Referat mavzu: Microsoft Excel elektron jadvali va unda ishlash Bajardi Usmonova Barno Tekshirdi



Yüklə 26,62 Kb.
səhifə3/6
tarix03.03.2023
ölçüsü26,62 Kb.
#86493
növüReferat
1   2   3   4   5   6
elektron jadvallar bilan ishlash

«Мастер функций» (Funksiyalar ustasi) ni qo`llash funk­siyaning yozilishi va uning hamma argumеntlarini sintaktik to`g`ri tartibda kiritilishini ta`minlaydi. «Мастер функций» (Funksiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panеlidagi
piktogrammasini sichqoncha ko`rsatkichi bilan tanlash lozim. «Мастер функций» (Funksiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega. Katеgoriyalar darchada 11 ta turli hil sohalarga tеgishli bo`lgan funksiyalar katеgoriyalari bеrilgan. Agar foydalanuvchining masxus funk­siyalari ham qo`llanilsa, bu katеgoriyalar soni undan ham ko`p bo`lishi mumkin. Funksiyalar ro`yxatidagi katеgoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot oynasida shu funksiya katеgoriyasiga tеgishli funksiyalarning ro`yxati chikadi. Ro`yxatlar darchasida funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumеntlar ro`yxati bilan foydalanish hakida qisqacha ma`lumot paydo bo`ladi. Bu quyidagi rasmda kеltirilgan (10.9-rasm):

«Мастер функций» (Funksiyalar ustasi) bilan ishlash hakida tavsiyanomalar
1. Agar tanlangan funksiya hakida qo`shimcha ma`lumot olmoqchi bo`lsangiz, unda sichqoncha ko`rsatkichini «Справка» (Ma`lumot) tugmasiga olib borib bosing.
2. YAngi funksiyani kiritishda «Мастер функций» (Funksiyalar ustasi) avtomatik ravishda qator boshiga «q» (tеng) bеlgisini qo`yadi.
3. «Мастер функций» (Funksiyalar ustasi) ni chaqirishda yachеyka bo`sh bo`lmasa, unda yachеykadagi ma`lumotlar o`chirib tashlanadi.
4. «Мастерфункций» (Funksiyalar ustasi) ni mavjud bo`lgan formulaga yangi funksiyani kiritishda qo`llash mumkin. Buning uchun formulani taxrirlashda funksiya kiritilishi kеrak bo`lgan joyga kursorni kuyish, kеyin esa bu kiritishni amalga oshirish uchun «Мастер функций» (Funksiyalar ustasi)ni ishga tushirish kеrak.
Microsoft Excel elektron jadvali va unda ishlash.
Microsoft Excel elektron jadvali turli xil jadvallar yaratish, ularda xisob-kitob ishlarini amalga oshirish, diagrammalar yaratish, ularning ko`rinishini boshqarish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Bu dasturni ishga tushirish uchun shu dastur piktogrammasida sichkoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish ( tugmasi) , dastur faylini ishga tushirish yoki Пуск bosh menyusidagi Все программы bandidagi Microsoft Office bandidan Microsoft Excel 2007 buyrugini tanlash orqali ishga tushirish mumkin.
Excel dasturi uskunalar paneli.
Dasturning uskunalar paneli boshqa office paketi dasturlari uskunalar paneliga uxshash bo`lib, unda Главная, Вставка, Разметка страницы, Формулы, Данные, Рецензирование, Вид hamda Надстройки panellari mavjud.
Excelda yaratilgan xar bir xujjat kitob (elektron kitob) deb ataladi va har bir kitob bir yoki bir nechta saxifa(list)lardan iborat bo`lishi mumkin. Bu sahifalarning nomini o`zgartirish, o`rnini o`zgartirish yoki chop etish mumkin.
Excel ishchi maydoni jadval kurinishida bo`lib, satrlari 1 dan boshlab raqamlanadi hamda cheksiz (oldingi Office paketi Excel dasturlaridan farqli ravishda) tartiblangan bo`lib, ustunlari A dan boshlab tartiblanadi hamda barcha lotin alifbosi harflari tugagach, ulardan ikkitadan foydalanib tartiblanadi (AB, AC, AD, …ZZ), ikkitalik imkoniyatlar tugagach esa, ustunlar uchtadan yarflar bilan belgilanadi (AAA, AAB, AAC, … ). Bu satr va ustunlarning kesishgan joyi katakcha (yacheyka) deb ataladi. Har bir katakcha o`zining o`rniga qarab ma`lum manzilga ega bo`ladi. Masalan A3 (A ustun va 3-satrlar kesishgan katakcha), IA234 (IA ustun va 234-satrlar kesishgan katakcha).
Microsoft Excel2007 dasturi boshqa Office paketi dasturlariga o`xshash bo`lib, lekin unda dasturning vazifalari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turli-tuman farqlar ham mavjuddir. Bularga dasturning hisob-kitob ishlarini bajarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kiritilgan o`zgarishlarni misol qilib keltirib o`tishimiz mumkin. Bundan tashqari Excel 2007 dasturi jadval ko`rinishidagi ma`lumotlarni tayyorlash hamda ularni yaqqolroq tasvirlash maqsadida kuchli diagrammalar bilan ishlash asbobi bilan ham ta`minlangandir hamda bu imkoniyat ham dastur imkoniyatlari va tashqi ko`rinishida o`z aksini topgan.
Excel 2007 dasturining ishchi maydoni quyidagicha kurinishga ega:
List(sahifa)lar sohasi
List(sahifa)larni boshqarishsohasi
Excel 2007 dasturi ishchi sohasi
O`tkazish chizg`ichi
Masshtabni boshqarish
Ko`rinishni boshqarish
Satrlar
Ustunlarar
Kursor
Kursor manzili
Formulalar satri
Ko`p ishlatiladigan tugmalar
Office bosh menyusi
Sarlavha satri
Oynani boshqarish tugmalari
Excel 2007 dasturi uskunalar paneli
Excel 2007 da yangilik
Excel dasturida tayyorlanadigan hujjat elektron kitoblar deb ataladi va bu elektron kitobda kompyuter xotirasi imkon beradigan darajada ko`p sahifa (list)larni joylashtirish mumkin. Bu listlar ishchi listlar (oddiy listlar – ularda jadvallarni joylashtirish mumkin) hamda diagramma listlari (ularda diagrammalar joylashtiriladi)ga bo`linadi.
Oldingi Excel dasturlarida ishchi maydoni 65536 ta satr va 256 ta ustundan iborat edi. Excel 2007 dasturida esa satrlar soni 1048576 ta bo`lib, ustunlar soni esa 16384 tadan iborat (A-XFD gacha). Demak Excel 2007 dasturida jami 17179869184 ta katakcha mavjud ekan. Katakcha – bu ustun va satr kesishgan joydagi birlik bo`lib, har bir katakcha o`zining individual manzili (nomi)ga egadir. Bu nom shu katakchaning ustuni harfi (harflari) hamda uning satr tartib raqamining yonma-yon yozilishidan iboratdir. Elektron sahifaning birinchi (yuqori chap burchagidagi) katakchasining manzili A1 bo`lib, uning oxirgi katakchasi (pastki o`ng burchakda)ning manzili mos ravishda XFD1048576 ekanligi tushunarli.
Formulalar.
Exceldagi katakchalar o`zida matn, sonlar, formulalrni saqlashi yoki ularning barchasidan xoli bo`lishi mumkin. Formulalar yordamida Excel boshqa katakchalarda joylashgan ma`lumotlar asosida hisob-kitob ishlarini bajarish bo`yicha ko`rsatmalarni oladi. Masalan A ustunida joylashgan dastlabki 10 ta sonni qo`shish formulasini tuzish mumkin (=СУММA1:A10).
Formulalarni tuzishda +(qo`shuv), -(ayiruv), *(ko`paytiruv) va /(bo`luv) standart arifmetik amallari ishlatiladi. Bundan tashqari maxsus funksiyalarni ishlatish ham mumkin. Bular kerakli natijaga osonlik bilan erishish imkonini beradi. Masalan Excel funksiyalari yordamida sonning kvadrat ildizini hisoblash, turli sonlarning faktoriallarini topish va hatto joriy vaqtni hisoblab topish ham mumkin. Excel funksiyalari bilan ishlash keyingi boblarda ko`rib chiqiladi.
Aktiv katakcha va diapazonlar.
Excelda katakchalardan biri aktiv katakcha deb ataladi va uning chegaralari boshqalarinikidan ko`ra qalinroq bo`ladi. Boshqa dasturlar bilan muvofiqlikni ta`minlash maqsadida biz bu holatni Excel kursori deb ataymiz va aktiv katakchada kursor mavjud deb hisoblaymiz. Kursor turgan katakchaning ichidagi ma`lumot Formulalar satrida ko`rinib turadi. Kerakli katakchani yoki bir necha katakchani aktivlashtirish uchun shu kerakli katakcha ustida sichqoncha chap tugmasini bosish yoki bir necha katakchani ko`rsatish uchun ulardan birinchisi ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda kerakli katakchagacha chap tugmani qo`yib yubormasdan sichqoncha ko`rsatkichini olib borib, so`ng qo`yib yuboriladi. Bunda belgilangan katakchalar ustida keyinchalik kerakli amallarni bir vaqtning o`zida bajarish mumkin bo`ladi. Belgilangan katakchalar diapazon deb ataladi va ular ko`pincha yonma-yon joylashgan katakchalardan iborat bo`ladi. Lekin ba`zida bir-biridan uzoqda joylashgan katakchalarni ham birgalikda belgilash mumkin. Buning uchun belgilash amalini bajarish jarayonida CTRL tugmasidan foydalanish mumkib.

Excel dasturi oynasi bilan ishlash.


Excel dasturi oynasini boshqarish barcha boshqa Windows dasturlari oynalarini boshqarish kabi bo`lib, u kichiklashtirilgan holda bo`lganda uning chegaralarini surish uchun kerakli chegara ustiga sichqoncha ko`rsatkichini keltirilib, u ikki tomonlama ko`rsatkich ko`rinishiga o`tgach, chap tugmani bosib turgan holda chegarani keraklicha surish mumkin. Dastur oynasining o`zini surish uchun shu dastur sarlavha satri ustiga sichqoncha ko`rsatkichini keltirib, chap tugmani bosib turgan holda dastur oynasini siljitish mumkin. Dastur oynasini yopish uchun yuqori o`ng burchakdagi X harfi ko`rinishidagi tugma bosiladi (Alt+F4 kombinatsiyasi ham shu vazifani bajaradi). Bundan tashqari Excel dasturida chiqish uchun dastur yuqori chap tomonida joylashgan Office bosh menyusini tanlab( ), uning eng pastki qismidagi Выход из Excel buyrug`i tanlanadi. Exceldan tezkor chiqish uchun shu tugmada sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish ham yetarlidir.

Yüklə 26,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin