ISLOHOT-kuchli ravishda o’tkazilgan o’zgartirish, isloh.
ISTIQLOL- xar bir inson, jamoa, davlat, millatning rivojlanishi uchun zarur erkinlik sharoi. “ Istiqlol ” so’zi boshqalarga tobe’ bo’lmay o’z erki bilan yashash, o’zini-o’zi idora qilish, erkinlik ma’nosini bildiradi.
JAHON HAMJAMIYATI- Dunyo davlatlari uyushmasi – Birlashgan Millatlar Tashkiloti
JAMIYATNING IJROIYA ORGANI - jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladigan organ bo’lib, u yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
JAMIYATNING KUZATUV KENGASHI - jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladigan organ.
“JAMOATCHILIK NAZORATI TO’G’RISIDA”GI QONUN – 2018-yil 12-aprelda qabul qilingan O’zbeksiton Respublikasining qonuni 21-moddadan iborat bo’lib, unda jamoatchilik nazoratining sub’ektlari, ob’ektlari belgilangan va jamoatchilik nazorati davlat organlariga murojaatlar va so’rovlar; davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish; jamoatchilik muhokamasi; jamoatchilik eshituvi; jamoatchilik monitoringi; jamoatchilik ekspertizasi; jamoatchilik fikrini o’rganish; fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish kabi shakllarda o’tkazilishi belgilangan.
JAMOAT NAZORATI – a) qabul qilingan qonunlar va qonun hujjatlari ijrosi; b) hokimiyat qarorlari qabul qilinishi va ijro etilishi; v) qonun va boshqa hujjatlarning tayyorlanish jarayoni; g) davlat organlari hamda mansabdor shaxslarining faoliyati; d) davlatning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik vakillari va jamoat tashkilotlarining nazorati.
JAMOAT TASHKILOTI – fuqarolik jamiyati institutlarining muhim shakllaridan biri bo’lib, o’z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro’yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat tashkiloti sifatida e’tirof etiladi.