Reja: Kirish Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar Shtatlar rejalarida


Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash



Yüklə 52,61 Kb.
səhifə2/5
tarix20.09.2023
ölçüsü52,61 Kb.
#146284
1   2   3   4   5
tashqi iqtisodiy xavfsizlik ta\'minlash

Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash
Mazkur keng qamrovli xalqaro huquq normalarini va milliy-maʼnaviy qadriyatlarni oʻzida qamrab olgan huquqiy asoslarga hamda siyosiy gʻoyalarga tayanib, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yoʻnalishi xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yoʻnaltirilgan.
Harakatlar strategiyasida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar aniq belgilab olindi. Buning amaliy isboti sifatida fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlanishida, Oʻzbekistoning tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik muhitini shakllantirilayotganligida koʻrishimiz mumkin.
Bundan tashqari, Prezidentimiz 2021-yil 14-15-iyul kunlari Toshkentda oʻtkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqida ham Markaziy va Janubiy Osiyoda zamonaviy, samarador va xavfsiz transport-logistika infratuzilmasini yaratish, Termiz-Mozori Sharif-Qobul-Peshovar temir yoʻl tarmogʻi mintaqalarimiz oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik arxitekturasining asosiy boʻgʻiniga aylanishi kerakligi, bu temir yoʻl tarmogʻi Janubiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari oʻrtasida Markaziy Osiyo va MDH hududi orqali oʻtadigan eng qisqa yoʻlni ochish, shu bilan birga, yuklarning turib qolishi va tashish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qilishi, bundan tashqari, Transafgʻon temir yoʻl qurilishi loyihasi kelgusida mamlakatlarimizni Xitoy va Osiyo-Tinch okeani mintaqasining boshqa yetakchi davlatlari bilan bogʻlashi mumkinligi, bu esa “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi maqsadlari bilan ham uygʻunligi taʼkidlandi.
Shu bilan birga, 2021-yil 17-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga bergan javoblarida ham Oʻzbekistonning Markaziy Osiy mintaqasi va jahon miqyosidagi siyosiy oʻrni va nufuzi oshganligi, dunyoda Yangi Oʻzbekistonga nisbatan ishonch ruhi va mamlakatimiz bilan hamkorlikka intilish tamoyillari kuchayganligi taʼkidlanib, qoʻshni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalari jadal rivojlanayotganligi, azal-azaldan qardosh va birodar boʻlgan mamlakatlarimiz koʻpgina mintaqaviy va global masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot boʻyicha yaqin hamkorlikda harakat qilishni boshlaganligi va jahon siyosatshunosligida “Markaziy Osiyo ruhi” iborasini paydo boʻlganligi aytib oʻtilgan. Bu esa Prezidentimizning butun dunyoda va Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashda ilgari surayotgan siyosiy gʻoyalari va ularning maʼnaviy jihatlari hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi afgʻon masalasiga hech qachon eʼtiborsiz boʻlmagan. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston tomonidan Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yuzasidan bir qator tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, shuningdek, AQSH hamda Rossiya ishtirok etgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligidagi Afgʻonistonning “Qoʻshnilari va doʻstlari” nomli “6+2” muloqot va kelishuv guruhi tuzildi. 1998-yil 21-sentyabr kuni Nyu-Yorkda “6+2” formatida tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi uyushtirilib, unda Afgʻoniston masalasida oʻzaro anglashuv jihatlari qabul qilindi. 1999-yil 19-20-iyul kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti koʻmagida Afgʻoniston boʻyicha “6+2” guruhining Toshkent oliy darajadagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tomonlar Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal etishning asosiy tamoyillari haqidagi Toshkent deklaratsiyasini imzoladilar. Mazkur deklaratsiya hali-hamon ushbu mamlakatning barcha ichki siyosiy kuchlari tomonidan qabul qilingan hamda BMT tomonidan tasdiqlangan yagona rasmiy hujjatdir.
Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni saqlash maqsadida 2008-yil “6+3” formatida tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi uyushtirildi, 2018-yil 27-mart kuni “Toshkent deklaratsiyasi” qabul qilindi. Umuman olganda, Afgʻoniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors koʻrfazi portlariga eng qisqa yoʻlini taʼminlashi, Hindiston, Eron va Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bogʻlashi mumkin. Shu munosabat bilan Afgʻonistonda tinchlik va xavfsizlik oʻrnatishning asosiy masalalari boʻyicha keng va qatʼiy xalqaro konsensusni tasdiqlash, mamlakatda milliy yarashuv boʻyicha afgʻonistonliklar rahbarligida va ularning saʼy-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimiz afgʻon muammosiga bagʻishlangan deyarli barcha xalqaro forumlarda faol ishtirok etmoqda. “Qobul jarayoni”, “Moskva formati”, “Osiyo yuragi - Istanbul jarayoni” forumi, Afgʻoniston boʻyicha xalqaro aloqa guruhi, “SHHT - Afgʻoniston” aloqa guruhi, Afgʻoniston boʻyicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi ular jumlasidandir.
Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, Afgʻonistonda qochoqlar sonini ortishi mintaqa iqtisodiyoti va ijtimoiy-siyosiy hayotiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi, albatta. Mamlakatda ahvolni barqarorlashtirish uchun Afgʻonistondagi muammolarni tinch yoʻl bilan hal etish, tomonlarni oʻzaro kelishuviga erishish va xalqaro hamjamiyatni moliyaviy va gumanitar koʻmagi talab etiladi. Oʻzbekiston tinchliksevar mamlakatdir. Xalqimizda bir naql bor: “Qoʻshning tinch - sen tinch”. Shunday ekan, nafaqat oʻz yurtining tinchligi, balki qoʻshni mamlakatlarning tinchligi va albatta mintaqa tinchligi - bu bir qator mamlakatlarning farovonligiga, iqtisodiy jihatdan yuksalishiga va albatta kelajak avlodga munosib moddiy va maʼnaviy meros qolishiga zamin yaratadi.
Ma’lum davrlarda jahon iqtisodiyotida, alohida olingan mintaqalarda, mamlakatlarda sodir bo’ladigan turli inqirozlar milliy, shu jumladan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muammolarining dolzarbligini oshiradi. Ma’lumki, AQSH ipotekali kreditlash tizimidan boshlanib, keyinchalik jahon iqtisodiyotini qamrab olgan “moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi” 12 . Bunday sharoitda milliy manfaatlarni himoya qilish, mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholini turmush darajasini pasayib ketishini oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada zaruriy chora-tadbirlarni belgilash uchun esa tahdidlarning xarakteri, miqyosi, ularning oqibatlarini bilish kerak bo’ladi. Hozirga kelib O’zbekiston integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning, global moliyaviy- iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida ta’kidlanganidek, buning tasdig’ini respublikaning tashqi dunyo bilan aloqalarining tobora kuchayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirilayotganligida, O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida va boshqalarda ko’rish mumkin. Bunday sharoitda mamlakat korxonalarini tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lishini ta’minlash, dunyo bozorlari talabiga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportni rag’batlantirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash esa mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning muhim omili bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 52,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin