Referat mavzu: O’zbekiston zaharli ilonlari. Topshirdi: Qabul qildi: Reja



Yüklə 19,28 Kb.
səhifə4/7
tarix22.09.2023
ölçüsü19,28 Kb.
#146831
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Referat mavzu O’zbekiston zaharli ilonlari. Topshirdi Qabul qi-fayllar.org

Bushmeyster



Bushmeyster – zaharli katta ilon uzunligi 4 metrgacha, Janubiy Afrikada yashaydi. Bushmeyster zahri inson hayoti uchun xavfli, lekin o’lim darajasi yuqori emas – 10-12 %. Falajlik holatiga soladi.

Oddiy gadyuka



Oddiy gadyuka – zaharli ilon haqiqiy gadyuka naslidan. Yevrosiyoda yashaydi. Uning chaqishi og’riqli lekin kamdan-kam holatda o’limga olib keladi. Tishlangan joyda gemorragik otek va nekroz bo’ladi. Zaharlanish belgilari: bosh aylanishi, holsiz bo’lish, bosh og’rig’I, ko’ngli behuzur bo’lish, nafas yetishmaslik. Og’ir vaziyatlarda distrofiya buyrak va jigarda o’zgarishlar yuz beradi.

Ruzel gadyukasi



Ruzel gadyukasi – Shri-Lankada keng tarqalgan. Zahari uncha kuchli bo’lmasada o’ta xavfli hisoblanadi. U yuradigan joylarda zaharga qarshi dorilar chiqarilmas ekan shuning uchun mahalliy aholini ko’plari halok bo’lishar ekan.
Ilonlarning asosiy sezgi organi Yakobson organi bilan birgalikdagi tilidir. Ilon uchi ayri ingichka tilini ustki jag‘idagi yarim ochiq yoriqdan chiqarib, bir necha soniya havo yaqinidagi narsalarga tegar-tegmas qilib o‘ynatadi va ichiga tortib oladi. Tilining uchlari Yakobson juft organining tepa tanglayidagi ikkita chiqarish teshigida joylashadi. Bu yerda ilon havoda paydo bo‘ladigan arzimas miqdordagi moddalar haqida ma’lumot oladi va shunga qarab o‘ljasining qayerda joylashganligi yoki suv manbayining qayerdaligi haqida mo‘ljal oladi. Ko‘zlari ham mo‘ljalda katta rol o‘ynaydi (hamma ilonlarda ham shunday emas). Tungi ilonlarning ko‘z qorachig‘i vertikal yoki yumaloq, ba’zan esa gorizontal bo‘lishi mumkin, kunduzgi ilonlarniki hamma vaqt yumaloq bo‘ladi. Ilonlarda hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan, ular sichqon bilan kalamushni hidiga qarab ajrata oladi. Ularda eshitish organi yaxshi rivojlanmagan, tashqi eshitish teshigi bo‘lmaydi. O‘rta qulog‘i sodda tuzilgan va faqat ichki qulog‘i yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ilonlar odamning oyoq tovushini eshitadi, biroq havoda tarqaladigan tovushlarni eshitmaydi. Bu tomondan ular deyarli kar hisoblanadi. Demak, ilonlarni musiqa chalib o‘ynatish haqidagi afsonalar asossiz. Bo‘g‘ma ilonlar bilan shaqildoq (chinqiroq) ilonlarda issiqni sezish organi bo‘lib, ular uzoqdan o‘ljasining tanasidan chiqayotgan haroratni biladi. Bu organlar tashqi tomondan ikkita chuqurcha shaklida bo‘ladi.
Ilonlar faqat jonivorlar (chuvalchanglar, o‘rgimchaksimonlar, ko‘p-oyoqlilar, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va sut emizuvchilar) bilan oziqlanadi.
Ko‘p turlarining urg‘ochilari erkagidan yirikroq bo‘ladi.
Tuxum qo‘yib yoki tirik tug‘ib ko‘payadi. Bir yilda bir marta tuxum qo‘yadi. Bir marta tuxum qo‘yishda mayda turlari bittadan 3-4 tagacha, yiriklari bir necha o‘nlab tuxum qo‘yadi. Inkubatsiya davri bir oydan 2,5 oygacha davom etadi.


Yüklə 19,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin