Psixologiyada men konsepsiyasi talqini


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI



Yüklə 367,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix09.06.2023
ölçüsü367,96 Kb.
#127688
1   2   3   4
Oripova Shohista Xasanovna (1)

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
227 
shundayligimcha‖.Ideal ―Men‖ konsepsiyasi esa -bu shaxsning o‘zi haqidagi o‘zi 
istagidagi tasavvuri (Qanday bo‘lishni istayman). 
Albatta, real va ideal ―Men‖ konsepsiyalari nafaqat mos kelishi mumkin, balki 
ko‘pchilik holatlarda keskin farqlanadi ham. Real va ideal ―Men‖ konsepsiyalari 
o‘rtasidagi tafovut turli salbiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bir 
tomondan, real va ideal ―Men‖ o‘rtasidagi ziddiyat jiddiy ichki shaxsiy ixtilofga sabab 
bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, real va ideal ―Men‖ konsepsiyasining o‘zaro mos 
kelmasligi shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtiruvi, rivojlanishiga intilish manb‘asi 
hisoblanadi. Aytish mumkinki, ko‘p narsa ushbu kelishmovchilikning darajasi
shunungdek, uning shaxs tomonidan interpretatsiya qilinishi bilan belgilanadi. Har 
qanday vaziyatda, real ―Men‖ va ideal ―Men‖ ning to‘la mos kelishining kutish, ayniqsa 
o‘smirlik va o‘spirinlik yoshida, asossiz xomxayoldir. Mohiyatdan o‘z-o‘ziga baxo 
berishning ayrim metodikalari real va ideal ―Men‖ konsepsiyalarining ko‘pchilik 
holatlarida mos kelmasligi haqidagi tushunchalar asosiga qurilgan. 
Bir-biriga anchayin yaqinligiga qaramay, o‘z-o‘ziga baho berish va ―Men‖ 
konsepsiyasining psixologik tushunchalari o‘zaro farqlarga ega. ―Men‖ konsepsiyasi 
insonning o‘zi haqidagi tavsifiy tasavvurlaridan iborat bo‘ladi.Ammo, shu bilan birga 
―Men‖ konsepsiyasining u yoki bu qismi salbiy yoki ijobiy buyruqlarga ega bo‘lishi 
mumkin.O‘z-o‘ziga baho berish tushunchasi,aksincha, inson o‘ziga, o‘z qobiliyatiga 
qanday baho berishi bilan bevosita bog‘liqdir.Masalan, inson o‘zining temperamentiga 
ko‘ra sangvinik ekanligini, baland bo‘yli va jigarrang ko‘zli ekanligini bilish uning 
―Men‖ konsepsiyasining bir qismini tashkil etadi ammo, shu bilan birga, bu ushbu 
xususiyatga o‘lchov me‘yori sifatida baholanadi, subyekt o‘zini ushbu xislatlariga ko‘ra 
baholaydi, o‘zini boshqalar bilan qiyoslaydi. Shunisi ham muhimki, bir hil xususiyatlar 
turli shaxslarning o‘z-o‘ziga baho berish strukturasida bir inson tomonidan ijobiy planda 
(bu o‘z-o‘ziga baho berishning ko‘taradi), boshqa inson tomonidan salbiy planda 
baholanishi mumkin (bu o‘z-o‘ziga nisbatan baho berishni tushiradi). 
«Men» konsepsiyasining siymosi – individning o‗zi haqidagi nisbatan barqaror 
ko‗proq yoki ozroq darajada anglanilmagan, betakror deb his qilinadigan tasavvurlar 
tizimidirki, individ boshqalar bilan o‗zaro hamkorlikda harakat qilishda ana shunga 
asoslanadi. O‗ziga o‗zi baho berish shaxsning o‗ziga, o‗z imkoniyatlariga,boshqa odamlar 
orasidagi fazilatlariga va o‗rniga baho berishidir. O‗ziga o‗zi baho berish orqali 
shaxsning xulq-atvori to‗g‗rilanib, tartibga solib turiladi.Shaxsning o‗ziga o‗zi beradigan 
bahoning birmuncha oshirilib yuborilishi kutilgan baho ko‗rsatkichlarining kamayishi 
bilan bog‗liq bo‗ladi.O‗ziga o‗zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan 
chambarchas bog‗liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o‗ziga o‗zi beradigan bahoning 
individ o‗z oldiga qo‗yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari darajasida namoyon 
bo‗ladigan kutilgan darajasidir. 
Amerikalik psixolog U.Jeyms o‗zining psixologik nazariyasida XX asrning 
boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim tarkibiy qismi o‗zini hurmat qilishi 



Yüklə 367,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin