Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi



Yüklə 95,9 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü95,9 Kb.
#210906
  1   2   3   4   5
Karimjon elektronika va sxemalar


RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
Telekominikatsiya injiniringi va kasb ta’limi
Fakulteti
Telekominikatsiya injiniringi
Kafedrasi

Karimjonov Karimjon ning


ELEKTRONIKA SXEMALAR 1”




fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Topshirdi: Musayev Izzatillo
Qabul qildi: Tillaboyev Muhiddin
Mavzu:Differensiyalovchi va integrallovchi zanjirlarni
Reja

  1. Elektr Zanjirlar

  2. Differensiyalovchi zanjirlar

  3. Integrallovchi zanjirlar

Kirish
Elektr zanjirlari va ularning turlari. Elektr zanjirlarining elementlari. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari. Om va Krixgof qоnunlari. Chiziqli, chiziqli bo’lmagan, parametrik zanjirlar. Differensiallovchi va integrallovchi zanjirlar

Elektr zanjirlari va ularning turlari. Elektr zanjirlarining elementlari. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari. Om va Krixgof qоnunlari. Chiziqli, chiziqli bo’lmagan, parametrik zanjirlar. Differensiallovchi va integrallovchi zanjirlar.


Elektr zanjirlari deb elektromagnit jarayonlarini ifodalanishda elektr yurituvchi kuch, tok va kuchlanish tushunchalaridan foydalanish mumkin bo‘lgan, elektr toki oqishi uchun yo‘llarni hosil qiluvchi qurilmalar va ob’ektlar majmualariga aytiladi.


Elektr zanjirlarining asosiy elementlariga elektromagnit energiyasi manbalari (qisqalik uchun elektr manbalari), elektromagnit energiyani uzatish, qayta ishlash va qabul qiluvchi qurilmalar kiradi.
Elektromagnit energiyasining manbalariga energiyaning u yoki bu turidan – issiqlik, kim’yoviy, yadro, quyosh, shamol, mexanik harakat energiyasi va h.k. – elektromagnit energiyasiga aylantiruvchi generator qurilmalari kiradi. Bularga, masalan, aylanuvchi elektr generatorlari, galvanik elementlar, akkumulyatorlar, termoelementlar va h.k. kiradi. Hozirgi kunda issiqlik, yadro, kim’yoviy energiyalarni elektromagnit energiyasiga aylantiruvchi yangi uskunalar yaratilmoqda, masalan, magnitogidrodinamik generatorlar, issiqlik elementlari, quyosh batareyalar va h.k.
Elektromagnit energiyani uzatish elementlariga aloqa liniyalari, elektr uzatish liniyalari, elektr tarmoqlari kiradi.
Elektromagnit energiyani qayta ishlashga tok va kuchlanishni o‘zgartiruvchi transformatorlar, chastota o‘zgartkichlari, kuchaytirgichlar, shuningdek, o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka aylantiruvchi ionli va yarim o‘tkazgichli invertorlar, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi to‘g‘rilagichlar va h.k.lar kiradi.
Elektr zanjirlaridagi iste’molchilar yoki yuklamalar qatoriga elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi qurilmalar kiradi, masalan, radio va televizion jihozlar, elektron hisoblash mashinalari, elektr motorlar, elektroliz uskunalari, akkumulyatorlar, isitkich jihozlari va h.k.
Doimo, u yoki bu qurilmaning – elektr zanjiri elementining – asosiy vazifasi elektromagnit energiyaning generatsiyasi, uni uzatish, qayta ishlash yoki iste’mol qilish sifatida tayinlangan bo‘lsa, birinchi o‘ringa uning foydali ish koeffitsiyenti yuqori bo‘lishi talabi qo‘yiladi.
Ko‘pgina hollarda elektr zanjiridagi u yoki bu elementning asosiy vazifasi qilib - elektr signallarini uzatish yoki qayta ishlash, shuningdek u yoki bu kattaliklarni o‘lchash operatsiyasini bajarish, u yoki bu jarayonlarning sifatini boshqarish belgilanadi. Bu elementlar qatoriga telekommunikatsiya tizimlari, telefon va telegraf aloqa liniyalari va ularning uchlaridagi qurilmalar, avtomatika qurilmalarining har turdagi elementlari, elektr o‘lchash qurilmalari, elektron hisoblash mashinalarining hisoblash va boshqarish qurilmalari, har turdagi radiotexnik qurilmalar va h.k.lar kiradi. Ularning barchasi uchun eng muhim talab – uzatilayotgan va qayta ishlanayotgan signallarning ma’lum sifatda bo‘lishidir. Tabiiyki, bu holatlar uchun ham elektromagnit energiyasining uzatilishi va qayta ishlanishi amalga oshiriladi va asosiy bo‘lmasa ham, imkon qadar yuqori foydali ish koeffitsiyentiga erishish maqsadi qo‘yiladi.
Keltirilgan talablar bilan birgalikda, elektr zanjiri elementlari bir qator talablarni qoniqtirishi zarur – ishlashining ishonchliligi, ko‘pga chidamliligi, zarur bo‘lsa – tez ishlovchanligi, ishdagi barqarorligi, amaldagi aniqligi va h.k.
Shunga muvofiq, hozirgi zamon elektrotexnik qurilmalarining elektr zanjirlari juda murakkabdir. Shu sababli ham elektr zanjirlar nazariyasi doimiy rivojlanishda va unga yanada umumlashtirilgan usullar xos bo‘lmoqda. Ushbu fanni o‘rganishda eng sodda elektr zanjirlarining tadqiqotidan boshlab, asta - sekin murakkab zanjirlarni hisoblash (tahlil va sintez)ning umumiy usullariga o‘tamiz.
Elektr zanjirining elektromagnit energiyasi manbalari ta’sir etayotgan qismini zanjirning aktiv qismi (qisqacha aktiv zanjir) deb nomlaymiz. Aksariyat, uni o‘rtasida A harfi bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida va zanjirning qolgan qismiga ulash uchun zarur bo‘lgan sondagi klemmalar (o‘tkazgichlar) bilan chiziladi (1-rasm).
E lektr zanjiri elektromagnit energiya-si manbalari bo‘lmagan qismini zanjirning passiv qismi, yoki qisqacha - passiv zanjir deb ataymiz. Uni esa o‘r- 1-rasm 2-rasm
tasida P harfi bo‘lgan
t o‘g‘ri to‘rtburchak shaklida va zanjirning qolgan qismiga ulash uchun zarur bo‘lgan sondagi klemmalar bilan belgilaymiz (3.2-rasm). Bu to‘g‘ri to‘rtburchaklar ichida zanjir ko‘rilayotgan qismining barcha elementlari, o‘zaro ulanishlari bilan joylashtiriladi.

Passiv elementlar


Shunga o‘xshash, zanjirning manbalarini aktiv elementlar, qolganlarini esa passiv elementlar deb ataymiz.

Elektr zanjirining manbalari ikki turga 3-rasm


bo‘linadi: kuchlanish va tok manbalari. Manbalar tok va kuchlanishining tashqi ta’sir natijasida o‘zgarishiga ko‘ra, ularni mustaqil va nomustaqil manbalarga ajratiladi. Manbaning chiqish klemmalaridagi kuchlanish (tok) miqdori manbaning yukidagi tok (kuchlanish) qiymatiga bog‘liq bo‘lmasa mustaqil kuchlanish (tok) manbasi deyiladi. 3-rasmda mustaqil kuchlanish manbasining tashqi tavsif (a) va (b) ko‘rsatilgan. 3.4-rasmda mustaqil tok manbasining tashqi tavsifi (a) va sxemada belgilanishi (b) ko‘rsatilgan. Bunday manbalar quyida keltirilgan real manbalarni ideallashtirish bilan hosil qilinadi. Aksincha, manbaning chiqish klemmalaridagi kuchlanish (tok) miqdori oqayotgan tok (kuchlanish) qiymatiga bog‘liq bo‘lsa, ya’ni kuchlanish manbasining yuklanish toki o‘zgarganda uning kuchlanishi ham o‘zgarsa, yoki tok manbasi zanjiridagi kuchlanish o‘zgarishi natijasida uning toki ham o‘zgarsa, ularni nomustaqil kuchlanish (tok) manbalari deyiladi. Real manbalarda aynan shunday bo‘ladi va ularning tashqi tavsiflari pasayuvchan (3.3 va 3.4-rasmlarda punktir chiziq) bo‘ladi.

4-rasm
Manbalar boshqarilmas va boshqariluvchi guruhlarga ajratiladi. Boshqariluvchi tok va kuchlanish manbalarining har biri ularning kirish qismiga keltirilgan tok va kuchlanish bilan boshqarilishi mumkin.


Z anjirning passiv elementlari qatoriga rezistorlar, kondensatorlar va induktivliklar kiradi.
Rezistor (ba’zan rezistiv element, rezistiv qarshilik, Omik qarshilik degan nomlari ham uchraydi) deb, 5-rasm
elektr energiyasi sarflanib, uning hususiyatlari U=R·i yoki i=G·U bog‘lanishlar bilan ifodalangan elementga aytiladi. Bunda, R va G qarshilik va o‘tkazuvchanlik deb nomlangan proporsionallik koeffitsiyentlari. 5-rasmda ularning sxemalarda belgilanishi keltirilgan. R va G o‘zgarmas bo‘lganda (a-rasm) chiziqli va, aksincha, R va G lar tok yoki kuchlanishga bog‘liq o‘zgarganda nochiziqli (b) qarshilik yoki nochiziqli o‘tkazuvchanlik deyiladi.
Elektromagnit energiyani zahiralash xossasiga ega bo‘lgan, fizik xususiyatlari Sh=L·i tenglama bilan ifodalanuvchi induktiv g‘altakning ideallashtirilgan elementi induktivlik elementi (yoki induktivlik) deyiladi. L proporsionallik koeffitsiyenti induktivlik deyiladi va Genri [Np] o‘lchov birligiga ega. 6-rasmda chiziqli (a), nochiziqli (b) induktivlikning belgilanishi hamda Sh=L·i bog‘lanishlar keltirilgan.
E
lektr energiyasini zahiralash xossasiga ega bo‘lgan, fizik xususiyatlari q=C·u tenglama bilan ifodalanuvchi kondensatorning ideallashtirilgan elementi sig‘im elementi deyiladi. S proporsionallik koeffitsiyenti sig‘im deyiladi va Farada [F] o‘lchov birligiga ega. 7-rasmda chiziqli (a), nochiziqli (b) sig‘imning belgilanishi hamda q=C·u bog‘lanishlar keltirilgan.
6-rasm 7-rasm

Real elementlarni ideallashtirib almashtirish


Ko‘rilgan real elementlar (rezistor, sig‘im, induktivlik)ning har biri faqatgina o‘ziga hos bo‘lgan xususiyatli bo‘lmasdan, balki o‘zidan boshqa har bir elementlarning ham xususiyatlariga ega. Masalan, solishtirma qarshiligi katta bo‘lgan qotishmadan spiralsimon o‘ramlar sifatida yasalgan rezistor xossasini ko‘raylik. Uning asosiy xususiyati bo‘lmish omik qarshiligadan tashqari, yonma-yon o‘ramlarining orasida biroz sig‘im hosil bo‘ladi; shu o‘ramlardan oqayotgan tok esa rezistor o‘tkazgichi atrofida biroz magnit maydoni va, demak, induktivlik hosil qiladi. Shu sababli real rezistorda ham omik qarshiligi R, ham sig‘imi C, ham induktivligi L mavjud ekan.
Real induktivlik g‘altagi o‘zining L induktivlik husuliyatidan tashqari, g‘altak o‘ramlari o‘tkazgichida biroz R qarshilik va har bir o‘ramlari orasida biroz S sig‘imga ega.
S
hunga o‘xshash, real kondensatorning qoplamalari orasidagi
8-rasm
dielektrikdan siljish toklari oqishiga biroz R qarshilik ta’sir ko‘rsatadi. Buni real kondensatorning qisqa muddat ishlagandagi qizishidan bilish mumkin.

Ushbu real elementlarda oqayotgan tokning o‘zgarish tezligi yoki chastotasi juda katta bo‘lmagan vaziyatlarda ular o‘rniga idellashtirilgan rezistor, sig‘im, induktivlik qabul qilish mumkin. Ushbu idellashtirish sxemasi 8-rasmda keltirilgan.


D emak, ketma-ket (9-rasm) ulangan rezistor (a-b oraliq), kondensator (c-d oraliq) va induktivlik g‘altagidan (h-j oraliq)dan iborat bo‘lgan zanjir tuzilgan bo‘lsin. Faraz qilaylik, elektromagnit energiyasi issiqlik energiyasiga faqat a-b sohadagi rezistordagina o‘tayapti, ya’ni bu oraliqda zanjirning barcha qarshiligi r miqdorida mujassamlangan; elektr siljish toklari faqat c-d oraliqda kondensator 9-rasm
q oplamalari orasida mavjud, ya’ni bu sohada zanjir-
ning barcha S sig‘imi mujassamlangan; nihoyat, o‘zgaruvchan magnit maydon EYuKni faqat h-j oraliqda mujassam-langan g‘altakda induktivlaydi, ya’ni ushbu sohada zanjirning barcha L induk-tivligi yig‘ilgan. Umumiy holda ancha murakkabroq ko‘rinishga ega bo‘lgan va har xil elementlardan tashkil topgan shun-
ga o‘xshash elektr zanjirlari, mujas- 10-rasm
samlangan parametrli elektr zanjirlari deyiladi.
Elektr zanjirlari va, demak, ular sxemalari umumiy xolda shoxobchalar va tugunlardan iborat.
Elektr zanjiri sxemasining shoxobchasi deb zanjirning shunday qismiga aytiladiki, uning ixtiyoriy bo‘lagida tokning miqdori doimo bir xil bo‘ladi.
Shoxobcha tarkibida ixtiyoriy miqdordagi ketma-ket ulangan qarshilik, kondensator, induktivlik elementlari, EYuK manbalari bo‘lishi mumkin. Bunga misol sifatida 11-rasmni keltirish mumkin. Unda sxemaning d nuqtasidan c nuqtasiga L1, r1 , e va r2 elementlari bo‘ylab yursak, shu elementlarning har biridan bir xil tok oqishini ko‘ramiz. Demak, sxemaning d - L1 - r1 - e - r2 - s bo‘lagi shoxobcha ekan. Shu ds oraliqni s – C – r3 – d bo‘ylab yursak, yani bir shoxobchani ko‘ramiz. Ushbu sxemada yana c – r4 – f, f -r6 - h, q - L2 - r7 – h va d - r5 – h shoxobchalar ham mavjud. Demak, har bir shoxobchadagi elementlar o‘zaro ketma-ket ulangan ekan.
11-rasm

Bunda elektr zanjiri qismlarining ketma-ket ulangani deb shunday ulanishiga aytiladiki, unda zanjir shu bo‘lagining har bir qismidan oqayotgan tok bir biriga teng bo‘ladi.


Ketma-ket ulangan elementlarga misol sifatida 3.16-rasmda keltirilgan sxemalarni ko‘rib chiqaylik. Unda a – b oraliqda r1, C va r2 elementlari ketma-ket ulangan (3.16,a-rasm); bunda uchchala elementning toklari ir1 = iC = ir2 o‘zaro teng. Ikkinchi shoxobchada esa c va d nuqtalari orasida r va L elementlari ketma-ket ulangan va ir = iL (12,b-rasm).
12-rasm

Elektr zanjirining tugunlari deb shoxobchalarning ulangan nuqtalariga aytiladi. Tugun elektr sxemasida nuqta bilan belgilanadi. Misol sifatida 3.15-rasmdagi sxemani ko‘rish mumkin. Undagi c, d, f, va h nuqtalar tugun deyiladi.


Elektr zanjiri (elementlari) shoxodchalarining parallel ulanishi deb shunday ulanishga aytiladiki, unda barcha (elementlar) shoxobchalar zanjirning bir juft tugunlariga ulanadi va barcha (elementlar) shoxobchalardagi kuchlanishlar bir xil bo‘ladi. Parallel ulangan shoxobchalarga 11-rasm sxemasida f–h va q-h qismlari misol bo‘laoladi.
Shoxobchalari (elementlari) aralash ulangan elektr zanjirida ketma-ket va parallel ulanishlar birgalikda bajariladi, ya’ni sxemaning bir qismi parallel, boshqa qismi ketma-ket ulanadi.
Aralash ulangan zanjir uchun 11-rasmdagi sxema misol bo‘la oladi. Unda ketma-ket ulangan r7 qarshilik va L2 induktivlik f va h nuqtalarda r6 qarshilikka parallel ulanadi. Ular, o‘z navbatida, qo‘shilib, natijaviy qarshilik hosil qiladi va r4 va r5 qarshiliklarga ketma-ket ulanadi. O‘z navbatida, ular natijaviy qarshilikni hosil qilib, r4 va r5 qarshiliklarga qo‘shilib, ketma-ket ulangan S va r3 shoxobchaga s va d nuqtalarda parallel ulanadi.
Integrallovchi va differensialovchi zanjirlar.
Har qanday o‘zgaruvchan tok zanjiri R, L va C elementlari ketma-ket va parallel va aralash ulangan sxemalardan tashkil topgan bo‘ladi. Zanjirdagi R iste’mol qilayotgan energiya issiqlik (yoki yorug‘lik) energiyasiga aylantiriladi. Qolgan elementlar esa magnit maydon yoki elektr maydon energiyasiga aylantiriladi.
Induktiv g‘altak, kondensator va aktiv qarshilik ketma-ket ulangan zanjir uchun Om qonuni quyidagicha yoziladi.
Bu ifodadagi U va J o‘zgaruvchan tok zanjiridagi tok kuchi va kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymatlari
Z- zanjirning to‘la qarshiligi
R- aktiv qarshilik
XL- induktiv qarshilik
XC- sig‘im qarshilik
Induktiv va sig‘im qarshiliklar birgalikda o‘zgaruvchan tok zanjiridagi reaktiv qarshiliklar deyiladi va quyidagi ifodalar bilan aniqlanadi.
XL=ωL va
- o‘zgaruvchan tokning burchak chastotasi rad s-1 f – o‘zgaruvchan tok chastotasi.
o‘zgaruvchan tok zanjiridagi kuchlanish va tok orasidagi munosabatlarni vektorli diagrammalar vositasida analiz qilinadi.
Ikkita aktiv qarshilikdan iborat zanjir uchun tok va kuchlanish vektorlari o‘zaro arallel yo‘nalgan bo‘lib ular orasidagi faza siljishi 0 ga teng bo‘ladi.
φ=0
Zanjir aktiv va induktiv qarshiliklardan iborat bo‘lsa, kuchlanish tokga nisbatan 900 oldinga siljigan bo‘ladi.
UL=JXL 0≤ φ ≤900
Sig‘im va aktiv qarshiliklardan iborat bo‘lsa, kuchlanish tokga nisbatan 900 orqada qoladi.
UC=JXC 0> φ >900
O‘zgaruvchan tok zanjiri R, C, L elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, veatorli diagramma quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.

O‘zgaruvchan tok zanjiri elementlaridagi kuchlanishlar tushuvining vektorli yig‘indisi zanjir uchlariga berilgan kuchlanish vektoriga teng bo‘ladi.

Agar o‘zgaruvchan tok zanjiri faqat ketma-ket ulangan qarshiliklardan iborat bo‘lsa u holda zanjir orqali o‘tayotgan tok

kuchlanish tushuv

bo‘ladi.
Agar zanjir induktiv yoki aktiv-induktiv xarakterga ega bo‘lsa faza siljish burchagi musbat

Agar sig‘im yoki akti-sig‘im harakterda bo‘lsa faza siljishi burchagi manfiy

bo‘ladi.
Agar o‘zgaruvchan tok zanjirida elementlar parallel ulangan bo‘lsa, u holda burcha elementlar bir xil kuchlanish ta’siri ostida bo‘ladi.
Om qonuniga ko‘ra aktiv qarshilik orqali o‘tayotgan tok
induktiv g‘altak orqali o‘tayotgan tok, XL=ωL induktiv qarshilik.

Umumiy tok


Aktiv qarshilik va sig‘imda iborat zanjirda , kondensator orqali o‘sayotgan tok bunda , burchak chastota . Umumiy tok teng bo‘ladi.

O‘zgaruvchan tok zanjiri. Induktivlik va aktiv qarshiliklardan tashkil topgan bo‘lsa Kirxgof birinchi qonuniga ko‘ra

J=JR+JC+JL


Bunday zanjir uchun vektorli diagramma quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.

O‘zgaruvchan tok zanjirida iste’mol qilinayotgan aktiv quvvat

ifoda bilan aniqlanadi.
Reakti quvvat

ifoda bilan aniqlanadi va u quvvatning qancha qismi manbaga qaytarib berilayotganini bildiradi.




Differensiyalovchi elektr zanjirlar, elektr to'plamlarda va qurilmalarda ishlatiladigan mahsulotlardir. Ular elektr energiyani boshqa qurilmalar orasida taqsimlash, himoya qilish, yoki qurilma bo'ylab elektr to'plamlarga tashlashda ishlatiladi.


Differensiyalovchi elektr zanjirlar, elektr to'plamlarning qurilmasida haydovchilar va masofadorlar uchun o'zgaruvchan elektr ta'minotlarini himoya qilishda juda muhim bo'lib xisoblanadi. Ular yig'indisi, qurilma xarakteristikalarini ko'rib chiqish, zararli ikkilanishlarni oldini olish uchun ishlaydi.


Bu zanjirlar elektr qurilmalarini maxsus ravishda muhofaza qilishlari sababli, ular qurilmadagi muammo va nosozliklarni oldini olish uchun zarur bo'lgan vositalardir. Bu zanjirlar o'z ichiga elektr energetikasining tuzilish va xususiyatlarini ta'sir etadigan modellashtirishlar va tizimlarni o'z ichiga oladi.


Elektr zanjirlarining integrallovchi bo'limlarini topish uchun, integral hisoblashning standart formulalaridan foydalanishingiz mumkin. Integral, funksiya qiymatlari orasidagi chegaralarni hisoblashga yordam beradi. Elektr zanjirlari, elektrik enerjisi bo'yicha bir joydan boshqa joyga energiya o'tkazish usullarini ifodalaydi.


Elektr zanjirlarining integrallovchi bo'limlarini topish uchun, integral hisoblashning standart formulalaridan foydalanishingiz mumkin. Integral, funksiya qiymatlari orasidagi chegaralarni hisoblashga yordam beradi. Elektr zanjirlari, elektrik enerjisi bo'yicha bir joydan boshqa joyga energiya o'tkazish usullarini ifodalaydi.


Integrallovchi elektr zanjirlari masalasini yechishda, Ohm qonuni (U = IR) yoki güç (P = VI) formulalari yordamida integral hisoblash mumkin. Masalaning ko'rsatilgan shartlariga qarab, elektrik qurg'inining o'rtacha kuchini (energiya oqimining integrallangan qiymatini) topish uchun integraldan foydalanishingiz mumkin. Bu shu formula bo'yicha:


\[W = \int_{a}^{b} P(t) \, dt\]


Bu yerda \(W\) elektr zanjirlari orqali o'tkazilgan energiya miqdori, \(P(t)\) energiya foydalaydigan quvvatning o'rtacha kuchi va \(dt\) vaqtning infinitesimal to'plami. \(a\) va \(b\) esa integrallashning chegaralarini ifodalaydi.


Bu formulalar masalaning ma'nosiga qarab o'zgartirib borish mumkin, lekin yana ma'lumot berishingiz mumkinmi?

Xulosa

Men Karimjonov Karimjon 613-22 guruh talabasi Differensialovchi va Integrallovchi elektr zanjirlari nima ekanligi tushundim Differensiyalovchi elektr zanjirlar, elektr to'plamlarda va qurilmalarda ishlatiladigan mahsulotlardir. Ular elektr energiyani boshqa qurilmalar orasida taqsimlash, himoya qilish, yoki qurilma bo'ylab elektr to'plamlarga tashlashda ishlatiladi.


Integrallovchi elektr zanjirlari masalasini yechishda, Ohm qonuni (U = IR) yoki güç (P = VI) formulalari yordamida integral hisoblash mumkin.
Foydalanilgan Adabiyotlar



  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Elektr_zanjiri


  1. https://fayllar.org/differentsiallovchi-elektr-zanjirlarini-tadqiq-etish.html




  1. https://fayllar.org/differentsiallovchi-elektr-zanjirlarini-tadqiq-etish.html




  1. https://azkurs.org/reja-impilsli-boshqaruv-avtomatik-boshqaruvli-impilslar.html




Yüklə 95,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin