Reja: Kirish Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar Shtatlar rejalarida


Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar



Yüklə 52,61 Kb.
səhifə3/5
tarix20.09.2023
ölçüsü52,61 Kb.
#146284
1   2   3   4   5
tashqi iqtisodiy xavfsizlik ta\'minlash

Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar
Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularni bashorat qilish va bartaraf etish qiyinlashib boradi. Bir paytning o’zida ham dunyo hamjamiyatiga, ham alohida olingan konkret mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf-xatarlar vujudga keladi. Globallashuv jarayoniga umumiy nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ushbu jarayon O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning iborasi bilan aytganda, “mutlaqo yangicha ma’no – mazmundagi xo’jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda” 28 . SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini keng xalqaro hamkorliksiz ta’minlash mumkin emas. CHunki yuzaga kelayotgan muammolarni faqat milliy vosita va mexanizmlar yordamida hal etib bo’lmaydi. SHu bois “milliy iqtisodiy xavfsizlik” va “xalqaro iqtisodiy xavfsizlik” kabi tushunchalar o’rtasida aloqadorlik kuchayib bormoqda. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti sifatida qaraladi. Globallashuv mamlakatlar iqtisodiyotini tashqi omillar ta’siriga ochiq qilib qo’yadi. Masalan, XX asr 70– yillarining o’rtalarida OPEK a’zolarining xattiharakatlari natijasida neft mahsulotlariga jahon narxlari oshib ketdi. Jahon miqyosida energiya iste’molining muntazam o’sib borganligi va energiya resurslarining cheklanganligi sharoitida ko’p mamlakatlar oldida energetika xavfsizligini ta’minlash muammosi dolzarb bo’lib qoldi. XX asr 70 – yillarining boshlarida Bretton – Vud xalqaro valyuta tizimining parokandalikka yuz tutganligi va 1976–yilda YAmayka kelishuvlari asosida “suzuvchi” valyuta kurslariga o’tilganligi, rivojlangan mamlakatlar tomonidan kapital harakatlari ustidan nazoratni sekin–asta susaytirilganligidan dalolat beradi. Keyinchalik o’tgan asrning 80 – 90 – yillarida Lotin Amerikasi va Janubisharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarida sodir bo’lgan va jahon moliya bozorlarida halokatga olib kelgan inqirozlar natijasida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyati paydo bo’ldi. Yer yuzi aholisi sonining ko’payib borishi, buning natijasida xom ashyo va mahsulotlarga bo’lgan talabning oshishi va oqibatda chiqindilarning katta miqdorda to’planib borishi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsata boshladi. Bu jarayonlar global xarakterga ega bo’lganligi bois, dunyo miqyosida tahdidga aylanib, ekologik xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqardi. 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyoning deyarli barcha mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi tahdidlarni keltirib chiqardi. Inqiroz AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik natijasida kelib chiqdi. Keyinchalik uning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning to’lov qobiliyati zaiflashib qolganligi oqibatida moliyaviy inqirozga aylanib ketdi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog’liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa qo’shmoqda 31 . Hozirgi paytda tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq ishlab chiqilgan quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilmoqda: birinchidan, o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustunligi; ikkinchidan, teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; uchinchidan, mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; to’rtinchidan, xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustuvorligi; beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish” 32 . Keyingi yillarda dunyo iqtisodiyoti va siyosatida Osiyoning roli juda tez o’sib bormoqda va ekspertlarning fikricha, u bundan ham o’sib boradi. Markaziy Osiyo faol geosiyosiy raqobat mintaqasiga aylanib bormoqda. Mintaqaning markazida joylashgan O’zbekiston Respublikasi esa strategik jihatdan muhim hududda joylashgan bo’lib, u Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasi bilan chegaradosh hisoblanadi. Aytish mumkinki, 2005-yilda Markaziy Osiyo hududida sodir bo’lgan (Qirg’iziston, O’zbekiston) voqealar mintaqaning asosiy «nerv tomiri» O’zbekiston orqali o’tishligini ko’rsatdi. SHuning uchun ham ta’kidlash kerakki, mintaqada joylashgan barcha mamlakatlar u yoki bu darajada ekstremizm va xalqaro terrorizm muammolariga duch keladilar. Bundan tashhari Afg’onistonga aksilterror koalitsiya kuchlarining kirib kelishi natijasida bu mamlakatdan narkotrafik hajmining oshganligi bilan bog’liq tahdidning kuchayib borayotganligi ko’rina boshladi. Tojikiston va Qirg’izistonning janubiy hududlari narkotik moddalar biznesi bilan shug’ullanuvchi guruhlar tazyiqi ostida qolmoqda.

Yüklə 52,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin