Praktikumi fanidan mustaqil ish


- rasm. Ayollar kuylagiga “molniya” tasmali taqilma tikish



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə4/5
tarix06.04.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#94045
1   2   3   4   5
Praktikumi fanidan mustaqil ish

4 - rasm. Ayollar kuylagiga “molniya” tasmali taqilma tikish.

“Molniya” tasma chokka qo'yib tikiladigan bo'lsa, chok tikilayotganda tasma qo'yiladigan joy tikilmay qoldiriladi. Tikilgan chok yorib dazmollanish bilan ayni vaqtda taqilma uchun tikilmay qoldirilgan joy chetlari bukib dazmollanadi. Bukib dazmollangan ziylar tagiga asosiy detalning teskarisi tomondan “molniya” tasma qo'yib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Bunda baxyaqatir bukib dazmollangan ziylardan 0,4-0,7 sm masofada, taqilma uchida esa kesimga perpendikulyar yo'nalishda, tasma tishlaridan 0,1-0,5 sm masofada o'tadi.


“Molniya” tasma chokka qo’yib tikiladigan bo’lsa, chok tikilayotganda tasma qo’yiladigan joy tikilmay qoldiriladi. Tikilgan chok yorib dazmollanish bilan ayni vaqtda taqilma uchun tikilmay qoldirilgan joy chetlari bukib dazmollanadi. Bukib dazmollangan ziylar tagiga asosiy detalning teskarisi tomondan “molniya” tasma qo’yib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Bunda baxyaqatir bukib dazmollangan ziylardan 0,4-0,7 sm masofada, taqilma uchida esa kesimga perpendikulyar yo’nalishda, tasma tishlaridan 0,1-0,5 sm masofada o’tadi.



Erkaklar kuylagi taqilmalarini tikish.
Erkaklar kuylagi old bo'lagida ostki qopqoqli taqilmalar, kesimi old bo'lagi etagigacha tushadigan, qopqoqli taqilmalar, o'tkazma qopqoq - adipli taqilmalar va yashirin taqilmalar bilan ishlov berish mumkin.
b - universal mashinada ag'darma chok
a - qo'sh ignali mashinada bostirib bilan tikilgan


Ostki qopqoqli taqilmasi bor kuylakda taqilma ostki qopqog'i old bo'lak o'ng tomoni kesimining qirqimiga 0,5 sm chok bilan ulanadi. Bunda qopqoq o'ngi old bo'lak teskarisiga qaratib tikiladi. Chok kesim tomonga yotqizib qo'yiladi. Taqilma qopqog'ini kuylakning o'ngi tomonga qayirib turib, uning yon cheti 0,5 sm bukilib, buklangan ziyidan 0,1 sm narida bostirib tikish bilan ayni vaqtda pastki uchi bukib tikiladi.
Kuylak old bo'lagi chap tomonining o'ngiga qo'shimcha qatlamning o'ngi qaratib qo'yiladi va ularning qirqimlari 0,5 sm ag'darma chok bilan tikiladi. Chok to'rg'irlanadi, qo'shimcha qatlam teskarisiga qayiriladi, asosiy detal 0,1-0,2 sm narida universal mashinada bostirib tikiladi. Old bo'lak chap tomonining ishlov haqqi kuylak teskarisiga bukib dazmollanadi. Old bo'lak chap tomoni o'ng bo'lak ustiga qo'yiladi va taqilma kesimi tugaydigan joy darajasida ko'ndalangiga to'g'ri to'rrtburchakli hosil qilib bostirib tikiladi.

Kesimi old bo'lak etagigacha turadigan kuylak taqilmasini tikish uchun, old bo'lak chap tomoniga qirqimi buklangan qo'shimcha qatlam qo'yib, maxsus moslamasi bor qo'sh ignali mashinada bostirib tikiladi yoki ag'darma chok bilan universal mashinada tikiladi. Bunda qo'shimcha qatlamning ichki cheti qirqimidan 0,5 sm narida bostirib tikiladi. Old bo'lak o'ng tomonining cheti 0,5 sm bukib, buklangan ziyidan 0,1 sm narida universal mashinada tikiladi.


Erkaklar kuylagi yoqasiga ishlov berish. Yoqa ko’tarmasi va qaytarmasi alohida bichilgan yoqani tikish va uni yoqa o’miziga o’tqazish.
Ustki yoqa qaytarmasiga qirqimlariga 0,7sm yetkazmay qotirma yopishtiriladi. Ustki va ostki yoqa qaytarmasi o’ngi tomoni ichkariga qaratilib juftlanadi va 0,7sm ag’qarma chok bilan tikiladi, joylarda 0,3sm chok haqi qoldirib, ortiqchasi kesib tashlanadi. Yoqa o’ngiga ag’dariladi va uning uchlari maxsus moslama yordamida to’g’rilanib, ustki yoqa tomondan 0,1sm ziy chiqarib dazmollanadi. Ustki yoqa qaytarmasi tomonidan fasonda ko’rsatilgandek, bezak bahya qator yuritiladi. Ustki yoqa ko’tarmasiga ham ,qirqimlariga 0,5-0,7sm yetkazmay qotirma yopishtiriladi. Ko’tarmaning ostki qirqimi qotirma bo’ylab buklanib, 0,5sm bukma chok bilan tikiladi. Yoqa qaytarmasini ostki hamda ustki ko’tarma bilan juftlab ,teskari tomondan ko’tarma qirqimlari atrofi bo’ylab, 0,7sm ag’darma chok bilan tikiladi. Ko’tarma o’ngiga ag’dariladi, uchlari bir-biriga to’rg’ri keltirib, to’g’ri tikilgani tekshiriladi.tayyor yoqa dazmollanadi. Ostki ko’tarma kertimlari to’g’ri keltirib yoqa o’miziga o’tqaziladi. Chokni ko’tarma tomonga yotqiziladi. Ustki ko’tarmaning pastki cheti ostki ko’tarmaga o’tqazilgan chokni yopadigan qilib bukiladi va buklangan ziydan 0,1sm naridan bostirib tikilib, ayni vaqtda ko’tarmaning yuqori cheti ham bostirib tikiladi. Ustki yoqasi adiplar bilan birga bichilgan yoqani tikayotganda adipning ichki chetiga bir tomoni yelim kukinli qo’shimcha qatlam qo’yib, adib ham, qo’shimcha qatlam ham maxsus moslamiali mashinada ichkariga bukilib tikiladi, yoki maxsus mashinada ikkala qirqimni birga yo’rmaladi. Ostki yoqa o’mizga o’tqaziladi. Qo’shimcha qatlam qo’yilgan ustki yoqa bilan adiplar ostki yoqa bilan old bo’lakka o’ngi
–o’ngiga qaratib qo’yiladi va ostki yoqa tomondan 0,7 sm bilan ag’darma chok bilan tikiladi.
Burchak joylarda 0,3 sm chok haqi qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va yoqa o’ngi ag’darilib, chetlari to’grilanadi. Ustki yoqaning pastki cheti uning o’ngi tomondan o’miz chizig’i bo’ylab ort bo’lakka, yelka chokiga qadar bostirib tikiladi. Yoqaga fasonda mo’ljallangan kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin