Reja: Dasturiy-texnik majmualar va ko‘p vazifali kontrollerlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar va tasnifi



Yüklə 58,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü58,15 Kb.
#208572
  1   2   3   4
14-Mavzu



Мavzu: Sanoat kontrollerlari va Mikro-EHMlar 
 
Reja: 
1.
 
Dasturiy-texnik majmualar va ko‘p vazifali kontrollerlar to‘g‘risida 
qisqacha ma’lumotlar va tasnifi 
2.
 
Shaxsiy kompyuter negizidagi kontroller (RS) 
3.
 
Lokal dasturlanuvchi kontrollar (PLC) 
4.
 
Kontrollerlarning tarmoq majmuasi (PLC, NETWORK) 
Dasturiy-texnik majmualar va ko‘p vazifali kontrollerlar to‘g‘risida 
qisqacha ma’lumotlar va tasnifi 
Kibernetika fanining asoschisi, amerikalik matematik N.Viner XVIII asr
soatlar asri, XIX asr bug‘ mashinalari asri, hozirgi payt esa aloqa va boshqarish 
asri deb ta’kidlagan edi. «Zamonamiz texnikasi murakkab kompleks tizimlardan 
foydalanish bilan tavsiflanib, ularda inson diqqati va xotirasi erisha olmaydigan 
tezlik va aniqlik bilan muvofiqlashtirish, boshqarish va tartibga solishni talab 
qiluvchi juda ko‘p sonli va xilma xil moddiy, energetik va axborot oqimlari 
chirmashib ketgan. Boshqarishning bunday masalalarini amalga oshirish hisoblash 
texnikasi negizida faqat avtomatlashtirishning texnik vositalaridan foydalanibgina 
bo‘lishi mumkin. Sanoat avtomatlashtirishi kompyuter tizimlarining texnologik 
jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (TJABT) rivojlanishini uchta 
yirik bosqichga ajratish mumkin. TJABT ni yaratishning birinchi bosqichi birinchi 
avlod EHM laridan foydalanish bilan bog‘liq, masalan, «Урал», «УМ-1», 
«Минск» kabi EHM lar. Ikkinchi bosqichda IBM, EC EHM, mini kompyuterlar 
(DEC, CM EHM va b.) turidagi meynfreymlar qo‘llanilgan edi. Bu bosqichlarda 
boshqarish tizimlari markazlashgan tuzilishga ega bo‘lib, ko‘pincha real vaqt 
rejimida yetarlicha tezkorlik va ishlashni ta’minlay olmasdi. O‘sha vaqtdagi 
kompyuterlar element bazasi va dasturiy ta’minoti mukammal bo‘lmagani sababli 
ishonchliligi past edi, shu sababli ko‘pincha ishdan chiqar edi. 
Mikroelektronikadagi muvaffaqiyatlar, mikroprotsessorlarning paydo bo‘lishi 80-
yillarning boshlarida boshqarish tizimining tuzilish texnikasida inqilobiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirdi, sanoat ishlab chiqaradigan kompyuterlashtirishning 
va avtomatlashtirishning mutlaqo yangi texnik vositalarini yaratishning uchinchi 
bosqichini ochib berdi. Mikroprotsessorlar avtomatlashtirish va nazoratning ayrim 
vositalari tarkibiga kira boshladi. Ayrim qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni 
raqamli uzatish hisoblash tarmog‘ini boshqarish tizimlarini qurishga asos qildi. 
Ma’lumotlarga ishlov berishning ayrim qurilmalari orasidagi raqamli aloqani 
ko‘zda tutuvchi yangi tuzilishdagi texnologik jarayonni boshqarish tizimi 
markazlashtirilmagan - MTJABT yoki taqsimlangan - TTJABT degan nomni 
oldi. 
XX asrning 70- va 80- yillarida yetakchi jahon avtomatlashtirish 
vositalari ishlab chiqaruvchilari TJABT ni qurish uchun dasturli-apparaturali 
vositalar to‘plamini ishlab chiqara boshladilar. Bunday to‘plamlarning asosiy 
belgilari ularning moslashuvchanligi, yagona tizimda faoliyat ko‘rsata olish 
qobiliyatiga egaligi, interfeyslarning standartlashtirilishi butun TJABT ni faqat 


mazkur to‘plash vositalaridan qurishga imkon beruvchi funksional to‘lalik. Bunday 
vositalar to‘plami dasturiy-texnik majmualar (DTM) nomini oldi.
Zamonaviy TJABT ni yaratishda jahon integratsiyasi va texnik yechimlarni 
unifikatsiyalash kuzatilmoqda. Ishlab chiqaruvchi firmalar o‘z imkoniyatlarini 
boshqalardan yaxshiroq qila olishlariga qaratmoqdalar, boshqa sohalarda eng 
yaxshi jahon yutuqlarini o‘zlashtirib, shu bilan tizimli integratorlar bo‘lib 
qolmoqdalar. Zamonaviy boshqarish tizimlarining asosiy talabi- bu tizimning 
ochiqligidir. Agar tizim uchun foydalaniladigan ma’lumotlar formatlari va tadbirlar 
(protseduralar) interfeysi aniqlangan va tavsiflangan bo‘lsa, bunday tizim ochiq 
deb hisoblanadi, bu esa unga «tashqi» mustaqil ishlab chiqilgan komponentlarni 
ulash imkonini beradi. IBM PC arxitekturasi avtomatlashtirish sohasida yetakchi 
o‘rinni egallaydi. 
Keyingi yillarda avtomatlashtirishning texnik vositalari bozori tubdan 
o‘zgardi. Avtomatlashtirish vositalari va tizimlarini ishlab chiqaruvchi juda ko‘p 
firmalar yaratildi. Mashhur asbobsozlik zavodlari ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlari nomenklaturasini o‘zgartirdi. Avtomatlashtirishning texnik vositalari 
bozorida ishlovchi tizimli integratorlar- ko‘pgina ma’sul firmalar paydo bo‘ldi. 90-
yillarning boshidan avtomatlashtirishning texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi 
yetakchi xorijiy firmalar o‘z vakolatxonalari, firmalari, qo‘shma korxonalari, firma 
dilerlari orqali ko‘p mamlakatlariga o‘z mahsulotlarini keng joriy qila boshladilar.
Zamonaviy boshqaruv texnikasi bozorining jadal rivoj va tez harakati 
avtomatlashtirishning texnik vositalarining zamonaviy holatini aks ettiruvchi 
adabiyotlar paydo bo‘lishini talab etadi. Hozirgi vaqtda firmalarni 
avtomatlashtirish vositalari to‘g‘risidagi zamonaviy tarqoq xarakterga ega va 
asosan davriy matbuotda yoki I global INTERNET tarmog‘ida zavodlar va ishlab 
chiqaruvchilarning saytlarida yoki maxsus axborot portallarida, masalan, 
www.asupt.ru, www.mka.ru, www.industrialauto.ru da taqdim etilgan. 
Hozirgi paytda ko‘pchilik texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish universal 
mikroprotsessorli kontroller vositalari negizida amalga oshirilmoqda, ularni 
dasturiy-texnik majmua (DTM) deb ataladi. 
Dasturiy-texnik 
majmualar 
avtomatlashtirishning 
mikroprotsessorli 
vositalari yig‘indisidan (mikroprotsessorli kontrollerlar, obyekt bilan aloqani 
o‘rnatuvchi moslamalari OAO‘M), operatorning displeyli pultlari va turli 
vazifalarni bajaruvchi serverlar, sanoat tarmoqlaridan iborat bo‘lib, ular 
kontrollerlarning dasturiy ta’minotining va operator displeyli pultlarining sanab 
o‘tilgan komponentlarini bog‘lashga imkon beradi. DTM birinchi navbatda, 
sanoatning eng xilma-xil sohalarida turli axborot quvvatiga ega (o‘nlab kiruvchi-
chiquvchi signallardan yuz mingtasigacha) texnologik jarayonlarning taqsimlangan 
boshqarish tizimlarini yaratish uchun mo‘ljallangan. 
DTM ni 1970-yillarning oxirlarida bir qator xorijiy firmalar (Honeywell, 
Faxboro, Yokogawa va boshqalar.) seriyalab ishlab chiqara boshladi. 1980-1990 
yillarda Rossiyada ishlab chiqarilgan DTM lar paydo bo‘ladi (PTK «период», 
PTK-TLS, PTK-RSU, MP-8000 M, MK-8000).
Kichik o‘lchamli va tez ishlovchi mikrokontrollerlarni yaratish uchun 
element asosining yaxshilanishi, boshqaruvchi hisoblash tarmoqlari puxtaligining 


ortishi, sanoat kontrollerlari va operatorlar stansiyalari uchun samarali dasturiy 
ta’minotning ishlab chiqilishi DTM ning keng tarqalishiga ko‘p jihatdan imkoniyat 
yaratdi. Hozirgi paytda Rossiya bozorida, shu yerda va xorijda ishlab chiqilgan 
yuzdan ortiq DTM tarqalgan. Rossiyada ishlab chiqilganlar orasida Квинт, 
Сорган, КРУГ, Круиз, Дирижер, Технокант, Декант, DTM lari ajralib turadi.
DTM ni ishlab chiqishda asos qilib qo‘yiladigan umumlashtirish, bir 
xillashtirish va agregatlashtirish tamoyillari majmuaning barcha elementlarini, 
kontrollerlarni, OAO‘M, operatorning displeyli pultlarini, interfeyslarni va tarmoq 
almashuvi protokollarini va boshqalarni ham hisobga olganda, to‘la muvofiqligicha 
erishishga imkon beradi. Bunday yondashuv TJABT ni loyihalash va montaj 
qilishga, ishga tushirish-sozlash ishlarini o‘tkazishga ketadigan vaqtni ancha 
kamaytirishga imkon beradi.
Barcha universal mikroprotsessorli DTM lar sinflarga ajratilib, ularning har 
biri bajariladigan vazifalarning ma’lum to‘plamiga va boshqarish obyekti 
to‘g‘risida olinayotgan va ishlov berilayotgan axborotning tegishli hajmiga 
mo‘ljallangan. 


Yüklə 58,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin