R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Xo‘jalik hisobining turlari va ularning tavsifi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

1.3. Xo‘jalik hisobining turlari va ularning tavsifi 
 
Mamlakatimizdagi alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
serqirra moliya-xo‘jalik faoliyatini har tomonlama aks ettirish uchun 
xo‘jalik hisobining har xil hisob turlaridan foydalaniladi (1.2-rasm).
1.2-rasm. Xo‘jalik hisobining turlari. 
Ularning har biri o‘z predmetiga mos bo‘lgan hisob obyektlariga 
va mazkur predmetni o‘rganadigan o‘z metodiga ega bo‘lganliklari bois 
mustaqildirlar. Ayni vaqtda ulardan har birining mustaqilligi o‘zaro 
bog‘liqlik va bir-birini taqozo qilishidan mustasno emas.
Hisobning har bir turi bir xildagi xo‘jalik jarayonlarining turli 
jihatlarini o‘rganib, axborotdan foydalanuvchilarni qiziqtiradigan axbo-
rot oqimlarining alohida bosqichlarda kesishishiga to‘sqinlik qilmaydi. 
Bu hisobning barcha turlariga taalluqli bo‘lgan, ular uchun juda muhim 
bitta xususiyat tufayligina mumkin. U ham bo‘lsa, yuqorida ko‘rib 
chiqilgan uchta: natura, mehnat va pul o‘lchovlarining uchala hisob 
Xo‘jalik hisobi 
Operativ
hisob 
Statistik
hisob 
Buxgalterlik
hisob 


12 
turida ham qo‘llanilishidir. Shu boisdan, hisobning uchta turini alohida 
va batafsil ko‘rib chiqamiz.
Operativ hisob
rejalarning bajarilishini nazorat qilish va ishlab 
chiqarishga tezkor rahbarlikni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
kundalik ma’lumotlarni olish va umumlashtirishga xizmat qiladi. U 
tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Operativ hisob 
yordamida korxona resurslari va ular miqdorining o‘zgarishini joriy 
tartibda kuzatish, buxgalterlik va statistik hisobda aks ettirilmaydigan 
qator ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish 
me’yorlarining bajarilishi, shartnoma majburiyatlarning bajarilishi, 
mashina va qurilmalardan foydalanish darajasi va hokazolar hisobga 
olinadi. 
Operativ hisob xo‘jalikka tezkor rahbarlik qilishni ta’minlash 
uchun iqtisodiy ma’lumotlarni to‘plashda bevosita xo‘jalik bo‘linma-
larida amalga oshiriladi. Ayrim operativ hisob ma’lumotlaridan faqat 
bevosita korxonada foydalanilib qolmasdan, balki ular korxonaga 
rahbarlik qiluvchi yuqori tashkilotlarda, hatto iqtisodiyot tarmoqlari 
miqyosida alohida operativ hisobot ko‘rinishida ham umumlashtirilishi 
mumkin. Bunday hisobotlardan esa, mahsulot ishlab chiqarish miqdori 
va sifati, xomashyo bilan ta’minlanganlik darajasi, hosilni yig‘ishti-
rishning borishi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlarni olishda 
foydalaniladi. 
Nazorat qilinayotgan xo‘jalik muomalalarining mazmuniga ko‘ra 
operativ hisobda natura va mehnat o‘lchovlari, ayrim hollarda esa pul 
o‘lchovlari qo‘llaniladi. 
Ta’kidlanganidek, operativ hisob tomonidan boshqaruv apparatiga 
taqdim etiladigan axborot kundalik xo‘jalik muomalalari alohida qism-
larining mazmuni to‘g‘risida javob bera olishi sababli zarur. Mazkur 
axborotning vaqt oralig‘ida chegaralanganligi – operativ hisobning 
birinchi ajralib turuvchi belgisi hisoblanadi.
Bunday axborotlarni hisobning boshqa turlaridan olish ularga g‘ov 
bo‘lishi va qo‘yilgan vazifalarni hal etishga tizimli yondashuvni 
qo‘llashni yuzaga chiqarmasligi mumkin. Shuning uchun ushbu bo‘sh-
liqni o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lmagan, operativ hisob to‘ldiradi. 
Operativ hisob xo‘jalik hisobiga xos bo‘lgan uchala o‘lchovdan 
foydalansa ham, shunga qaramasdan, pul o‘lchovidan foydalanish unda 
cheklangan. Bu operativ hisobda asosan doimiy ravishda umumlashtirish 
talab qilinmaydigan, ayrim bir xil xo‘jalik muomalalari aks ettirilishi 


13 
bilan bog‘liq. Mazkur hisob turining farq qiluvchi ikkinchi belgisi ham 
mana shundan iborat.
Bunday axborotlarni olishning tezkorligi operativ hisobning 
uchinchi farq qiluvchi belgisi hisoblanadi. Operativ axborotlarni olishga 
bo‘lgan talablarning soddalashtirilishi shundan kelib chiqadi. Operativ 
hisob axborotlari hujjatlashtirilmaganligi bois, ular yuridik dalillovchi 
kuchga ega emas. Agar operativ hisob axborotlarining tayinlanishidan 
kelib chiqiladigan bo‘lsa, bunday dalillash shart emas. Operativ 
hisobning to‘rtinchi farqlovchi belgisi mana shundan iborat.
Operativ axborotlar, odatda, og‘zaki, telefon yoki telegraf, teletayp 
orqali uzatiladi. Ayrim hollarda bunday axborotlar ma’lumotnoma, 
xizmat yozuvi va boshqa ko‘rinishda rasmiylashtirilib, bu operativ 
hisobot tuzish deb qaralishi mumkin. Zarur hollarda operativ hisobda 
statistik va buxgalterlik hisobdan olingan axborotlar ham qo‘llaniladi. 
Bu operativ hisobning beshinchi o‘ziga xos belgisidir. Hisobning boshqa 
turlariga xos bo‘lgan, axborotlarga ishlov berishning maxsus usullari va 
amallarini qo‘llash operativ hisobda ishlatilmaydi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin