Personalni solig’ini muxofaza qilish


Personal bilan suhbatlashish (interv’yu olish)



Yüklə 228,14 Kb.
səhifə9/15
tarix14.12.2023
ölçüsü228,14 Kb.
#178907
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Personal solig\'ini muxofaza qilish tizimini boshqarish.

Personal bilan suhbatlashish (interv’yu olish) ish jarayonini tahlil etish uchun zarur axborot olishga qaratilgan.
So’roqnoma — eng kam xaraj-at talab etadigan usul bo’lib, personalning fikr-mulohozalarini so’roqnomalar orqali o’rganishni ko’zda tutadi.
Faol kuzatuv — ish vaqtini xronometraj qilish maqsadiga qaratilgan.
Personal to’g’risida keng ko’lamli axborot to’plashga qaratilgan yuqoridagi barcha uslublardan turli shakllarda foydalanish mumkin. Ammo, bu uslublardan foydalanishda albatta, quyidagi tamoyillarga rioya qilish kerak:

  1. Muvofiqlashtirish, me’yorlash, ma’muriy choralar (rahbarlik vakolatlaridan foydalanish), yo’riqnoma, ruxsat berish.

  2. Iqtisodiy rag’batlantirish, mukofotlash, foyda taqsimotida ishtirok, ijtimoiy to’lovlar, moliyalash, personal uchun xarajat-larni tahlil etish, iqtisodiy mezonlarga qarab baholash, kreditlash.

3. Personal marketingi, mehnat faoliyatini tashkil etish,
rejalashtirish, prognozlash, mavjud, tarixan tarkib topgan kadrlar
boshqarmasi tizimini tahlil etish.

  1. Ijtimoiy-psixologik qiziqtirish, ishontirish, tarbiyalash, amaliy va shaxsiy xislatlarini baholash, attestatsiyadan o’tkazish, ijtimoiy masalalar, mojarolar va tanglik holatlarni hal etish, moslashtirish, kasbga yo’naltirish, shaxsiylashtirish.

  2. Huquqiy-professional himoya, shartnomalar tuzish va ularga amal qilinishini tekshirish, huquqiy ruxsat berish va muvofiqlashtirish.

Umuman olganda personalni o’rganishning zamonaviy uslublari, birligidan, xodimlar salohiyatini aniqlash uchun ularning shaxsiy xislatlari va qobiliyatlarini, ikkinchi tomondan korxona (firma)ni rivojlantirish istiqbollari hamda ish faoliyatining yangi yo’nalishlarini hisobga olgan holda personalga qo’yiladigan miqdor va sifat talablarini o’rganishni talab qiladi.
Personalni boshqarishning “yuqoridan quyiga” tizimi kadr-larni tanlash, baholash, rag’batlantirish va rivojlantirish bo’yicha qaror qabul qilishni markazlashtiradi. Boshqaruvning “quyidan yuqoriga” tizimi esa qaror qabul qilishni barcha darajalar bo’yicha taqsimlaydi.
Personalni boshqarishni tashkil etishda ijro mas’uliyati guruhga yoki shaxsga yuklatilishi muhim ahamiyatga egadir.
Ishlab chiqarish topshirig’ini guruh bilan ijro etish tizimi personalni tanlashda ijtimoiy o’zaro muvofiqlikka alohida e’tibor qaratilishini talab qiladi.



Yüklə 228,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin