Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari Kimyoviy cho‘kindi konlar


Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə2/5
tarix24.01.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#80403
1   2   3   4   5
1403759953 46409

Qumqirg‘oq (plaj), glyatsial va eol sochma konlari

Qumqirg‘oq (plyaj) sochmalari ko‘l, dengiz va okean qirg‘oqbo‘yi oqimining harakati hisobiga hosil bo‘ladi. Bunda qirg‘oqqa yo‘nalgan to‘lqin kuchi ushatqi jinslar bilan og‘ir minerallar zarralarini ham surishga qodir; qayta oqib tushayotgan suv esa, faqat yengil zarralarnigina olib ketadi. Natijada plajda saralanish ro‘y beradi.Qirg‘oqbo‘yi sochmalari hosil bo‘lishining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda to‘lqin kuchi kuchli bo‘lganidan bo‘lakchalar ularning solishtirma og‘irligiga qarab saralanadi. Dengiz va okean qirg‘oqbo‘yi sochmalari ko‘proq rutil, ilmenit, sirkon, ba’zida kassiterit, olmos, kamdan kam oltin va platina uchun xos bo‘lib, ular suvning ko‘tarilishi va pasayishi chiziqlari orasida,yopiq havzalarda esa plajning suv yuvib turadigan qismida joylashgan bo‘ladi. Qirg‘oqbo‘yi sochma konlari asosan lentasimon va bog‘ichsimon to‘plamlar hosil qilib, qalinligi 1 metrdan oshmaydi; uzunligi esa,


bir necha o‘n va yuz km ga (Braziliyadagi sochmalar Atlantika okeani bo‘ylab 200–300 km ga, Avstraliyadagi sochmalar esa 600 km ga cho‘zilgan) borishi mumkin. Foydali mineral zaxirasi bir necha million tonnaga yetadi. Ular ba’zida 0,5–1,25 m qalinlikda qum bilan ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Sochmalarning ko‘ndalang kesimi qabariq linza ko‘rinishida bo‘ladi.
Dengiz va okean plaj sochmalari yon atrofidagi daryolarning allyuviy cho‘kmalari hisobiga, juda kam hollarda esa qirg‘oq hisobiga hosil bo‘lishi mumkin.
Glyasial sochmalar materik va tog‘ muzliklarining siljishi hisobiga hosil bo‘ladi. Ammo bunda mahsulot maydalanmaganligi va saralanmaganligi uchun konlar haddan tashqari kam hosil bo‘ladi. Bunga Alyaskaning oltinli morenalari, AQSHdagi Viskonsiya va Michigan olmosli morenalarigina misol bo‘la oladi. Ba’zi hollarda erigan muz suvlari ularni qisman saralab, flyuvioglyatsial sochmalar hosil qiladi, ammo bularning amaliy ahamiyati juda kam. Glyatsial sochmalar tub konlarni qidirish ishlarida katta ahamiyatga ega.Eol sochmalarning hosil bo‘lishida shamolning bo‘laklarni yumalatishi, sakratib uchirish orqali saralashi eng asosiy omil hisoblanadi. Buning allyuvial saralanish jarayonidan farqi shundaki, bir xil tezlikdagi shamol suvga qaraganda bir necha yuz marta kichik bo‘lgan zarralarnigina uchira oladi. Shamolning ma’lum tezligida ma’lum kattalikdagi zarrachalargina uchiriladi.
Shamolning o‘zgarmas yo‘nalishda esib, qayta-qayta sovurishi natijasida mayda va yengil zarrachalar chang holida uchib ketadi, yirik va og‘irroq zarrachalar esa dyuna, barxan va to‘lqinsimon tizmalarning orqa qismida to‘planib qoladi.
Eol sochmalarning hosil bo‘lishi quruq arid iqlimga xos bo‘lib,ko‘pincha dengiz sohillaridagi qirg‘oqbo‘yi sochmalarini uchirib saralash yoki cho‘l va sahrolarda elyuvial, prolyuvial va eski allyuvial qoliqlarni saralash yo‘li bilan vujudga keladi. Ularning hosil bo‘lishida prolyuviy bilan doimo to‘lg‘izib turiladigan botiq relyeflar ancha qulaylik tug‘diradi.





Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin