R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Natural o‘lchovlar
– hisob obyektlarini og‘irlik (kg, ts, t ), 
hajm(m.kub, litr), uzunlik(mm, sm, m, km) , maydon (kvadrat metr,ga) 
va boshqa o‘lchovlarda ifodalash uchun qo‘llaniladi. 
Natural o‘lchovlarda yuritiladigan hisob miqdoriy yoki natural 
hisob deb ham ataladi. Miqdoriy hisob asosiy vositalar, nomoddiy 
aktivlar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar, 
tayyor mahsulotlar va boshqa hisob obyektlarini natural (fizik) hajmi 
to‘g‘risida axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Natural o‘lchovlardagi hisob obyektlarining ko‘rsatkichlari ushbu 
obyektlarning sifat (navi, yaroqlilik muddati, toifasi va h.k.) va miqdor 
(massasi, uzunligi, hajmi, maydoni va h.k.) parametrlarini tavsiflovchi 
belgilari bo‘yicha bo‘linadi. Bunda miqdoriy hisob qo‘llaniladigan 
o‘lchovlarga ko‘ra butun korxona bo‘yicha jami resurslar to‘g‘risida 
taqqoslama ma’lumotlar bera olmaydi. Hisob obyektlarining tavsifini 


10 
batafsil ko‘rsatish uchun shartli natural o‘lchovlar qo‘llaniladi. Bunda 
asosiy obyektlar kiritiladigan hisob obyektlarining natural tarkibi texnik 
talablar, davlat standartlari yoki boshqa shartlar bilan oldindan 
belgilanadi. Shartli natural ko‘rsatkichlarga ta’mirlash dastgohlarining 
komplekti, ma’lum turdagi 100ta juft poyabzal, 100ta shartli banka 
konserva va shunga o‘xshashlar misol bo‘ladi. Natural o‘lchovlarning 
boshqa turlari – shartli (keltirilgan) birliklar, ekspluatatsiya birliklari, ish 
birliklari kabilar ham mavjud.
Soliq hisob-kitoblarida soliq birligi tushunchasi, ya’ni soliqqa 
tortish obyektining sifat o‘lchovi birligi qo‘llaniladi. Masalan, yer 
solig‘ini hisoblashda maxsus natural o‘lchovlar – gektar, aksiz solig‘ini 
hisoblashda – litr, barrel kabilar qo‘llaniladi.
Natural va shartli natural o‘lchovlardagi mablag‘larning har xil 
turlari ularning o‘ziga xos o‘lchovi bo‘yicha alohida hisobga olinadi.
Bunday o‘lchovlar xo‘jalik mablag‘larining saqlanishini hamda 
xo‘jalik faoliyatiga tezkor rahbarlik qilishni ta’minlaydi. Natural 
o‘lchovlar bir xildagi xo‘jalik mablag‘larini hisobga olishda qo‘llaniladi. 
Turli xil natural ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin emas. Shuning uchun 
ham har xildagi xo‘jalik mablag‘larini tavsiflovchi umumlashgan 
ma’lumotlarni olishda bunday ko‘rsatkichlardan foydalanib bo‘lmaydi. 
Sarflangan ish vaqtini hisobga olish uchun 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin