Bolalik akademiyasi



Yüklə 16,25 Kb.
tarix20.04.2023
ölçüsü16,25 Kb.
#101077
bolalik akademiyasi


Learning Passport “Bolalik akademiyasi” raqamli platformasini optimallashtirish Oʻzbekistondagi 1,5 million bolaga naf keltiradi. Bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga Learning Passport “Bolalik Akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi. Platforma Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Mazkur platforma maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari; mashgʻulotlar rejalari; qoʻshimcha oʻqish uchun materiallar, raqamli taʼlim va tarbiya resurslari bilan taʼminlaydi. Bularning bari “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim davlat oʻquv dasturi va Oʻzbekiston Respublikasining erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi boʻyicha davlat talablari asosida ishlab chiqilgan. Maʼlumotlarga koʻra, bola miyasining 90 foizi 5 yoshga qadar rivojlanadi. Bu davrda ota-onalar va pedagoglar bolaga butun umri davomida taʼlim olishi uchun mustahkam poydevor qoʻyishda yordam berishlari mumkin. Buning uchun tarbiyalovchi va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratishlari, bola bu orqali oʻrganishi, rivojlanishi va yutuqlarga erishisha olishi zarur. Mazkur texnologik innovatsion gʻoya butun mamlakat boʻylab maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qatʼi nazar, yuqori sifatli oʻquv resurslaridan foydalanish imkonini beradi. “Maʼlumotlarga koʻra, aynan erta va maktabgacha yosh davrida sarmoya kiritish foydali. Bolalarni erta yoshidanoq tarbiyalash, himoya qilish, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi. Erta taʼlimga kiritilgan sarmoya 16 baravar koʻpayib qaytadi, – dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. – Shuning uchun ham UNICEF Oʻzbekistonda Learning Passport “Bolalik akademiyasi” oʻquv platformasini ishga tushirish boʻyicha innovatsion yondashuvni tatbiq qildi. Ushbu platforma 3–6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlariga imkon yaratadi”.
“Bolalik akademiyasi” platformamiz eng avvalo sifatli taʼlim olamidir. Pedagoglar zamonaviy metodikalar asosida tayyorlangan mashgʻulotlardan foydalanishi, oʻz ustida ishlashlari uchun qoʻshimcha mutolaa manbalarini qoʻllashi, ota-onalar esa bola taʼlim tarbiyasi va parvarishi boʻyicha foydali maʼlumotlarni oʻzlari uchun kashf etishlari mumkin”, dedi Shahnoza Mirziyoyeva. Ota-onalar va vasiylar bolalar sogʻlom rivojlanishi uchun zarur boʻlgan poydevorni yaratadilar. “Bolalik akademiyasi” uyda taʼlim berish borasida beqiyos koʻmakchidir. U oddiy mashgʻulotlar kutubxonasi va ota-onalar uchun maslahatlar, birgalikda oʻynaladigan oʻyinlar boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Birgalikdagi oʻyinlar ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini rivojlantiradi. “Bolalik Akademiyasi” bolalar foydalanishi uchun ham qulay. Ular savodxonlik, hisoblash va ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi oʻyinlarni oʻynashlari, oʻz ona tillaridagi elektron kitoblarni oʻqishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻquv-koʻngilochar videolarni tomosha qilish va yoshga mos kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.
“Bolalik akademiyasi”ni ishga tushirish orqali Oʻzbekiston boʻylab 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 millionga yaqin bolalarning oʻqish va rivojlanish natijalarini yaxshilash koʻzda tutilgan.
Yüklə 16,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin