Rahbar xulosasi


MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………5



Yüklə 229,47 Kb.
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü229,47 Kb.
#184697
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Mirzayorova Shaxlo

MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………5
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MASALALAR YECHISHGA O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar…….8

    2. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari……….13

II BOB. 2-3-SINF O’QUVCHILARINI MASALALAR YECHISHGA O’RGATISH METODIKASINING UMUMIY MASALALARI
2.1. Matematik masalalar va ularning turlari………………………18
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish metodikasi…………………………………………..27
XULOSA…………………………………………………………………32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………….33

KIRISH

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:
1. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:
Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o’quv-pedagogik faoliyatga, masterklasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professoro’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017- yil 20- apreldagi PQ – 2909 – sonli qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’nomazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Professor-o’qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o’quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy o’quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan o’tishi va malaka oshirishi.
Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o’rnatilgani o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz oliy o’quv yurtlari o’quv jarayoniga jalb etilishi ko’zda tutilmoqda.2
Akademik litseylarda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun shartsharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017- yil 14- martdagi PQ – 2829 - sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, umumiy o’rta ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o’rta ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash maqsadida “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017- yil 15- mart 140 -sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori, “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 2017- yil 6- apreldagi 187-sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori qabul qilindi.
Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, pedagogik kadrlarning kasbiy tayyorgarligini tarkib toptirish va orttirish muammosiga bag’ishlangan tadqiqot ishlari keng qamrovda olib borilmoqda.

Yüklə 229,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin