Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 362,5 Kb.
səhifə15/21
tarix03.05.2023
ölçüsü362,5 Kb.
#106662
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafed

Tarmoqlar(Klaster) texnologiyasi.
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u tarbiyalanuvchilarni biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, tarbiyalanuvchilarni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu uslub biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval tarbiyalanuvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda tarbiyalanuvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Skarabey texnologiyasi.
Skarabey uslubi interaktiv texnologiya bo‘lib, u tarbiyalanuvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Ushbu texnologiya tarbiyalanuvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi.
Skarabey texnologiyasi tarbiyalanuvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
Tarozi texnologiyasi.
Tarozi texnologiyasi munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o‘rganishda qo‘llash mumkin. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy improvizatsiya, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o‘z dalillarini yozma va og‘zaki shaklda ishonchli va lo‘nda ifodalashni shakllantiradi, o‘z nuqtai nazarini himoya qiladi, muxoliflarni ishontiradi, munozara madaniyatiga o‘rgatadi.
Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin tarbiyalanuvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin guruh tarbiyalanuvchilari kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan bo‘linishlari kerak. Tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan muammoni yechishda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib turadi. Mashg’ulot so‘ngida muhokama qilinadi.
Tarbiyalanuvchi kichik guruhlarda ishlaganida, mashg'ulotda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.

Yüklə 362,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin