Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 278,32 Kb.
səhifə4/13
tarix20.11.2023
ölçüsü278,32 Kb.
#164161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Педагогик маҳорат сиртки мажмуа 2022

Muloqot, o'qituvchining muloqoti, mulootqning ishontirish va ta'sir etish usullari, avtoritar uslub, demokratik uslub,liberal uslub.


O'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so'zlashishni bilish lozim. So'zlashishni, muloqot olib borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni yo'lga qo'ya olishi lozim.
Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr almashinuv, og’zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zlatuvidir.
O’qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun o'qituvchi etarli darajada qobiliyatga ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak:
Nimaga o'rgatish? Kimni o'rgatish? Qanday o'rgatish?
Nimaga o'rgatish: a) lm-fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish; b)malaka, ko'nikma va qobiliyatni shakllantirish; v)o'quv predmetlari o'rtasidagi bog’liqlikni amalga oshirish; g)o'quv mazmunini tushunarli tizim asosida ko’rish.
Kimni o'rgatish: a)o'quvchilarning ba'zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutq, fikrlash) hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash; b)o'quvchilarning bir darajadan ikkinchisiga o'tishidagi qiyinchiliklarni oldindan aniqlash; v) o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalariiig dalillari, fikrlarini hisobga olish; g)o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib o'z pedagogik mehnatini tashkil etish; d)iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash, yakka holdagi ishni tashkil etish.
Qanday o’rgatish: a) ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni hksobga olgan holda o'qitish va tarbiyalashniing turli usullari majmuini ishlatish.
Pedagogik ta'sir ko’rsatishniig asosiy usullari - bu talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab – tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo'lish yo'li bilan yoki bu xatti-harakatlarning rag’batlantirilishi yoki to'xtatilishini ta'minlaydi. U pedagogik ta'sir ko'rsatishning boshlang’ich usuli bo'lib, tarbiyalanuvchilarda o'ziga nisbatan mas'uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
Istiqbol - ta'sir ko'rsatishniig juda ta'sirchan usuli bo'lib, u bolalarning xatti-harakatlarini, ular oldiga qo'yilgan maqsadlar, ularning shaxsiy intilishlari, qiziqishlariga aytiladi.
Rag’batlantirish va jazolash o'quvchilar xulq-atvoriga tuzatish kiritishni, ya'ni foydali xatti-harakatlarni qo'shimcha rag’batlantirishni va tarbiyalanuvchilarning noma'qul xatti-harakatlarini to'xtatishni ta'minlaydi.
Jamoatchilik fikri - tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini har tomonlama va muntazam rag’batlantirib borshini ta'minlaydi.
O’zaro fikr almashish bilan ta'sir ko'rsatish vositalari: ishontirish, ta'sir qilish, o'zaro fikr almashish bilan ta'sir ko'rsatish.
Ishontirish pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli sifatida darslarda o'quv axboroti, ijodiy suhbatlar, munozaralar, siyosiy axborotlar shaklida qo’llaniladi.
Ta'sir qildirish kishi psixikasiga nazoratsiz kirib, uning faoliyatida xatti-harakatlar, sabablar, intilishlar bilan amalga oshiriladi. Ta'sir qilish shunday bir psixik ta'sir ko'rsatishki, kishi uni ongining etarli nazoratisiz idrok etadi.
a) pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va umumlashtirish, usullarni qo'yish;
b) o'kuvchilarga yakka individual holda munosabatda bo'lish, ularni mustaqil ishlarini tashkil etish.
O’qituvchi o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotida quyidagi malakalarni egallagan bo'lishi lozim: tashqi qiyofani nazorat qilish, nutqni egallash, pedagogik munosabat madaniyatini egallash, tashkilotchilik mahorati, o'quv-tarbiya jarayonini boshqarish uslublarini egallash.
Munosabatlarni boshqarish uslublari:
1. Avtoritar uslub
2. Demokratik uslub
3. Liberal uslub
1.Avtoritar uslub:
- o’zi yakka holda guruh faoliyatini yo'nalishini belgilaydi;
- o’zi ko'rsatma-buyruq beradi;
- javobgarlikni o'z bo'yniga oladi;
- so'zsiz bo'ysuninshni talab etadi;
- qattiq intizomni talab etadi;
- aytilgan narsani to'liq bajarilishini talab etadi;
- gap qaytarganni, gap o'rgatganni yoqtirmaydi. Aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi. So'zlari qattiq va qo'pol. Biron bir masalani tushuntirmaydi, lekin talab etadi;
- muloqotga kirishishning asosiy shakllari: buyruq, ko'rsatma berish, qo'llanma bilan ishlash, xayfsan e'lon qilish;
- muomalada qo'pol, dag’al, do'q-po'pisali majbur etish, qo'rqitish, cho'chitish orqali kirishadi;
- avtoritar uslubning ijobiy tomoni favqulodda vaziyatlar ishlatilishi (yong’inda, suv toshqinda).
Munosabatning bu uslubda boshqarilishi atrofdagilar uchun qiyin yoki og’ir ahvol.
2. Demokratik uslub:
- jamoa fikriga tayanib ish olib boradi;
- jamoa fikrini, tashabbusini ma'qullaydi, rivojlantiradi, boshqalar fikriga hurmat bilan qaraydi;
- boshqalar fikrini o'ziniki qilib oladi;
- muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos maslahat berish, samimiy muomala.
3.Liberal uslub:
- tashabbussiz, jamoa ishiga aralashmaydi, hamma masalalarni yuzaki qarab chiqadi. O'zining fikri yo'q, javobgarlikdan o'zini chetlatadi. Ish natijasi bilan qiziqmaydi;
- bolalarga e'tiborsiz, beg’am qaraydi;
- o’z ishiga sovuqqon.
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda quyidagi munosabat turlari ko'rsatilgan:
- hamkorlikdagi munosabat;
- bavosita munosabat;
- do'stona munosabat; \
- nosamimiy munosabat;
- oraliqdagi munosabat;
- bekorchi munosabat;
- qo'rquv orqali munosabat;
- dialog va monolog.
Pedagog o'quvchilar oldida nihoyatda odobli xatti-harakatlarni qilishi, noto'g’ri harakatlardan saqlanishi lozim, aks holda o'qituvchi hurmati keta boshlaydi.
Pedagogik nazokat me'yori tuyg’usi o'z o'quvchilari bilan to'g’ri munosabat qoidalariga amal qilishdir.
Pedagogik nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar) ijtimoiy yo'l-yo'riqlar va shaxsiy xislatlar jamini aytish mumkin, ular o'qituvchinnng o'quvchilar bilan muomalasi sohasidagi xulq-atvorini belgilab beradi. O’qituvchining pedagogik nazokati mazmuni va uni namoyon bo'lishi shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo'l-yo'riqlarni ko'rib chiqamiz.
O'qituvchi o'z o'quvchilari bilan munosabatlarini (dialog) muloqot tarzida bo'lishini tushunishi lozim, ya'ni muhimdir.
Agarda o'qituvchilarning o'quvchilar bilan munosabatlari ishonch asosida qurilgan bo'lsa, bunday muloqot ijobiy bo’ladi.
Agar bolalar bilan o'qituvchi o'rtasida ishonch munosabatlari o'rnatilgan bo'lsa, ular hayotning og’ir damlarida uning huzuriga yordam so'rab keladilar, o'z quvonchlarini baham ko'radilar. Pedagogik nazokat me'yorda bo'lgani ijobiy namoyon bo'ladi. Agarda haddan tashqari chegaradan chiqib ketsa, zerikishlar paydo bo'ladi, ishonchsizlik yuzaga kela boshlaydi.
Pedagogda adolat bo'lishi, bolani o'qituvchiga bo'lgan ishonch-muhabbatiga olib keladi. Albatta pedagogda vijdon bo'lishi kerak. Pedagog hech qachon o'z fikrini o'quvchilarga majburan o'rgatishga va majburan javob olishga harakat qilmasligi kerak, aks holda o'quvchi o'qituvchi o'rtasidagi munosabatlar keskinlasha boshlaydi, adolat buziladi. Izzat-nafsni boy bermaslik kerak. Pedagogning o'quvchilar bilan bo'ladigan barcha munosabatlari adolatli, vijdonan hal qilinishi lozim, tushunmovchiliklar sodir etilgan paytda ularni ijobiy xal etishga harakat qilinmog’i zarurdir.
Bir qolipdagi fikrlar umuman pedagogik faoliyatda va xususan o'quvchilar bilan munosabatlar sohasida ijobiy rol o'ynashi mumkin. Ular pedagogning g’ayratini tejaydi, ancha tez pedagogik ta'sir etishga yordamlashadi.
Lekin bir qolipdagi fikrlar ham salbiy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Masalan: dars jarayonida kulgili holat sodir bo'lsa, bu holatga mos kulgili vaziyat qilmasdan, balki unga jiddiy tus berish, qatiy javob berilsa, vaziyat murakkablashadi, xolos.
Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin, Bular haqida o'tmish mutafakkirlarimiz fikrlarini keltiramiz:
«O'zga odamning dahlsizligi, nozikligi, hamiyatini ehtiyot qil, odamlarga yomonlik qilma, ranjitma, dilini og’ritma, tashvish va notinchlikka yo'l qo'yma»,-degan edi V. A. Suxomlinskiy.
«Kimki insoniylikni o'zida sinab ko'rmagan ekan, u hech qachon odamlarni chuqur bilmaydi». N. G. Chernishevskiy.
«Birovni erga ursang, u bilan o'zing ham erga urilasan». B.Vashington.
«Sening har bir xulq-atvoring boshqa kishilarga ta'sir etadi, yoningda inson borligini unutma». B. A. Suxomlinskny.
«Kishini erkalash hech qachon ziyon keltirmaydi».
«O'zgalar aybiga tetik nazar sol,
«O’z aybing ko'rgandek, undan ibrat ol». Nizomiy Ganjaviy.
«Yaxshi kishi ko'rmagay yomoshlik hargiz,
Har kimki yomon bo'lsa, jazo topqusidir». Bobur.
O'qituvchida pedagogik nufuz bo'lishi o'kuvchilarning estetik didini o'stirishga yordam beradi. O'qituvchida nazokat bo'lishi, o'quvchilarni bir-biriga sadoqatli, odobli bo'lishga, shirinsuxanlikka boshlaydi. Mutafakkirlarning aytishicha, pedagog bolalar va ayniqsa katta yoshdagi o'smirlar o'rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashishi lozim. Shuningdek ziddiyatlarning shunday sohasi borki, unda pedagoglarning aralashuvi nihoyatda cheklanadi.
Ba'zi bir ziddiyatlarni ham butun bir jamoada muhokama qilish o’z natijasini bermasligi mumkin, bunday vaziyatlarda yirik pedagoglar fikri va mulohazalari bilan maslahatlashgan holatda amalga oshirilsa foydadan holi bo'lmaydi. O'qituvchilarning muhim ijobiy xususiyatlaridan biri dilkashlikdir. An'anaviy dilkashlik yoki odamlarga aralashmaslik shaxsning o'ziga xos xususiyatlari deb qaraladi, bu butunlay qonuniy holdir. Leqin bunday yondashuv bir tomonlamadir. Dilkashlik odamlarga aralashmaslik shaxsni o'ziga xos xususiyatlari bo'libgina qolmay, shu bilan birga odamning u yoki bu vaziyatdagi muayyan xulq-atvori hamdir. Shaxsning xususiyati bo'lgan dilkashlikni atrofdagilar bilan barqaror, kuchli rivojlangan aloqalarga intilish sifatida ta'riflash mumkin. Bu intilish odamlar bilan tez aloqa o'rnatishni birga qo'shib olib boradi.
Dilkashlik va aralashmaslikni shaxs xususiyatlari sifatida qarab chiqish ekstravert va intravert tushunchalari bilan bog’liq ravishda samarali bo'ladi.
Ekstravert shaxslarga umumiy faolik, osoyishtalik, ta'sirlarga moyillik xosdir.
Iitrovert shaxslar ichki olamga berilgan, odamlarga aralashmaydigan, o'z-o'zini nazorat qilishga, refleksga ichki xavotirlikka moyil bo'ladi.
Dilkashlik - ko'proq ekstravert tiplariga oiddir.
Introvert tipiga odamlarga aralashmaydiganlar kiradi.
Pedagogik vaziyatlar tez-tez o'zgarib turadigan sharoitda o'qituvchining vazifasi ro'y bergan vaziyatda tez mo'ljal olib, unga to'g’ri baho bera bilish, zarur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan to'g’ri qarorga kelishdan iboratdir. Agar o'qituvchi bolalarining xatti-harakatlarini to'g’ri idrok etib, baho bera bilsa, ularni vujudga keltirgan sabablarini chukur ko'ra olsagina, shu bilan birga o'zida sabot, o'zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe'l-atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin.
Bu pedagogik nazokatga rioya qilishning zarur shartidir. Nazokat me'yor tuyg’usi yoki odob qoidalariga rioya qilishni, o'z o'quvchilari bilan tug’ri munosabatga amal qilishni bildiradi. Agar o'qituvchi o'quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosiga qurilishiga erishishga yo'l-yo'riq bo'lsagina bunday muloqot ro'y beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo'l-yo'riqni amalga oshirish qiyin ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Pedagogda bolalar bilan o'zaro ishonch va do'stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Bunga shuning uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta yoshdagi do'stga ega bo'lish va u bilan muomala qilishga qat'iy ehtiyoj mavjud bo'ladi.
Tekshirish va o'z-o'zini nazorat qilish uchui savollar:
1. Pedagogik nazokatning asosiy psixologik asoslari qanday?
2. Pedagogik adolat, vijdon, izzat-nafs, oriyat, nufuz haqida nimalar bilasiz?
3. O'tmish mutafakkirlari pedagogik nazokat haqida qanday fikrlarni bayon qilganlar?
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.
3. Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996

7-MAVZU. PEDAGOGIK JARAYONDA O’QITUVCHI VA O’QUVCHI O’RTASIDAGI MULOQOT.


REJA:


1.O’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsadI.
2.O’qituvchining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon ekanligi, uning funktsiyalari.
3.Pedagogik faoliyatda o’qituvchi muloqot asosida o’quvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo’llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi.
4. Pedagogik muloqot o’qituvchi kasbiy faolligining bir ko’rinishi, bunda ta’lim va tarbiya muammolari o’qituvchi hamda o’quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinishi.
5. Pedagogik ta’sir ko’rsatish vazifalari va vositalarida o’qituvchining o’quvchilar bilan pedagogik muloqoti printsiplari.

O'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so'zlashishni bilish lozim. So'zlashishni, muloqot olib borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni yo'lga qo'ya olishi lozim.


Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr almashinuv, og’zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zlatuvidir.
O’qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun o'qituvchi etarli darajada qobiliyatga ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak:
Nimaga o'rgatish? Kimni o'rgatish? Qanday o'rgatish?
Nimaga o'rgatish: a) lm-fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish; b)malaka, ko'nikma va qobiliyatni shakllantirish; v)o'quv predmetlari o'rtasidagi bog’liqlikni amalga oshirish; g)o'quv mazmunini tushunarli tizim asosida ko’rish.
Kimni o'rgatish: a)o'quvchilarning ba'zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutq, fikrlash) hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash; b)o'quvchilarning bir darajadan ikkinchisiga o'tishidagi qiyinchiliklarni oldindan aniqlash; v) o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalariiig dalillari, fikrlarini hisobga olish; g)o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib o'z pedagogik mehnatini tashkil etish; d)iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash, yakka holdagi ishni tashkil etish.
Qanday o’rgatish: a) ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni hksobga olgan holda o'qitish va tarbiyalashniing turli usullari majmuini ishlatish.
Pedagogik ta'sir ko’rsatishniig asosiy usullari - bu talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab – tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo'lish yo'li bilan yoki bu xatti-harakatlarning rag’batlantirilishi yoki to'xtatilishini ta'minlaydi. U pedagogik ta'sir ko'rsatishning boshlang’ich usuli bo'lib, tarbiyalanuvchilarda o'ziga nisbatan mas'uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
Muloqot – yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik–psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
Muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;

*muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
*o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi;
*pedagogikada muloqot – o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish asosida o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
*muloqot – hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;
*noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning diqqat–e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiymunosabatidir.

O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:




Yüklə 278,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin