Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir. Qadriyat



Yüklə 13,65 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü13,65 Kb.
#112040
atamalar izohi


Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir.
Qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, ma’daniy –ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha.
Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqyelikning shakllarini, narsalar, voqyea hodisalar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi.
Qadriyatlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o’rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar ijtimoiy guruhlar harakatini tartibga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi.
Muayyan bir elat, milat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, an’analari o’tmishi va kelajagi bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar hisoblanadi.
Milliy qadriyatlar – murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiyki moddiy va ma’naviy, boyliklarni, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir.
Milliy qadriyatlar – muayyan biror bir xalqqa taalluqli bo’lgan urf-odatlar va an’analar, barcha xalqqa tegishli bo’lgan ma’naviy boyliklar majmuidir. [18,19,20]
Milliy – ma’naviy qadriyatlar –muayyan xalq, millat, e’latlar tomonidan yaratilgan ulkan boy ma’naviy me’roslar tizimi .
Yüklə 13,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin