Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 278,32 Kb.
səhifə5/13
tarix20.11.2023
ölçüsü278,32 Kb.
#164161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Педагогик маҳорат сиртки мажмуа 2022

*salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;
*o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;
*o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fikr mulohazalarini cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishgao‘rgatish;
*o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.
A.S.Makarenkoning fikricha, o‘qituvchi muloqoti hypmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bo‘lishi lozim.
V.D.Suxomlinskiy o‘qituvchining "…maktab hovlisida gapirgan har bir so‘zi puxta o‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma’lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak" deb ta’kidlaydi. O‘qituvchining har bir so‘zi olimning fikricha, nafaqat o‘quvchi qulog‘iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo‘lishi shart. Umuman ilg‘or o‘qituvchilarning fikricha, ta’lim va tarbiya faqat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi.
O‘qituvchining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, quyidagi funksiyalar bilan xarakterlanadi:

*o‘quvchilarning psixik holatini mukammal bilish;


*o‘zaro axborot almashishni yo‘lga qo‘yish;
*ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni birgalikda tashkil etish;
*o‘quvchilarni erkin fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish;
*salbiy holatlarni sinf jamoasi bilan birgalikda bartaraf etish;
*do‘stlar uchun qayg‘urish va ularga yordam berishga o‘rgatish;
*o‘zligini anglash, o‘quvchilar bilan muloqotda qoniqish his etish.

Pedagogik muloqot funksiyalari


Muloqot jarayonida o‘qituvchi qisqa muddatda o‘zining psixologik bilimlariga tayanib o‘quvchilarning psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim. O‘quvchilarning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo‘llash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotni tuzatib bo‘lmas darajada buzilishiga, o‘quvchilarning yashirin holatga, o‘z “qobig‘i”ga kirib olishiga sabab bo‘ladi.
O‘qituvchilarning o‘zaro axborot almashishi bilan bog‘liq xususiyatlari, uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog‘liq. Sinf jamoasida ro‘y berayotgan har qanday voqea va hodisalar o‘qituvchilar nazoratida bo‘lishi, ularning oqibatini o‘qituvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat faol o‘quvchilar bilan axborot almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, o‘qituvchining o‘quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratiladi va ijobiy natijalar beradi.
O‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni o‘quvchilar bilan birgalikda tashkil etadi. Bunda sinfning faol o‘quvchilari hamda norasmiy liderlari bilan o‘zaro muloqotning adolatli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega: o‘quvchilarni tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mustaqil 6ajarishga jalb etish, bunda o‘quvchilarga tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim.
O‘qituvchining to‘g‘ri tashkil etilgan muloqoti o‘quvchining o‘zligini anglash funksiyasini takomillashtiradi. Bunda o‘qituvchining vazifasi muloqot asosida o‘quvchilarga o‘zining "Men"ligini anglashni, shaxs sifatida o‘z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o‘z o‘rnini bilishni, o‘z-o‘zini baholashni o‘rgatishi kerak.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o‘qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotiga ko‘plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot avvalo, o‘qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Olimlar esa, muloqot uchun o‘qituvchiga yo‘nalish beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Prognostik bosqich (modellashtirish): O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish.
2. Kommunikativ aloqa: O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon: O‘qituvchining hatti-harakati, pedagogik mahora-ti bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun modellashtirish.

Yüklə 278,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin