Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 278,32 Kb.
səhifə2/13
tarix20.11.2023
ölçüsü278,32 Kb.
#164161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Педагогик маҳорат сиртки мажмуа 2022

O’qituvchi shaxsi, kasbiy fazilatlar, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya.


Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Rsspublikamizda taraqqiyot va o'zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Maktablarimiz ma'naviy baquvvat, bilimli, o'z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg’usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta'lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko'lamli muammolardan biridir. Xalq ta'limi tizimida hal qiluvchi inson - o'qituvchidir. Agar o'qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo'lsa, o'quvchi bilim darajasi ham baland bo'ladi. O'qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta'lim mazmunini egallagan bo'lishlari kerak. Pedagog xodimlar o'zlarining kasb ko'nikmalari, muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb ta'kidlanadi «Ta'lim to'g’risida»gi Qonunda.
O’qituvchi kasbining nozikligi, mas'uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g’risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigai talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirshish mahorati, muomala madaniyati Shark mutafakkirlarining asarlarida o'z ifodasini topgan. Sharq ma'naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg’onish davrida juda rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko'plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Forobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g’risida ibratli g’oyalarni ilgari surgan.
«O’qituvchi, - deydi Forobiy, - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o’quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni to’la va aniq ifodalay olishni bilmog’i zarur. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi», -deb ta'kidlaydi. Mutafakkir o'qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan.
Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atohli olim Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning fikricha, «... O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo'y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog’i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog’i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko'ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi ko'rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo'lishi shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o'z vaqtida rag’batlantirish, gohida maqtab qo'yish, aksincha bo'lganda esa, unga tanbeh berish kerak. Lekin, deydi Ibn Sino, tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo'lmasligi lozim, o'quvchiga murosasozlik qilish esa bolaning o'zboshimcha bo'lib qolishiga olib boradi, - deydi Ibn Sino.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) – Sharqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyondalaridan biri. U axloq to’g’risidagi fikrlarida axloqiy fazilatlarni ulug’ladi va axloqiy illatlarni, yomonlikni keskin qoraladi. Olim ta'lim-tarbiya masalalariga jiddiy va ijodiy yondashgan. Uning bolani tarbiyalash va o’qitish borasidagi ko’p fikrlari o’zining chuqur mazmunga egaligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini hayratga qoldiradi.
Ibn Sino o’qitish jarayoniga katta ahamiyat bergan va uni tubandagi tarzda tashkil qilishni zarur, deb hisoblaydi:
O’quvchini birdan kitobga jalb qilib qo’ymaslik kerak.
O’qitish asta-sekin, osondan qiyinga o’tish yo’li bilan olib borilishi lozim.
O’quvchilar bilan amalga oshiriladigan tarbiya ularning yoshiga mos bo’lishi shart.
O’qitish jamoa tarzida uyushtirilishi darkor.
O’qitish o’quvchining mayli va qobiliyatini hisobga olgan holda olib borilishi zarur.
O’qitish jismoniy mashqlar bilan qo’shilib olib borilishi shart.
Ibn Sino tarbiya masalalari ifodalangan asarlarida o’qituvchining roliga katta e'tibor bilan qaragan. Tarbiyachi tanlashni muhim masala deb hisoblagan. U bola 6 yoshga to’lishi bilan uni ustoz tarbiyasiga berishni tavsiya qiladi. Tarbiyachi rostgo’y, dono, odil, ozoda kiyinadigan, xushmuomala bo’lishi zarurligini uqtirib, yosh avlodni o’qitadigan hamda tarbiyalaydigan kishilar oldiga bir qancha talablar qo’ygan. Uning fikricha:
Tarbiyachi – bolalar bilan muomalada bosiq bo’lishi kerak.
Muamllim o’quvchilar ta'limni qanday o’zlashtirayotganini kuzatib borishi kerak.
O’qitish jarayonida muallim har xil usullarni qo’llashi darkor.
Tarbiyachi o’quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatlarini bilishi lozim.
Tarbiyachi bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralarini qo’llashi, o’tilganlarni takrorlashga majbur qilish orqali ularni fanga qiziqtirishi lozim.
Tarbiyachi o’z fikrini o’quvchiga bayon qilishdan oldin undan masalaning mohiyatiga o’zi tushunib olmog’i, keyin uni qisqa adabiy tilda tushuntirishi, ortiqcha gapirishdan qochishi kerak.
Har bir fikr haqiqat bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg’otadigan bo’lishi lozim.
Ibn Sinoning fan va ta'lim-tarbiya, o’qituvchilar haqidagi fikrlari uning anna shu masalalar bo’yicha chuqur bilim va katta tajribaga ega bo’lganidan dalolat beradi.
Yusuf Xos Hojib (XI asr) – buyuk olim, zabardast dostonnavis, tadbirkor davlat arbobidir. Uning pedagogik qarashlarida xalq bilan birga bo’lish, adolatparvarlik g’oyalari asosiy o’rin tutadi. Olimning fikricha, insonning ulug’ligi, aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi hunarga egaligidir.
O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lur,
Bilik kimda bo’lsa, bedug’lu alur.
O’qishlug’ o’qar-ul biliglig bilir,
Biligli, o’qigli tilikka tegir.
Yusu Xos Hoibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti-harakatlariga berilishningg oldi olinadi. Buning uchun maxsus tayyorlangan puxta zaminga bo’lgan, ezgu niyatli va pokiza murabbiy taklif etilishi kerak. Shundagina bolalarimiz to’g’ri tarbiya oladi.
Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) – notiqlik, adabiyotshunoslik, fikh, ilmi nujum, tarix, hisob ilmi, uymakorlik va ganchkorlik va axloqqa doir asarlar yaratgan mutafakkirlardan biridir. Koshifiyning uqtirishicha insonni ta'lim-tarbiya orqali qayta tarbiyalash bilan aqliy qobiliyatni o’stirish mumkin. Buning uchun bolaga yaxshi ta'lim-tarbiya berish uni yaxshi sifatlarini o’stirishga, uni nojo’ya xatti-harakatlardan qaytarish lozim.
Alloma o’qituvchilarga bolalarni tarbiyalashda quyidagi usullarni qo’llashni ilgari surgan: nasihat, tanbeh berish, amru farmon, majburiyat qo’yish. Koshifiy o’z pedagogik qarashlarida bolalarga mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga alohida e'tibor berib, ota-onalar va muallimlardan shuni talab etadi. Bu masalad oilaviy va tashqi mhit muhim o’rin tutadi. Uning fikricha «murabbiy bolaga nasihat va ta'lim berishda lutf va odob qoidalarida qat'iy turishi, ularga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi. Balki xilvat joyda bolaga gapirish darkor. Agar murabbiy nasihat berishning fursati kelganini bilsa unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim. Chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe'l bo’lish maqsadga muvofiqdir».
Tarbiyachilik san'atida ustozni nihoyatda ulug’lab shunday yozadi:
Faromush qilmagilsan haqi ustod,
Ki oningdindurur ilmingga bunyod.
Agar ustodinga mehring yo’q o’ldi,
Degilkim ilmim mani mavq o’ldi.
Kishikim qildi ustodiga xizmat,
Zamoni o’tmadi tobti ul izzat.
Koshifiy yaxshi ustozdan olgan pand-nasihatga quloq solmay behuda yo’llarda yurgan farzand o’zini-o’zi rasvo qiladi, Deya nasihat beradi.
Nasriddin Tusiy o'zining «O'qituvchilarni tarbiyalash to'g’risida» degan asarida shunday deydi: «O’qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo'lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to'g’riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi dozim... O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo'pol va qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchi o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin.
Yetuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o'z asarlarida bola dunyoqarashining kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o'zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam hsch vaqt boshqalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
Ustod, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo'lurdi jahon, - deb hitob qiladi u «Iskandar xirodnomasi» asarida.
Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri. Bu inson kamolotiga bag’ishlangan va pand-nasihatlarga boy didaktik asarlar yaratgan. Sharq an'analariga ko’ra yaratilgan «Maxbub ul qulub» asarida she'riyat sultoni o’z zamonasidagi barkamol inmsonga xos fazilatlarni aks ettirgan.
Navoiy bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish to’g’risida g’amxo’rlik qilgan. Uning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, to’g’ri yo’l ko’rsatadi, farzandlarni bilimli qiladi. Demak, xalqni ma'rifatli qilishda maktabning roli kattadir. U bu xususda fikr yuritar ekan, eski maktablarda domlalarning bilimi hoyat cheklangan, ular ta'lim-tarbiyada mutlaqo xabarsiz., lekin diniy bilimlar etarli bo’lmasa ham, diniy rasm-rusumlarni bajarishga mohir, ruhoniylarga, maldorlarga ta'zimkor va davlatga sadoqatli kishilar bo’lgan. Bunday muallimlarning vazifasi ko’pincha masjidi imomlik yoki so’fiylik qilish, har-xil diniy marosimlar va urf-odatlarda qatnashishdan iborat edi. Ularni Alisher Navoiy «Maktab tutuvchi - gunohsiz yosh bolalarga jafo kiluvchidir», deb ta'rif beradi
Shoirning bunday muallimlarga bergan t'arifi ularning haqiqiy qiyofasini ochib beradi. Ular g’oyatda raximsiz, bag’ritosh, aft-angorlaridan doim zahar tomib turadigan kishilar bo’lgan. Zero, o’sha paytda maktablar uchun maxsus o’qtuvchilar tayyorlash, mavjud muallimlarning saviyasini oshirish, o’qitish usullarini yaxshilash masalalari bilan hech kim qiziqmagan va bu ishlar bilan shug’ullangan muassasa ham bo’lmagan
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Navoiy yosh avlodni tarbiyalash –o’qitish ishini tasodifiy kishiga topshirishni qoralagan. U o’qituvchiga eng yuksak talablar qo’ygan. O’g’il-qizni tarbiyalash va unga ilm berish, qobiliyatini o’stirish uchun nihoyatda bilimdon va usta tarbiyachi bo’lishi kerakligi va bolalarga ta'lim-tarbiya beradigan o’qituvchilar yoshlarga ilm, odob o’rgatish mahoratiga ega bo’lishi, o’qitish yo’llarini yaxshi bilishi zarurligini uqtiradi.
O’zbek adabiyotining dahosi o'z asarlari va ilmiy qarshlarida o'qituvchilik qobiliyati va uning obro'si, odobi yuzasidan alfozli mulohazalar yuritadi. Alloma ijodiy yondashuvsiz hech bir faoliyatni tasavvur qila olmaydi. Ana shu boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklak, irodavii kuch, poklik, samimiylik xislatlari asosiy o'rinni egallaydi.
O’qituvchining har jihatdan ibrat va iamuna bo'lishlari ta'lim va tarbiya garovi ekanligiga ishora qilgan. O'qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyati to'g’risidagi mulohazalar «Qobusnoma», «Xotamnoma», «Qutadg’u Bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan. Chunki bu asarlarning barchasi odobnomaning xuddi o'zginasi bo'lganligi sababli tarbiyachi-murabbiyning o'ziga xos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan.
XVIII-XIX asrda davom etgan Turkistondagi jadidlar harakatining asoschilaridan biri, buyuk ma'rifatparvar o'qituvchi, mohir tadqiqotchi Abdulla Avloniy ta'lim tizimi, o'qitishni takomillashtirib, o'qituvchilar malakasini oshirish, bo'lg’usi o'qituvchini tayyorlash muammolariga mutlaqo yangicha yondashgan olimdir. Uning fikricha ijodiy izlanish, o'qish va o'qitishning yangi shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o'qituvchining eng muhim sifatlaridan biridir, - deb ta'kidlaydi.
Ahmad Donish (1827-1897) – matematika, falakiyot, geografiya, tibbiyot, tasviriy san'at, tarix va falsafiy bilimlarni mustaqil ravishda egallab, o’z davrining ilg’or bilimli kishisi bo’lib etishadi. U o’zining ta'lim-tarbiya, axloq va nafosatga doir fikr-mulohazalarini bir qator asarlarida ifodalagan mutafakkirdir.
Zukko olim kasb tanlash va uning odamlarga, jamiyatga foyda kkeltirishiga e'tibor berish kerakligi haqida bildirgan fikrlarida axloqmasalasiga katta e'tibor berganini ko’ramiz. U o’qituvchini talablarga kuchli ta'sir etuvchi shaxs deb biladi. Uning ta'kidlashicha, o’qituvchilik kasbini tanlaganlarning nopoklik niyatida bo’lishi hoyatla zarurlidir, chunki ular o’zlaridagi axloqiy buzuqlikni yosh avlodga tarqatadilar. Demak, Ahmad Donish o’qituvchining axloqiy qiyofasiga katta e'tibor beradi. U o’qituvchidan yosh avlod manfaatinibirinchi o’qinga qo’yishni talab qiladi. O’qituvchi o’quvchi va talabalarga ko’p bilim berish, o’z bilimini oshirish va chuqurlashtirish uchun o’z ustida ko’p ishlashi lozimligini ta'kidlaydi. Bundan ko’rinadiki, Ahmad Donish o’qituvchi kasbiga nisbatan jiddiy talab qo’yadi. U go’zal axloqlilik va chuqur bilimdonlikni o’qituvchining beqiyos fazilati deb biladi. Zero, u o’qituvchi timsolida odamlar, binobarin yoshlar o’rtasida ilm-ziyo sochuvchi ma'rifatparvarni ko’rishni orzu qiladi.
Mahmudxo’ja Behbudiy (1885-1919) – adabiyot, tarix, siyosatshunoslik, drammaturgiyani chuqur egallagan. U ma'rifat, ilm-fan, badiiy ijod sohasidagi butun faoliyatida millatimiz madaniyati, ma'naviyatining ravnaqi uchun kurashib, buyuk siymo sifatida shuhrat qozongan holda ta'lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarni bayon etdi. Ustoz ta'lim-tarbiya haqida fikr bildirar ekan, mustamlakachilik davrida bu ishda muvaffaqiyatga erishishning birdan-bir yo’li o’lkada o’zaro ixtiloflarga barham berib, ahillik bilan ilm-fanni rivojlantirish kerakligini bayon etadi. Kattalar va muallimlarga murojaat qilib, ularni yoshlarni bilimli qilishga, mehnatga jalb etishga da'vat etadi.
M.Behbudiy o’qituvchilarga qarata ta'lim-tarbiya ishlarini ijtimoiy hayot, jahon miqyosida sodir bo’layotgan voqealar bilan bog’liq holda olib borishni talab etadi.
Shunday qilib, O'rta Osiyo mutafakkirlari va o'zbek ma'rifatparvarlari o'qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi, ko'zlangan maqsadni amalga oshirish yo'lida jonbozlik, qat'iyatlilik ko'rsatishi, o'quvchilariing ruhiy dunyosiga to'g’ri yo'l topa olishi, ularga ta'sir o'tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli, ishchan, mas'ul shaxs sifatida faoliyat ko'rsatishi zarur ekanligini o'z asarlarida ta'kidlab o'tadilar.
Sharq mutafakkirlari o'qituvchi o'zi o'qib tursagina - o'qituvchi bo'la oladi, agar o'qishni to’xtatib qo'yar ekan, unda o'qituvchilik ham o'ladi, deb haqqoniy aytgandir.
Bu haqiqatni yoshi qancha bo'lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat'iy nazar barcha o'qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha bo’lgan pedagogik fikrlarda o’qituvchi-ustoz, shogird va ularning jamiyatdagi o’rni mahorati haqida ko’p fikrlar bayon etilgan. Rim tarixchisi va yozuvchisi Svetoning munosabatni ishontirish, muomalada bo’lish uslublari, rim olimi Mark Fobiy Kvintilian notiqni tarbiyalashda o’z-o’zini boshqara olish notiqlik va so’zamollik mahoratini egallash haqidagi fikrlarini yozib qoldirgan.
Pedagoglarning professional mahorati va ularning notiqlik san'ati Gresiya va Rim filosoflari asarlarida bayon etilgan. Suqrotning ta'lim berish Platon va Deosfenning nutq madaniyati va uni egallash texnikasi, Aristotelning notiqlik san'atiga erishish yo’llari va ritorikasi, Seseron va Kvintilianning nutq madaniyati haqidagi fikrlari. Sharq mutafikkirlari Husayn Vois Kashshofiy, Abu Ali ibn Sino, Burxoniddin Zarnudjiy, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Devoniy, Kaykovus, Yusuf xos Xojib, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, turk olimlari Mustafo Xomiy poshsha munosabat, muomala madaniyati va uni egallash mahorati haqida, notiqlik san'ati, munosabatga kirishish mahorati haqida va uni egallash haqida o’z qo’lyozmalarida fikr bildirganlar.
Kundalik kuzatib borish shuni ko’rsatadiki, o’qitishning muvaffaqiyati asosan ta'lim berayotgan fanga o’quvchilarni qiziqtirishdir.
O’qituvchi o’z shogirdlaridan doimo, hech bo’lmaganda, bir necha bosh yuqori turishi kerak, aks holda bolalar oldida uning obro’si bo’lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o’qituvchi javob berolmasdan qolishi mumkin. Holbuki, bola sezgir bo’ladi va juda tez fursatda o’qituvchining «Mulla»ligi oshkor bo’lib qoladi.
O’quvchilar oldida yo’qotilgan obro’ni tiklash juda qiyin, hatto ba'zi vaqtlarda mumkin ham emas.
«Yosh avlodning tarbiyasi faxriy va olijanob vazifa bo’lishi bilan birga, ayni paytda u g’oyat darajada murakkab va ma'suliyatlidir. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun o’qituvchi eng avval o’z ishining shaydosi, tashabbuskori bo’lishi kerak. Shuning uchun o’qituvchilikning «sababi ovqat» uchun formal «kasb» qilib olish – juda xavfli bo’lib, hatto yosh avlodning tarbiyasi zararlidir.
Ikkinchi tomondan, ayniqsa, o’qituvchi qanday ma'lumotga, qanday erudisiyaga ega bo’lmasin, u o’zining saviyasini pedagogik san'atini rivojlantirish uchun tinmay ishlashi kerak»
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma'naviy yuksalishini ta'minlovchi ta'lim-tarbiya, ma'naviyat va ma'rifat kabi tushunchalar mavjud bo’lib, ular tarbiyashunoslik fanlaridagi o’zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda atroflicha o’rganishni taqozo etadi. Bu fanlarni o’zlashtirish – ma'naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuch bo’lmish inson kamoloti haqidagi g’oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab qiladi.
Konfutsiy (er.avv.551-479 y.y.) – xitoylik buyuk mutafakkir. U o’z yurtida ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etib axloqiy-siyosiy ta'limotga asos soldi. U ta'limda o’qish va fikrlash, o’ylash muhimligini qayta-qayta takrorlagan.
Konfutsiy o’zining pedagogik faoliyatida tajribaga alohida e'tibor berdi. Masalan, har bir inson bir nimani biladiki, hisob qiladi. O’qituvchi to’rt narsadan – quruq foydasiz fikrlashdan, o’z mulohazasida qat'iy turib olishdan, qaysarlik qilishdan, faqat o’z haqida o’ylashdan zinhor saqlanishi kerak. Bu g’oyalarning birinchisi sof ko’ngil bilan munosabatda bo’lish, ikkinchisi shaxsiyatga berilmaslik va qaysarlik qilmaslikdir.
Mark Farbiy Kvintilian (Eramizning 42 – 118 y.y.) – mashhur Rim pedagoglaridan. U grek va Rim falsafiy va pedagogika adabiyoti bilan yaxshi tanish bo’lgan. U bolalarning qobiliyatlariga yuksak baho beradi. Olimning fikricha, bola maktabda tarbiyalanmog’i lozim. O’qituvchi o’zi tarbiyalayotgan har bir talabaga ehtiyotkorlik bilan va e'tibor berib muomala qilishi kerak. Ustozning o’zi o’qimishli bo’lishi, bolalarni sevishi, o’zini yaxshi tuta bilishi, saboq oluvchilarni bo’lar-bo’lmasga mukofatlashi yoki mas'uliyati, eng muhimi shogirdlari uchun o’rnak bo’lishi lozim. Har bir o’qituvchi o’qitishning hamma bosqichlarini o’tishi kerak. Chunonchi, yuqori malaka beruvchi maktab o’qituvchisi, avvalo, boshlang’ich maktabda o’qituvchilik qilishi kerak.
Kvintilian o’qituvchilarni o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lishlarini talab etadi. U shunday deydi: «Fanda dastlabki ma'lumotdan nariga siljimaydigan, qalbi qalbaki ishonch bilan to’lgan, faqat, o’zlarini olim deb bilgan kishilardan yomoni yo’q». Olim har bir ilm ahllarini, shu jumladan o’qituvchilarni, doimiy ravishda o’z bilimlarini oshirib borishga da'vat etadi. U bolalarni uyda emas, balki maktabda o’qitish g’oyasini ilgari suradi.
Yan Amos Komenskiy (1592-1670) - slavyan donishmandi, insonparvar pedagog, bashariyat tarixidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o’rin olgan. U o’zining ongli hayotini va amaliy-pedagogik faoliyatini, yaratgan ilmiy asarlarini oddiy halq bolalarini o’qitish va tarbiyalashga bag’ishladi.
U maktab bolani ma'rifat olamiga boshlaganida, uni hissiy bilishga so’ngra aqliy bilishga o’rgatishi lozimligini, bunday o’qitish jarayonini hissiy idrokdan boshlash kerak, talabini ilgari suradi. Yan Amos Kamenskiy o’z davrida ilk bor mashg’ulotlarning sinf-dars shaklida bo’lishi zarurligini asoslab berdi. Bunda u o’qituvchining butun sinf bilan muayyan o’quv mavzusi buyicha mashg’ulot o’tkazishni talab qildi
Ya.Komenskiy o’qituvchilar faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini yuqori baholab maktab ishining muvaffaqiyatli bo’lishi o’qituvchiga bog’liqligini aytadi. Olimning talab etishicha o’qituvchi o’z ishining ustasi bo’lishi, o’qitish san'atini mukammal egallashi, tajribali o’qituvchilar yosh muallimlarga ko’mak berishi lozim. O’qituvchi tashqi ko’rinishi jihatidan ham o’z o’quvchilariga namuna bo’lishi kerak. Sof vijdonli, o’z kasbini sevadigan va o’z bilim hamda mahoratini uzluksiz takomillashtirib boradigan kishilargina o’qituvchi bo’lishi mumkin.
O’qituvchi va uning professional sifatlari to'g’risidagi muammolar chet ellik olimlar Ya.A.Komenskiy, Djon Lokk, I.G.Pestalossi, L.Disterverg kabilarning asarlarida o'z ifodasini topdi. Jumladan, ulug’ chex olimi, pedagog Ya.A.Komenskiy o'qituvchiniig eng muhim xususiyatlari qatoriga bolani ssvishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritib, ularning’ mohiyatini atroflicha tavsiflab beradi.
Ushbu masalaga sal boshqacharoq yondashgan I.Pestalotsi o'qituvchiniig professional sifatlariga baho berishdai umuman chetlashib, uning xalq ta'limi tarmog’ini takomillashtirishdagi roli, fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to'xtalib o'tadi.
A.Disterverg o'qituvchining ta'limdagi roliga yuqori baho berib, u o'z faoliyatini bilishi, uni sevishi, o'quvchilarini yoqtirishi lozim deb uqtiradi. O'qituvchi bolalarniig individual xususiyatlari, qobiliyati, faoliyati uslubi to'g’risida muayyan darajada bilimga ega bo'lishi kerakligini ham ta'kidaab o'tadi. Mutafakkir Djon Lokk o'kituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlari orasiga mo''tadillik, g’ayrat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi xislatlarni kiritib, ularning ta'limdagi roli yuzasidan mulohaza yuritadi.
G’arb mutafakkirlari g’oyalarining vorisliri sifatida L.I.Gersen, L.N.Tolstoy, I.G.Chernishevskiy, K.D.Ushinskiy kabi rus mutafakkirlari mazkur muammolarga o'z mulohazalirini bildirganlar.
A.I.Gersen mulohazasiga ko'ra, o'qituvchining asosiy xislati - bu uning bolalar bilan munosabatda bo'layotganligini sezishda, bolalar ruxiy dunyosini tushuma olishida, ahloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste'dodga ega bo'lmog’i zarurki, unga har qaysi o’qituvchi erisha olmaydi, buni unutmaslik kerak.
O’qituvchi kasbiga oid ilmiy tajribalarda sinalgan mulohazalar rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta'lim tarbiya jarayonida o'qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, hech bir ustav yoki dastur hamda sun'iy organizm puxta ishlab chiqilganiga qaramay, inson shaxsining o'rnini bosa olmaydi, deb hisoblaydi. Insonning xarakteri va his-tuyg’ulari, uning o’quvchilar bilan muloqotga kirishish usuli, o'qituvchi qalbi bolalarga yaqinligi kabi axloqiy xislatlarining shaxsiga xos muhim fazilatlar bo'lib hisoblanib, muallimning tarbiyaviy kuchini belgilaydi va ijtimoiy qimmatga ega bo'lgan, barkamol bola shaxsini tarkib toitiradi. K.D.Ushinskiy ta'kidlashicha, pedagogik faoliyatniig muhim tarkibiy qismi pedagogik-psixologik odob (takt) hisoblanadi. Uning fikricha psixologik odob (takt) hayotimizning barcha jabhalarida g’oyatda keng qo'llaniladi. Shuning uchun usiz odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyatining o'zi ham bo'lmagan bo'lar edi, deydi.
Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning «Pedagogik adabiyotning foydasi» risolasida: «Tarbiyalash ishi, shubhasiz, insonning aqliy va ongli fazilatlaridan biridir: tarbiya tushunchasining o’zi tarixan vujudga kelgan va u tabiatda yo’q narsadir… Tarbiyalash faoliyati fikr yuritishni, haqiqatni anglashni ham o’rgatadi», deb yozadi.
Shunday qilib, chet el mutafakkkirlari o'z asarlarida o'qituvchining bir qator muhim fazilatlari mavjud bo'lishini bayon qilganlar. Bularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: o'qituvchining har tomonlama barkamol bo'lishi, o'zining yuksak xislatlari va his-tuyg’ulari bilan boshqa kasbdagi kishilardan ajralib turishi, bolalar ruhiyatiga oson kira olish qobiliyati, darslarni o'alashtirishda orqada qolganlar bilan individual ishlash, o'quvchilar diqqatini o'ziga torta olish sehri, mustaqil ishlash va o'z mahoratini, malakasini oshirish, pedagogik qobiliyat va odobga ega bo'lish kabilar. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, sharq va g’arb mutafakkirlari tomonidan tahlil qilingan ko'pgina o'qituvchi kasbi haqidagi mulohazalar to hozirgi kungacha o'z ahamiyatini saqlab kelmokda, demakki, ajdodlar g’oyasini takomillashtirish evaziga ta'limni yuksak bosqichga ko'tarish mumkindir.
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to'g’ri hal qilish vazifasi o'qituvchiga bog’liqdir. Zamonaviy maktab o'qituvchisi qator va;zifalarni bajaradi. O’qituvchi - sinfdagi o'quv jarayoni tashkilotchisidir. Jamiyatning o'qituvchi oldiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma'naviy va ma'rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilish;
- bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o'z Vatani tabiatiga va oilasiga bo'lgan muhabbati;
- keng bilimga ega bo'lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;
- yosh va pedagogik-psixologiya, pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;
- o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustaqil bilimga ega bo'lib, o'z kasbi sohasi bo'yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;
- ta'lim-tarbiya metodikasini egallashi;
- o'z ishiga ijodiy yondashishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq ta'limining ifodali vositalari va pedagogik taktga ega bo'lishi;
- o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiyo ravishda oshirib borshi kabi talablarga to'la javob bera olishga intalishi lozim va shart.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogak mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijalarga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishigina pedagogik mahorat egasi bo'lshi mumkin. Pedagogik faoliyat o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy xarakterga ega. Pedagog o'quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muaimolarni echadi, o'quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasida ijodkorlik tub mohiyati ishning maqsadi va xarakteri bilan bog’liq.
O’quvchilar bilan darsda olib boriladigan ishda tarbiyaviy masalaga erishmoq uchun o'qituvchi ular bilan hamkorlik qila olishi, bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarurki, bu jarayon ular faoliyatining turli sohalarida - bilimda, amalda, ma'naviy faoliyatda, sportda, o'yinda amalga oshiriladi. O’qituvchi qanday qilib o'quvchilarni o'zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishi xususida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
1. Hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo'lgan ishlar o'quvchilar uchun dolzarb bo'lishi, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga mos bo'lishi lozim.
2. O'quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o'qituvchi ularga psixologik va pedagogik jihatdan to'g’ri vazifa qo’yishi, yaxshi yo'l-yo'riq ko'rsatishi lozim.
3. O’quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o'qituvchi bir vaqtning o'zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy ishlaydigan o'qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o'qitish va tarbiyalash, ilg’or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganish bilangina cheklanib qolmasdai, tadqiqotchilik ko'nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur. Hozirgi zamon o'qituvchiga fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, o'zining tabiiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishni taqozo etmoqda.
Pedagogik texnologiya nima? Uning ilmiy asosida qanday nazariyalar yotadi? Amaliyotga tatbiq etish shartlari nimalardan iborat? (Dastlab texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so'z fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos»-hunar, san'at, «logos»-fan, so'zlaridan olingan bo'lib, «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya -o'qituvchi tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta'riflasak xato bo'lmaydi. 60-70 yillarda bu tushuncha chet el pedagogik nashrlarida (AQSh, Yaponiya, Angliya, Italiya, Vengriya) va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi va uning ilmiy tadqiqot natijalariga, ko'ra ikki yo'nalishi ko'rsatildi:
1. O'quv jarayonida texnika vositalarini qo'llash sifatida belgilash. (M.Klark, Xokridon - Buyuk Britaniya, D.Fini - AQSh, S.G.Shopovanenko -Rossiya).
2. «O'quv jarayoni texnologiyasi» sifatida qarash. (T.Samakato -Yaponiya, K. Brusming - Shvetsiya, T. A. Ilina - Rossiya).
80-yillarda B.P.Bespalko tomonidan «Pedagogik texnologiya»ning ilmiy maktabi yaratildi. Pedagogik tsxnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum bir pedagogik tizimning loyihasidir. Pedagogik tizim o'zaro bog’liq bo'lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig’indisi bo'lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta'sir etishni amalga oshiradi.
Ta'lim berish texnologiyasi - ta'lim berishning umumiy nazariyasi balan uning amaliy tadbiqi orasidagi bog’lovchi bo'g’indir.
O’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalarni o'ziniig amaliy faoliyatida keng miqyosda foydalanishi lozim. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o'qituvchining ijodkor bo'lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikrlar yurita olishi, fan yutuqlarini o'kuvchilarga etkaza olishi va nihoyat o'quvchilarni mustaqil hamda ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o'rgata olishini talab qiladi. Shuning uchun o'qituvchi o'z ustida doimo ishlashi, mustaqil bilim egallashi, kasb mahoratini takomillashtirishi, malakasini oshirishi pedagogik faoliyatining samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir,
Tarbiya – ijtimoiy hodisa bo’lib, u kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan beri mavjud. Inson yr yuzidagi eng mukammal zot bo’lishi uchun, eng avvalo, tarbiyalanishi zarur. Buyuk mutafakkirlar, pedagog olimlar barkamol insonni kamolga ytkazish uchun tarbiya va tarbiyachi naqadar zarurligini uning mohiyati va mazmunini asoslab berishgan.
Yuqoridagi fikrlar asosida shuni aytish joizki, Sharq va G’arb mutafakkirlari «har bir inson ilm olib, uning mazmun va mohiyatidan voqif bo’lishi kerak, ilm olib aqliy kamol topish kishining yoshligidan to umrining oxirigacha davom etmog’i lozim» hoyasini ilgari surishadi. Ular barcha guruhdagi ma'naviy qadriyatlarning mohiyatida eng oliy tuyg’u – insonparvarlik yotadi, degan fikrga kelishadi. Allomalarning ta'kidlashicha, insonparvarlik – insonning sharafi, vijdoni va imonining mahsuli hisoblanadi.
Insonparvarlik mazmunan boy va xulq-odob qoidalarini o’zida mujassamlashtiradi. Ya'ni insonparvarlik qadriyati negizida mehr-shafqat, muruvvat va oqibat, saxiylik, sahovat, diyonat, qanoat, himmat, adolat kabi axloqiy-ma'naviy xususiyatlar o’z ifodsini topgan.
Adabiyotlar:
1. Hoshimov K., Nishonova S. «Pedagogika tarixi»-T, «O'qituvchi», 1996.
2. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
3. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
4. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.

2-MODUI. O’QITUVCHINING KASBIY FAOLIYATI. 3-MAVZU. O ’QITUVCHI KASBIY FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYATNING AHAMIYATI.


Reja:
1.Qobiliyat va bilim.
2.Qobiliyatga yaqin turadigan tushunchalar.
3. Pedagogikada o’qituvchi qobiliyati va uning ijodkorligi.
4.Kasbiy faoliyatning ta’lim mazmunini belgilovchi sifatlari o’qituvchining ijodkorligida namoyon bo’lishi.
5.Iqtidor, iste’dod, daholik, taiant, o’qituvchi intellektining asosiy sifatlari va xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:

Yüklə 278,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin