Raqobat strategiyasi asosiy variantlarning 3 hil turi (varianti) mavjud:
Raqobatning asosiy besh tamoyiliga qarshi turish hamda sohaning boshqa firmalariga qaraganda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish uchun muvaffaqiyat keltirishi muqarrar bo‘lgan uchta asosiy strategik yondashuvni ajratib ko‘rsatmoq zarur. Bular:
Sarf-harajatlar borasida mutlaq yetakchilik
Differensiatsiya
Diqqatni jamlash (Fokusirovaniye)
Taken from Competitive Strategy. Techniques for Analyzing Industries and Competitors by Michael E. Porter (1998)
Kamdan kam yuz bersada, ammo ba’zi hollarda firma bittadan ko‘p yondashuvni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan strategining asosiy variantlardan har qaysisini amalga oshirish uchun, odatda ko‘pchilikning birgalikdagi sa’y-harakatlari va aniq maqsadga yo‘naltirilgan tashkiliy choralar talab etiladi.

Strategiyaning asosiy variantlari sohaning boshqa vakillariga nisbatan birmuncha yuqori natijalarga erishishning asosiy vositasi hisoblanib, bir soha doirasidagi barcha firmalar uchun yuqori darajadagi umumiy daromadni anglatishi mumkin. Bunday hollarda, boshqa sohalardagi kabi strategiyani amalga joriy etish faqatgina maqbul daromadni qo‘lga kiritishdagina zarur bo‘ladi.
Sarf-harajatlar borasida mutlaq yetakchilik
Tajriba egri chizig‘i sharofati bilan 1970 yillarda keng tarqalgan strategiyaning birinchi varianti aynan sarf-harajatlar borasida sohada yetakchilikka erishishga qaratilgan qator iqtisodiy choralar asosida shu borada mutlaq yetakchilikka erishishdan iborat.