29
4. Poliz mevalarining yaxshi saqlanishi meva etining kimyoviy birikmalariga va
yana boshqa omillarga bog’liq. Meva etining tarkibida pektin moddasi ko’p bo’lib, eti
tig’iz bo’lsa, bunday mevalar uzoq muddat saqlanadi.
Tarvuz mevalari 3-5 oy, qovun mevalari 5-6 oy va qovoq mevalari bir yilgacha
buzilmay saqlanish xususiyatiga ega. Ertapishar navlar uzoq muddat saqlanish
xususiyatiga ega bo’lmaganligidan, saqlash uchun o’rtangi va kechpishar navlar
tanlanadi. Poliz mevalari uzoq muddat ta’m sifati buzilmay yaxshi saqlanadigan
mevalar hisoblanadi. Saqlanish jarayonida me-valarda biokimyoviy o’zgarishlar sodir
bo’lib, bu holat ayniqsa qovunda meva ta’mini yanada yaxshilaydi, qand miqdori
ko’payib, meva eti yumshaydi.
Poliz mevalarini maxsus sabzavot saqlanadigan omborxonalarda, turli
tuzilishdagi usti yopiq xonalarda (erto’la, boloxona, maxsus hujralar) saqlash
tarvuzlarni uzoq muddatga saqlash deyiladi. Bunday joylarda mevalar poxol yoki
qipiq, qum yoki somon to’shalgan uch to’rt qavatli so’rilarda saqlanadi. So’rilar
oralig’i 40-50 sm bo’lib, balandligi 1 m bo’ladi. Bunday so’rilarga mevalar bir qator
qilib joylashtiriladi.
Mevalar saqlanishga keltirishdan avval ular saqlanadigan omborlar 1 m
2
yerga
100 g hisobidan oltingugurt sepib chiqiladi, bundan tashqari formalinning 40 % li
eritmasi bilan omborxona shift va devorlari, so’rilar ust va tagi dezinfeksiya qilinadi.
Bunda saqlanayotgan mevalar kasallikka chalinmaydilar. Omborxonalardagi mevalar
saqlanish davomida bir oyda ikki marta ko’zdan kechirilib, aynib qolgan mevalar
chiqarib tashlanadi, qolganlari joyida ag’darilib qo’yiladi.
Omborxonalarda havo harorati 1-3 daraja, nisbiy namligi 80-85 % bo’lishi kerak.
Qadimdan qovunlarni eng yaxshi saqlash usuli har birini alohida osib qo’yib saqlash
hisoblangan. Hozirgi vaqtda bunday usul faqatgina shaxsiy xo’jaliklarda qo’llaniladi.
Ko’p miqdordagi qovunlar qalin devorli, shamol kirib turishi uchun tuynukchalari
bo’lgan qovunxonalarda saqlanib, bu yerdagi harorat kuzda 10-15 daraja, qish
oylarida esa 4-7 darajani tashkil etishi kerak. So’nggi yillarda qovunlarni qishda
saqlash uchun maxsus sovutgichli xonalar qurilmoqda. Bu yerlarda qovunlar to’r
xaltalarga yoki yashiklarga uncha qalin qilmay joylanadi. Harorat 0-2 daraja bo’lib,
havo namligi 80-85 % ni tashkil etsa, bunday joylarda qovunlar yaxshi saqlanadi.
Yuqorida aytilgan qovunxonalar yoki omborlar yo’q bo’lgan taqdirda qovunlarni
maxsus xandaqlarda saqlash kerak. Bunday xandaqlar qiyalik, nam kam
to’planadigan joylarda eni 2-4, uzunligi 6-10 metr qilib qaziladi. Chuqurligi 1-1,5 m
bo’lishi kerak. Qovunlar xandaqlarga 7-8 qator joylanib, ustiga 10-20 sm tuproq
tashlanadi, so’ngra o’simlik qoldiqlari bilan berkitiladi. Havo almashib turishi uchun
trubalar o’rnatiladi.
Poliz ekinlari ichida qovoq juda uzoq saqlanish xususiyatiga ega. Qovoqlarni
hamma yerda: omborxonalarda, shiyponlarda, yerto’la va boloxonalarda saqlash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: