvofiq holda o‘zlashtira olishga va ularning eng muhimlarini ajrata olishga o‘rgatish zarur.
Tarbiyachi kuzatish ishlarini olib borishda narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqa va sabablarning bog‘lanishlarini ilg‘ab olishni bolalarga o‘rgatishi kerak. Shunday qilib maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tafakkurlari tabiat haqidagi aniq bilimlarni to‘plash orqali o‘sadi. Kuzatishlar diqqatni jalb qilish bilangina olib borilishi mumkin. Kuzatish, ya’ni narsa va hodisalarga diqqatni maqsadga muvofiq holda jalb qilishga o‘rgatish bilan biz ularda ixtiyoriy diqqatni ham o‘stiramiz.
juda muhimdir.
______________
1 M. Umarova Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish. - T.: 2008
Noto‘g‘ri tushunchalarni tuzatish, yangi tushunchalar hosil qilishga nisbatan ancha qiyinroqdir. Shuning uchun bolalar maktabgacha ta’lim yoshidayoq, his qilish tajribalariga asoslangan holda, tabiat haqida to‘g‘ri tushunchalarga ega bo‘lishlari Bolalarda tabiatga qiziqishni tarbiyalash zarur, chunki u sog‘lom bo‘lmagan faotiyatlarda ham vujudga kelishi mumkin.
Masalan, bolalar qo‘ng‘iz va kapalaklarni tutib olib, nima qilar ekan deb, ularning qanot va oyoqlarini uzib tashlaydilar. Yoki xayvonlarni, qushlarni qiynab, natijasi nima bo‘lar ekan, deb qiziqadilar. Ularga tabiatning o‘zaro bog‘liqligini, ya’ni uning “oltin zanjir” ekanligini tushuntirish zarur. Bu orqali bolalarga ekologik talim-tarbiya berib boriladi.
Tabiat bilan yaqin munosabatda bo‘lish, kuzatuvchanlik bilan birgalikda bilishga ham qiziqishni o‘rgatadi. Buning asosida taxminiy va tekshiruvchanlik refleksi yotadi va uning nihoyatda taraqqiy etishi insonning xarakterli xususiyatidir, deb hisoblaydi I.P.Pavlov. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kattalarga «Bu nima?», «Nima uchun?», «Qanday qilib?» kabi cheksiz savollari bunga misol bo‘la oladi. Bu o‘rinda tarbiyachi savollarga javob topishda bolalarning o‘zlarini jalb qilishga harakat qilishi zarur.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning turli yosh guruhlarida tarbiyachi kuzatishlarni tashkil etar ekan, uning turli xillaridan foydalanadi.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli hamda qiyoslash (solishtirma) bo‘lishi mumkin.
O‘simlik va xayvonlarni o‘sishi hamda rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg‘arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi — uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. Bunda bolalarning obyektning kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslashlariga to‘g‘ri keladi. Kuzatish narsalaring ayrim belgilariga qarab holatlarini aniqlash (masalan, gulning bargiga qarab uni sug‘orish, akvariumdagi suvning holatiga qarab suvni almashtirish, yoki qordagi izga qarab qaysi qushning izi ekanligi, mevalarning pishgan yoki xomligini rangiga qarab ajratish) maqsadida ham tashkil etiladi. Kuzatishning bu turi bolalarda tabiat hodisalarini analiz qilish, ayrim ma’lumotlarni qiyoslash, soddaroq xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini hosil bo‘lishiga yordam beradi. Solishtirma va uzoq muddatli kuzatishlar mazmuniga ko‘ra murakkab bo‘lganligi sababli, maktabgacha ta’lim, o‘rta, katta hamda maktabga tayyorlov guruhlarida foydalaniladi. Bu kuzatuvlar davomida bolalarda analiz qilish, qiyoslash, xulosalar chiqarish jarayoni takomillashadi. Kuzatishlar mazmuniga va tarbiyachining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga ko‘ra o‘simlik va xayvonlar, ob-havo hamda kattalarning tabiatdagi mehnati bilan ekskursiya, sayrlarda, shuningdek tabiat burchagidagi mashg‘ulotlarda tashkil etiladi.
Qisqa muddatli kuzatish jarayonida bolalar narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvi, xarakterini farqlashni, xayvonlar bilan tanishganda esa harakat xarakteri, ularning chiqaradigan tovushlarini o‘rganadilar. Bu kuzatish turiga masalan, qor yoki yomg‘ir yog‘ishi, kamalakning hosil bo‘lishi kabi holatlar kiradi.
Barcha hollarda kuzatish bolalarning yuksak aqliy faoliyatini rivojlantirishi, ularni fikrlashga, berilgan savollarga javob topishga undashi, shuningdek, ulardagi qiziqishlarni rivojlantirishi va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni tarbiyalashi lozim.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin