Qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 85,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü85,61 Kb.
#180573
1   2   3   4   5   6
qadriyatlar-va-yoshlar-tarbiyasi (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
113 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
baholash ularni muhim yoki nomuhim, zaruriy yoki keraksiz, qadrli yoki beqadr 
asosiy yoki ikkinchi darajali deb belgilash natijasida vujudga keladigan tushuncha 
yoki nuqtai nazarlarda aks etuvchi ob’eklardir, deb belgilangan. 
Fikrimizcha, qadriyat–bu tarixiy taraqqiyot jarayonida kishilar tomonidan 
yaratilgan, moddiy va ma’naviy boyliklar bo‘lib, u inson va insoniyat uchun ahamiyat 
kashf etib, ular manfaati va ehtiyojini qondirish: takomillashuvi, kelajak avlodning 
ijodiy o‘sishini rag‘batlantirish omilidir.
Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan 
bog‘liq qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Dunyoda o‘ziga xos qadriyatlari bo‘lmagan 
millat yo‘q. Milliy qadriyat millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda 
madaniyati bilan bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi
2
.
Milliy qadriyatlar–millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega jihatlar, 
xususiyatlar, moddiy va ma’naviy boyliklardir.
3
Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning 
zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, 
do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birlashib hal qilish kabi ibratli 
qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Milliy qadriyatlar turmush tarzimiz, ma’naviy qiyofamiz, an’analarimiz va 
o‘zligimizni anglashga yordam beradi va bu borada xalqni-xalq, millatni –millat 
sifatida birlashtiradi. Zero, o‘z qadriyatlarini va qadrini bilgan xalq olomonga 
aylanmaydi; buyuk ishlarga qodir ekanini his qiladi, istiqlolni omon saqlaydi, 
farzandlarining kamoloti uchun qayg‘uradi va kurashadi. Aynan shuning uchun ham 
milliy qadriyatlar jamiyatni yangilashga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy omil 
hisoblanadi. 
Xullas, Millat mavjud ekan milliy qadriyatlarning ahamiyati aslo kamaymaydi. 
Millatlarning ma’naviyat jihatidan bir-biriga yaqinlashib borish ham milliy 
qadriyatlarning rivojlanish va amal qilish imkoniyatlarini kamaytirmaydi, balki 
kengaytiradi. Umuman olganda, milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, 
uning muayyan mustaqil ijtimoiy birlik ekanini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan 
biridir. 
Milliy qadriyatlarning qudratli manbai va azaliy urf-odatlarimizdan biri-oila va 
qarindoshlik munosabatlar odobidir. Kattalarni hurmat qilish, o‘zaro yordamlashish, 
kelajak avlod haqida g‘amxo‘rlik qilish hamisha uning asosiy qoidalari bo‘lib kelgan. 
2
. Тинчлик ва бағрикенглик атамалари изоҳли луғати.-Т.: 2005, Б -103-104. 
3
. Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат.-Тошкент: 2006. Б -233.



Yüklə 85,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin