Qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 85,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix14.12.2023
ölçüsü85,61 Kb.
#180573
1   2   3   4   5   6
qadriyatlar-va-yoshlar-tarbiyasi (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
115 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
kamayar ekan, bu o‘z navbatida umuminsoniy qadriyatlarning boyishiga salbiy ta’sir 
etadi.
Biz ming yillar davomida shakllangan, odamlarning hayoti ichki dunyosidagi 
mustahkam o‘rin olgan, unga barcha amal qiladigan, insonlarning qon-qoniga singib 
ketgan an’analarimizni, ota-bobolarimiz bizga qoldirgan olijanob qadriyatlarni
g‘ururimizni ko‘taradigan, xalqimizni obro‘siga obro‘ qo‘shadigan insoniy odat va 
fazilatlarni saqlash, asrab-avaylash va eng katta boylik sifatida yangi kelajak 
avlodlarga etkazish zarur. Bugun yurtimizda qadriyatlarimizni qadrlaydigan, ezgu 
an’analarga o‘z hayotiy mo‘ljalida muhim omil sifatida munosabatda bo‘ladigan 
yoshlar ko‘p. Lekin hayoti va istiqbolida milliy qadriyatlarning o‘rnini biroz to‘g‘ri 
tushunmaydigan yoki o‘zini undan xoli holda ko‘rib milliy madaniyatimizga 
e’tiborsizroq bo‘lgan yoshlarimiz borligini ham hozircha inkor etolmaymiz. 
XULOSA 
Barchamiz guvohmiz-bugun dunyo misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan keskin 
o‘zgarib bormoqda. Ijtimoiy hayotimizda ko‘plab ijobiy jarayonlar bilan birga, yosh 
avlodning qalbi va ongini egallashga qaratilgan ma’naviy tahdidlar ham tobora xavfli 
tus olmoqda. Ijtimoiy hayotni jamiyat tomonidan e’tirof etilgan qadriyatlarsiz 
tasavvur qilish mushkul, ularsiz yashab bo‘lmaydi. Biroq qadriyatlarimizga qarshi 
bo‘zg‘unchi g‘oyalar ya’ni: “shaxs erkinligi” ga qarshi oila va jamiyat oldidagi 
yuksak ma’suliyatni: “individualizm”ga qarshi jamoaviylik, mahalladoshlikni, 
“egotsentrizm”ga qarshi ota-ona, qarindosh-urug‘larni hurmat qilish, mehr-oqibatni, 
“olomon madaniyatiga qarshi” milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash 
orqali jamiyatimiz barqarorligiga tahdid soluvchi illatlarga qarshi ong-tafakkurda 
mafkuraviy to‘siq qo‘yish darkor. 
Bugungi erkin va ozod hayotning ma’nosi va qadr-qimmatini yoshlarning ongi 
va qalbiga etkazishda birinchi navbatda ota-onalar, ustoz-murabbiylar mas’ul 
bo‘lmog‘i kerak. Zero, Bugun yoshlarimiz qanday qadriyatlar sari intilmoqda, qanday 
orzu-niyat va o‘y-hayollar bilan yashamoqda, biz bunga loqayd va befarq 
qaramasligimiz kerak. Ota-ona, ustoz-murabbiy, etakchi-rahbar sifatida bu jarayonni 
chetdan turib kuzatishga haqqimiz yo‘q”
5
Bugungi kunda farzanlarimizning ma’naviy 
olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash 
masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda 
 
5
Каримов И.А Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш-барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош 
мақсадидир. Т.; 2008 8 02



Yüklə 85,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin