Rahbar xulosasi



Yüklə 229,47 Kb.
səhifə8/8
tarix19.12.2023
ölçüsü229,47 Kb.
#184697
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Mirzayorova Shaxlo

X U L O SA
Matematika o’qitishda tashkil etilgan sodda masalalarni yechish o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog’liq bo’lgan tomonlarini tushunishlariga imkon beradigan faoliyat turlaridan biridir.
Hozirgi paytda yangi axborot va pedagogik texnologiyalar rivojlangan bir paytda boshlang’ich sinf o’quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan an’anaviy usulda o’qitish emas, balki o’quvchilarning o’qishga, bilim o’zlashtirishga bo’lgan ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga qaratilgan o’qitishning noan’anaviy shakllarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishdek muhim vazifalar qo’yilgan.
Masala ustida o g’zaki ishlagandan keyin masala mazmunini matematik atamalar tiliga o’tkazish kerak va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv shaklida ifodalash kerak.
Shuni nazarda tutish kerakki, hamma hollarda ham qisqacha yozishni bajarish bilan birga masala sharti analiz ham qilinadi. Qisqacha yozishning vazifasi ana shundan iborat. Haqiqatdan, masalani qisqacha yozish o’quvchi xotirasiga tayanch bo’lib, sonli ma’lumotlarni tushunish va yaratish imkonini beradi, bu ma’lumotlarni masalada nima berilganligini va nimani izlash kerakligini aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib matematik masalalar yechish o’quvchilarning matematik bilimlarini rivojlantirish usullaridan biri sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birga murakkab va qiziqarli masalalar o’qitish samaradorligini oshirishning eng yaxshi usullaridan biri sifatida bo’lishi ham mumkin. Shu sababli boshlang’ich sinf matematika darslarida masalalar yechish usullarini to’g’ri tashkil etish, undan oqilona foydalanish, masalaning turli shakllarini tashkil etish va unda turli didaktik vositalardan imkon darajasida foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri sifatida qaralmog’i maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod taraqqiyotining poydevori. T. Sharq, 1997.

  2. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturi// O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining axborotnomasi, 7- maxsus son. T.: Sharq, 1999.

  3. Boshlang'ich ta'lim bo'yichа yangi tahrirdagi davlat ta'lim standarti// Boshl. ta'l. jurnali. Toshkent, 2005. No5. 5, 6, 8-9- betlar.

  4. B. Maqulova, S. Sa’dieva. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari (1-sinf o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma). - T.: O’qituvchi, 1997.

  5. B. Maqulova, S. Matchon. Kitobim-oftobim (2-sinf uchun sinfdan tashqari o’qish kitobi). - T.: O’qituvchi, 2000.

  6. B. Ma’qulova, D. Nasriddinova. Kitobim - oftobim 1 (sinfdan tashqari o’qish kitobi). - T.: “O’qituvchi” NMIU, 2008.

  7. Boshlang’ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari / Tuzuvchilar: Q. Abdullaeva, M. Ochilov, K. Nazarov, S. Fuzailov, N. Bikboeva. - T.: 1994.

  8. J. G’. Yo’ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. - T.: O’qituvchi, 2004.

  9. Y. Abdullaev. Eski maktabda xat-savod o’rgatish. - T.: O’qituvchi, 1960.

  10. K. Qosimova. Boshlang’ich sinflarda imlosi qiyin so’zlarni o’rgatish. - T.: 1964.

  11. K. Qosimova, S. Fuzailov, A. Ne’matova. Ona tili (2-sinf uchun darslik). - T.: CHo’lpon, 2009.

  12. K. Qosimova, A. Ne’matova. 2-sinfda ona tili darslari. - T.: CHo’lpon, 2004.

  13. Boshlang'ich ta'lim bo'yichа yangi tahrirdagi o'quv dasturi// Boshl. ta'l. jurnall. Toshkent, 2005. N.5.21-33- betlar.

1 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” dagi PQ – 2909 – sonli qarori 2017 -yil 20- aprel

2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga sharh


Yüklə 229,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin