Psixologiyada men konsepsiyasi talqini


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI



Yüklə 367,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix09.06.2023
ölçüsü367,96 Kb.
#127688
1   2   3   4
Oripova Shohista Xasanovna (1)

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
229 
O‘z-o‘zini baholash shaxsning markaziy tushunchalariga, ularning mag‘ziga 
taalluqli. U ko‘p jihatdan shaxsning ijtimoiy moslashuvini belgilaydi, fe‘l-atvor va 
faoliyat regulyatori hisoblanadi. Albatta, shuni ham unitmaslik kerak, o‘z-o‘ziga baho 
berish avvalo-boshdan shaxsga xos obyektiv tushuncha emas.O‘z-o‘ziga baho berishning 
shakllanishi ijtimoiylashuv jarayonida, faoliyat va shaxslararo aloqalar jarayonida sodir 
bo‘ladi. Sotsium ko‘p jihatdan shaxsning o‘z-o‘ziga baho berishiga tasir ko‘rsatadi. 
Insonning o‘z-o‘ziga munosabati insonning dunyoga bo‘lgan munosabati tizimidagi eng 
kechki xulosa hisoblanadi. Ammo shunga qaramasdan (balki aynan shu tufaylidir), 
shaxsning munosabatlari strukturasida o‘z-o‘ziga baho berish muhum o‘rin egallaydi. 
O‘z-o‘ziga baho berish to‘g‘ridan to‘g‘ri shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi va 
dezadaptatsiyasi bilan bog‘liq. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o‘ziga-o‘zi baho 
berish haqidagi bugungi ma‘lumotlarning ziddiyatli ekanligiga qaramay, o‘smirning 
asotsial va delinkvent fe‘li va o‘ziga-o‘zi baho berishning o‘zaro bog‘liqligi haqida 
tasavvurlari amalda umumqabul qilingandir. Bahslar esa asosan qonunbuzarning o‘z-
o‘ziga baho berishi qanday holatda salbiy yoki ijobiy ekanligiga borib taqaladi. Empirik 
tadqiqotlarga asoslangan va eng keng tarqalgan pozitsiyaga ko‘ra, o‘smir – 
delinkventlar, va yoshi katta qonunbuzarlarning ham o‘ziga-o‘zi baho berishi yuqoridir. 
Shu bilan bog‘liq ravishda qayd etiladiki, shaxsning ijtimoiy dezadaptatsiyasi bilan 
bog‘liq yuqori, noadekvat baho keng ixtilof zonasini yoritadi va ma‘lum shart – 
sharoitlarda delingvent fe‘l-atvorning namoyon bo‘lishiga olib keladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
 
1. Barkamol shaxs kamolotida milliy an‘analardan foydalanishning ta‘lim-
tarbiyaviy ahamiyati. 
2 V. Karimova. Ijtimoiy psixologiya va amaliyot. — Т.: 2009.
3 V. Karimova, О. Xayitov. Shaxsning ijtimoiylashuv masalasi. - Т.: 2007. 
4..V.Karimova. Oila psixologiyasi.T.2007 
5.O.Musurmonova .Oila ma'naviyati -milliy g'urur. 
6. Deyl Karnegi. Muomala sirlari. T.«Navro‗z» nashriyoti. 1999. 
7.www.Expert.psychology.ru 

Yüklə 367,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin