Qadimgi davr siyosiy qarashlari



Yüklə 28,53 Kb.
səhifə6/10
tarix01.12.2023
ölçüsü28,53 Kb.
#170913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Siyosiy nazariyalar

«Toki o‘zga shaxs irodasiga tobe ekanmiz, xavf-xatardan xoli bo‘lishimiz mumkin emas», – degan edi F. Akvinskiy. Xullas, yerdagi davlat doirasida mavjud bo‘lishi lozimligi qayd etilgan xalq suvereniteti siyosiy fikr tarixida antik davrdan keyin paydo bo‘lgan yangilik nishonasi edi.

«Toki o‘zga shaxs irodasiga tobe ekanmiz, xavf-xatardan xoli bo‘lishimiz mumkin emas», – degan edi F. Akvinskiy. Xullas, yerdagi davlat doirasida mavjud bo‘lishi lozimligi qayd etilgan xalq suvereniteti siyosiy fikr tarixida antik davrdan keyin paydo bo‘lgan yangilik nishonasi edi.

Qonun nazariyasining tahlili F. Akvinskiy merosida muhim o‘rin tutadi. Xristian davlatining fuqarosi sifatida inson qonunlarning to‘rt turiga duch keladi:

  • Abadiy qonun – koinotni boshqaruvchi ilohiy tafakkur.
  • 2. Tabiiy qonun – ilohiy, abadiy qonunning inson tafakkuridagi in’ikosi.

    3. Inson qonuni – tabiiy qonun, tabiiy huquqdan inson irodasi orqali kelib chiqadi. F. Akvinskiy xuddi Aristotel kabi insoniyat yaratgan qonunlar barcha fuqarolarning manfaatlariga xizmat qilishi kerak, bu qonun vakolatli hokimiyat tomonidan ishlab chiqilishi lozim, deb hisoblaydi.

    4. Ilohiy qonun – Bibliyadagi Eski va Yangi ahdlar bo‘lib, insonning narigi dunyodagi saodatga borishiga yo‘l ochadi.

    XIV asrga kelib, Yevropada cherkov hokimiyatining kuchsizlanishi, qirollar dunyoviy hokimiyatining kuchayishi davri boshlandi va bu hol markazlashgan milliy davlatlarning tashkil topish jarayonida yangi siyosiy-huquqiy nazariyalarni paydo qildi. Jumladan, ingliz faylasufi V. Okkam (1300–1350) dunyoviy hokimiyatning diniy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishi lozimligi g‘oyasini ilgari surdi. Bu esa xalq huquqining demokratik nazariyasi yaratilishiga olib keldi. Lekin, bu nazariyada xalq individlar jamoasi tarzida tushunilmas, O‘rta asrga xos jamoa huquqi tafakkuri ustunlik qilar edi.

Uyg‘onish davri ijtimoiy-siyosiy g‘oyalari.

Yevropadagi Uyg‘onish (XIV–XVI asrlar) va Reformatsiya (XVI asr) davrlari O‘rta asr tartiblari sharoitida yangi burjua munosabatlarining paydo bo‘lishi, Petrarka va Bokkacho, Leonardo da Vinchi va Nikkolo Makiavelli, Dyurer, Lyuter, Mikelandjelo va Myunserlar nomini dunyoga tanitgan davrdir.


Yüklə 28,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin