Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari Kimyoviy cho‘kindi konlar


-jadval Tuzlarning cho‘kindiga aylanishi tartibi



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə4/5
tarix24.01.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#80403
1   2   3   4   5
1403759953 46409

5-jadval


Tuzlarning cho‘kindiga aylanishi tartibi

1. Kalsit


Nomi

CaCO3

Formulasi



2. Dolomit
3. Gips
4. Angidrit
5. Galit
6. Galit va poligalit
7. Galit va karnallit
8. Galit va bishofit
Ca, Mg(CO3)
CaSO4 ·2H2O
CaSO4
NaCI
2CaSO4,MgSO4, K2SO4, 2H2O
KCI, MgCI2, 6H2O
MgCI6,6H2O

Qadimgi yerosti konlari hozirgi zamon konlaridan tuz uyumla rining bir necha yuz m qalinroqligi (Solikamskda 500 m, Strassufurt konida 800 m) bilan farq qiladi.
Qadimgi tuz konlarining alomatlaridan biri – shaklining qatlamdan tashqari yana qubbasimon, burilmalar va do‘ngliklar ko‘rinishida
bo‘lishidir. Buni ko‘proq «tektonik jarayonlar oqibati» deb hisoblash
o‘rinlidir. Tuz yumshoq bo‘lgani uchun tektonik harakatlar jarayonida
oqish xususiyatiga ega.
Qadimgi tuz konlarining tashqi ko‘rinishi rangdorligi (kulrang va boshqa to‘q ranglar), kristallarining yirikligi va qiyin eruvchanligi bilan ajralib turadi.


Kolloid eritma cho‘kmalari
Kolloid eritma cho‘kmalari ko‘rinishida asosan metall elementlar konlari vujudga keladi. Ulardan temir, marganets, aluminiy, uran,xrom, nikel, kobalt, mis va boshqalarning birikmalari daryo suvlaridagi organik gumus kislotalari himoyasida suv havzalariga kolloid eritma (zol) va changsimon zarralar holida yig‘iladi. Ko‘l va botqoqlarning gumus kislotasiga boy sharoitida ular cho‘kindiga aylanib,temir, marganets, aluminiy va boshqa elementlarning oolit (no‘xatsimon) teksturali ma’danlarini hosil qiladi. Oolitlar juda maydadan tortib to 3–4 sm kattalikkacha bo‘lishi mumkin. Ularning yadrosi qum zarrasi yoki boshqa qattiq zarracha bo‘lib, cho‘kindi minerallar bir necha qavat qobiq sifatida yadroni o‘rab olgan holda uchraydi.
Agar kolloid eritmalar dengiz va okeanlarning chin (molekular) eritmalariga daryo suvlari yordamida qo‘shilsa, zol holidagi kolloidlar
koagulyatsiyalanib (ivib) ipir-ipir modda – gelga aylanadi va dengiz
hamda okeanlarning qirg‘oqlari yaqinida cho‘kmalar hosil qiladi.
Kolloid eritmalarning cho‘kindiga o‘tishida bakteriyalar ham ma’lum ahamiyatga ega. Jelvak (shishsimon) va tarqoq donachalar shaklida uchraydigan pirit «oltingugurt bakteriyasi» deb ataluvchi ma’lum bakteriyalarning mahsulotidir.

Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin