Qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 85,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix14.12.2023
ölçüsü85,61 Kb.
#180573
1   2   3   4   5   6
qadriyatlar-va-yoshlar-tarbiyasi (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
114 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
“Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-
qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm
giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi xavf-
xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy 
qadriyatlarga putur etkazmoqda.” 1998 yil 2 fevralda Respublika xotin qizlar 
qo‘mitasi xuzurida “Oila” ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi oilaga taalluqli
milliy an’analarni, umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, oila a’zolarining 
huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida katta qadam qo‘yildi. Jamiyat 
taraqqiyotining hozirgi bosqichida shaxsni ijtimoylashtirish, uni har tomonlama 
shakllantirish, komolga etkazish, rivojlantirish eng muhim vazifa sifatida insonni 
tarbiyalash, unga ta’lim berish, yuksak qadratli, dunyoqarashi keng qamrovli chuqur, 
bilimdon hamda sog‘lom yosh avlodni tarbiyalash ayniqsa, dolzarbdir. 
Inson-eng oliy qadriyat, Shu bois, millatimizga xos bo‘lgan qadriyatlardan 
yana biri-bolajonlik, Oilada ko‘p farzandlarni dunyoga keltirish va ularni kamolga 
etkazish muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 66- moddasida “Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z 
ota-onalari haqida g‘amxurlik qilishga majburdirlar”
4
-deyiladi. Shunisi quvonarli-ki, 
biror-bir xorijiy davlatning Konstitutsiyasida bu kabi modda uchramaydi.
Aytish lozimki, bizning Konstitutsiyamiz nafaqat demokratik tamoyillar, balki 
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhi bilan sug‘orilgan. Oila qanchalik qudratga 
ega bo‘lmasin, u farzand tarbiyasida qo‘ni-qo‘shnilardan iborat bo‘lgan mahalla va 
tarbiya maskanlarining ko‘magisiz yuqori natijalarga erisha olishi mushkul. Milliy 
qadriyatlarimizning asosiy xazinaboni-oila deb oladigan bo‘lsak, bu xazinani asl 
san’at asari darajasiga ko‘taruvchi naqqoshlar mahalla va maktabdir. Muxtasar 
aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi 
beqiyosdir. “Mahalla-ham ota, ham ona” degan hikmatli naql haqiqat, bejiz 
aytilmagan. Chunki, mahalla haqida gapirganda, ko‘pchilik ana shunday chuqur 
ma’noli so‘zlarni eslashi va tilga olishi tabiiy. 
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Bir bolaga yetti mahalla 
ham ota, ham ona” degan maqolning haqiqiy ma’nosini anglaydigan vaqt keldi. 
Anglab, shu asosida yashaydigan vaqt keldi. Har qanday millatning ma’naviy boyligi 
milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unlashuvidan tarkib topadi. SHu boiz milliy 
qadriyatlarga e’tiborni ko‘chaytirish kerak. CHunki, milliy qadriyatlarga e’tibor 
4
.Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.; «Ўзбекистон” НМИУ, 2018. Б.-22



Yüklə 85,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin