Referat mavzu: jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari bajardi: Pulatov u toshkent 2012


Xalqaro valyuta munosabatlarida oltinning ahamiyati



Yüklə 94,61 Kb.
səhifə13/16
tarix25.12.2023
ölçüsü94,61 Kb.
#195798
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org

Xalqaro valyuta munosabatlarida oltinning ahamiyati 
Tarixan jahon puli funktsiyasini oltin va kumush bajarib kelgan bo`lsada, 
Parij valyuta tizimi (1867yil) doirasida faqatgina oltin jahon puli sifatida qabul
qilingan. Biroq, demonetizatsiya natijasida oltinning ahamiyati bir muncha 
kamaydi. Oltin demonetizatsiyasi - bu oltinning pul funktsiyalarini bajarishdan
asta-sekin maxrum etish jarayonidir. Demonetizatsiya jarayoni, XIX asr 
oxirigacha bir necha yuz yil davom etgan kumush demonetizatsiyasi kabi uzoq
muddatli jarayondir. 
Oltin demonetizatsiyasiob`ektiv va sub`ektiv sabablar bilan izohlanadi:
• oltin pullar zamonoviy tovar ishlab chiqarish talablariga javob bermaydi; 
• kredit munosabatlari rivojlanishi bilan, kredit pullar - banknota, veksel,
cheklar asta-sekin oltinni avval ichki pul muomalasidan, keyin esa,
xalqaro valyuta
munosabatlaridan sikib chiqardi; 
• oltin muomalasining davlat tomonidan tartibga solinishi - uning
demonetizatsiyasini tezlashtiradi; 
• sub`ektiv omillar sifatida AQSHning valyuta siyosatini ko`rsatish mumkin.
AQSH valyuta siyosatining strategiyasi dollarning xalqaro mavqeini 
mustahkamlash maqsadida, oltinni jahon valyuta tizimining asosi sifatida
diskreditatsiya qilishga yo`naltirilgan edi. Birinchi Jahon urushidan so`ng, moliya 
markazi Yevropadan Amerikaga kuchdi va bu AQSH dollarining etaqchiligiini
kuchaytirdi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin, AQSH o`zining yirik valyuta-
iqtisodiy potentsialiga tayanib, «dollar oltindan yaxshirok» shiori ostida, dollar


hukmronligi uchun kurashni boshlab yubordi. Oltin demonetizatsiyasini


tezlashtirish yo`li bilan dollar etaqchiligini mustahkamlashga yo`naltirilgan 
AQSH taktikasi, aniq vaziyatga bog`liq ravishda o`zgarar edi. Urushdan keyingi
vayrongarchilik sharoitida G`arbiy Yevropa va Yaponiyada oltinning ahamiyati 
oshdi va AQSH o`zining yirik oltin zahiralaridan (1949 yilda 24,6 mlrd. doll,
yoki kapitalistik dunyo rasmiy oltin zahiralarining 75 foizi) tayanch sifatida 
foydalandi. Chet el Markaziy banklarida dollarning oltinga almashtirilishi yo`lga
qo`yildi, bu esa, uning kursini barqarorlashishiga imkon berdi. AQSH ta`siri 
ostida, dollarning yetakchi mavqeini saqlab qolish maqsadida 35 yil davomida
(1934-1971) rasmiy baholar masshtabida hamda valyuta pariteti uchun baza 
sifatida xizmat qilgan oltinning pasaytirilgan rasmiy bahosi (31,1035 grammga teng
bo`lgan 1 untsiya oltin 35 dollarga teng) ushlab turildi. Davlat aralashuvi ta`sirida 
oltinning rasmiy bahosi va haqiqiy bahosi o`rtasida sezilarli farq hosil bo`ldi. XVF
Nizomida dollarning oltin tarkibini va uning zahira valyutasi sifatidagi mavqeini 
saqlab qolish maqsadida, a`zo davlatlarni oltin bilan hukumat operatsiyalarini
faqat rasmiy bahoda amalga oshirishga majbur qilindi. Shu maqsadda, tarixda 
birinchi marta 1961-1968 yillarda oltin puli (ing. orqali oltinning bozor bahosini
davlatlararo tartibga solish amalga oshirildi. O`tgan asrning 70-yillaridan 
AQSHning xalqaro mavqei nisbatan pasaydi. AQSH dollarining qadrsizlanishi,
oltinning real zahira aktivi sifatidagi mavqei o`sishiga imkon berdi. Shunday bir 
sharoitda, XVF AQSH ta`siri ostida AQSH dollarining rakibi-oltin
demonetizatsiyasini tezlashtirish siyosatini kuchaytirdi. 
Oltin demonetizatsiyasining ikki jihati farqlanadi: yuridik va haqiqiy.
Yamayka valyuta islohoti natijasida demonetizatsiyaga yuridik yakun yasaldi. 
XVFning o`zgartirilgan nizomida valyuta kursi va paritetini aniqlashda oltinga
ixtiyoriy tayanish istisno qilingan, oltin pariteti va oltinning rasmiy bahosi bekor 
qilindi. Oltinning rasmiy bahosi bekor qilinishi munosabati bilan Markaziy
banklarga oltin zahiralarining 31 avgust 1975 yil holatiga bo`lgan darajasini ikki 
yil davomida oshirish ta`qiqlab qo`yildi. Biroq, XVF nizomida oltin xalqaro
zahira aktivi sifatida to`g`ridan to`g`ri rad qilinmagan. Haqiqatda, oltin 

demonetizatsiyasi yakunlan-magan. Oltinning ahamiyati to`g`risidagi masala


qonuniy aktlar va qat`iy qarorlar bilan emas, balki tovar ishlab chiqarish, jahon 
xo`jaligi va valyuta munosabatlarining real sharoitlari bilan echiladi.
Oltin demonetizatsiyasi jarayonining davomliligi va qarama qarshiligi, uning 
baholar darajasida xilma-xillikni vujudga keltiradi. Ayrim iqtisodchilar
«demonetizatsiya yuz berayotgani yuk va oltin pulning klassik funktsiyalarini 
bajarishda davom etmoqda», deb hisoblashmoqda. Boshqalari esa, «oltin
butunlay demone-tizatsiyalangan va faqatgina qimmatbaho xom-ashyo 
ko`rinishidagi tovar bo`lib kelmoqda», deb hisoblashadi. Yana boshqalari
«oltin demonetizatsiyasi shiddatli davom etayapti, ammo tugallanmagan» deb 
hisoblashmoqda.
Ushbu mulohazalardan kelib chiqib, valyuta muhitidagi oltinning 
ahamiyatidagi o`zgarishlarni ko`rib chikamiz:
Birinchidan, kredit pullar oltinni ichki va xalqaro muomaladan sikib chiqardi. 
Oltinning to`g`ridan-to`g`ri tovarlarga ayirboshlanishi tuxtatildi, baholarni oltinda
belgilash bekor qilindi. U tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy aloqalarida to`lov 
va muomala vositasi sifatida to`g`ridan-to`g`ri xizmat kila olmadi. Ammo, oltin
iqtisodiy aylanmasdagi o`zining muhim ahamiyatini: favkulodda jahon pullari
xalqaro kreditlar ta`minoti, boylik manbai sifatida saqlab qolmoqda. Oltinning
xalqaro valyuta munosabatlaridagi ishtiroki kredit pullar almashgan holda, uning 
haqiqiy ayirboshlanishi amalga oshiriladigan maxsus bozorlar - oltin bozorlarida
yig`ilgan. 
Ikkinchidan, oltinning muomaladan chiqishi bilan, pulning xazina
funktsiyasi yangi holatlar bilan tavsiflanadi. Xazinalar vaqtinchalik pul 
muomalasini tartibga soluvchi sifatida ishlatilmay qo`ydi. Chunki, oltin kredit
pullar kabi, avtomatik tarzda, xazinadan muomalaga va aksincha harakatlana 
olmaydi. Lekin, bu o`zgarishlarga qaramasdan, oltinning bu funktsiyasi sunib
kolmadi: muhim o`zgarishlarga qaramasdan, oltinning ichki va jahon bozori bilan 
aloqasi saqlanib qoldi. Xazina davlat (1998 yil iyul holatiga 33,8 ming t.) va
alohida shaxslar (25,4 ming t., XVF bahosi bo`yicha), Markaziy banklar, 

davlatning moliyaviy organlarida va xalqaro valyuta kredit tashkilotlarida


jamlangan rasmiy oltin zahiralari, xalqaro aktivlar sifatida millatlararo 
ahamiyatga ega. Oltin demonetizatsiya-sini tezlashtirish siyosatiga qaramay,
AQSHning oltin zahiralari eng ko`p miqdorda bo`lib (8,138 ming t.), rasmiy 
zahiralar bo`yicha keyingi uch o`rinda turuvchi mamlakatlar (Germaniya,
Shveytsariya va Frantsiya) zahiralariga teng. Oltin zahiralarining hajmi 
mamlakatning valyuta-moliyaviy mavqeini ko`rsatadi va uning kreditga
layokatliligini aniqlovchi asosiy ko`rsatkichlari-dan biri bo`lib xizmat qiladi. 
Etakchi davlatlar «unligi» oltinni (jahon oltin zahiralarining 85 foizini)
asosiy saqlab turuvchilari bo`lib hisoblanadi. Oltin zahiralari notekis (AQSH- 
8,138 ming t., FRG- 3 ming t., Shveytsariya - 2,6 ming t., Frantsiya-2,5 ming t.,
Italiya - 2 ming t.) taqsimlangan. AQSHning rasmiy oltin zahiralaridagi hissasi 
1950 yilda 75 foiz (20,3 ming t.)dan 1998 yilda 28 foiz (8,138 ming t.)ga tushdi,
G`arbiy Yevropa mamlakatlari, ayniqsa EIining hissasi esa 16 foizdan (4,8 ming t.) 
52 foizga (15 ming t.) o`sdi. Yaponiya juda kam oltin zahiralariga ega bo`lsada,
1948-1992 yillar davomida 3 t.dan 754 t.ga ko`paydi va shu darajada saqlanib 
kelmoqda (1998y.). Yaponiyada 1974 yilda oltin importi, 1978 yilda uning
eksporti qonuniylashtirilgan, 1982 yilda esa, oltin bozori tashkil etilgan. Rasmiy 
oltin zahiralarining bir qismini xalqaro tashkilotlarda (XVF-3,2 ming t., Yevropa
valyuta instituti (1998 yildan Yevropa Markaziy Banki) - 2,86 ming t.ga yaqin, 
Bazeldagi Xalqaro hisob- kitoblar banki - 0,21 ming t.) saqlash doimiy xolga
aylanib qoldi. Jahon hamjamiyati rasmiy oltin zahiralarining 18 foiz(4,9 ming t.)ga 
yaqini 120 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to`g`ri keladi. O`tgan
asrning 70-yillari o`rtalarida neft bahosining ko`tarilishi munosabati bilan, neft 
eksport qiluvchi davlatlar (OPEK) tashkiloti a`zolarining oltin zahiralari bir
muncha o`sgan bo`lsada, ammo keyingi yillarda bu ko`rsatkichning sezilarli 
qisqarishi kuzatilmoqda. Ko`pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar juda kam oltin
zahiralariga ega. 
G`arb mamlakatlarida davlatlar va shaxsiy xazinalar hajmi (60 ming t. dan
ortiq) yarim asrdan ko`proq vaqt davomida qazib chiqarilgan oltinga teng. 

Bunday katta hajmda yig`ilgan birorta ham tovar yuk, shuning uchun, oltin


zahiralarini nizolarsiz ayirboshlash qiyin. Shuning bilan birga, zamonaviy tovar 
ishlab chiqarish oltin o`rniga xazina funktsiyasini bajaruvchi o`rinbosar topa
olmadi. Oltinning tabiiy xossalari - bir xillik, bulinuvchanlik, chidamlilik, uzoq 
saqlanuvchanlik -jahon pullariga qo`yiladigan talablarga ko`proq mos keladi.
Va nixoyat, oltinning jahon puli sifatidagi funktsiyasida ham o`zgarishlar yuz 
berdi:
• oltin bilan bo`ladigan xalqaro hisob-kitoblarni cheklash jarayoni, uning 

bu sohada to`g`ridan-to`g`ri ishlatilish zarurati yo`qolishiga olib keldi.


Shunisi kizikki, oltin andozasi sharoitida ham, xalqaro hisob-kitoblarda kredit 
vositalari keng qo`llanilgan,
oltin faqatgina to`lov balansining passiv qoldigini qoplash uchun xizmat qilgan
• oltin jahon puli sifatida yuzaga chiqmoqda, shu bilan birga uning uch
belgisini saqlab kelmoqda - umumiy sotib oluvchi bo`lib xizmat qilish, to`lov 
vositasi bo`lib xizmat qilish va umumxalq boyligining moddiylashuvi. Oltin
hozir ham, jahon bozorlarida 
umumiy tovar bo`lib hisoblanadi. Oltinga ega bo`lib, oltin bozorlarida zarur
valyutani 
sotib olsa bo`ladi, unga esa, istalgan tovarni sotib olish yoki uni to`lash orqali
qarzni

uzish mumkin. Tanglik holatida favkulodda jahon puli sifatida oltinning


ahamiyati 
oshadi. Valyuta tangligining yuzaga kelishi, «oltin jazavasi» shaklida, barqaror
bo`lmagan valyutadan oltinga «kochish»ga olib keladi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar
badallarini qaytarib olish tartibida XVFdan 46,5 tonna oltin olib, tashqi 
qarzlarni
qoplash uchun 201. oltinni sotib yuborishdi. 
Oltinning yuridik demonetizatsiyasiga qaramay, u xalqaro valyuta-kredit
munosabatlarida muhim ahamiyatga ega: 




Yüklə 94,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin