1. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/3
tarix28.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#81351
  1   2   3
5-Ma\'ruza


5-Ma`ruza; Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Reja;
1. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi.
2. Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik xodimlarning javobgarligi
3. Javobgarlik va uning turlari
4. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o`qitish tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
1.Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi.
Mehnat muhofazasi bo`yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish
quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. “Sanoatkontexnazorat” agentligi.
3. O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining sanitariya
epidemiologiya nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh
boshqarmasi.
5. O`zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aktsionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz
ishlash, texnika xavfsizligi bo`yicha me`yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va
mehnat gigiyenasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat
qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik inspektoriga ega.
“Sanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim
ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar),
ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni
ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
2.Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo`yicha texnik xodimlarning javobgarligi
Korxonalarda ishlovchilarga xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitini yaratish bo`yicha ishlarni tashkillashtirish, baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarni oldini olish mehnat muhofazasi xizmatiga yuklanadi.
1. ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasbiy kasalliklarni ahvoli va sabablarini tahlil etish, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklarni oldini olish bo`yicha tadbirlarni ishlab chiqadi
va ularni bajarilishi haqida maslahatlar beradi;
2. korxona bo`linmalari ish joylaridagi sanitar texnik holatni portlashni amalga oshirish bo`yicha ishlarni tashkil etadi;
3. korxonaning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda mehnat sharoitini, mehnat muhofazasini yaxshilashning kompleks rejasini, tuzadi, ko`rib chiqadi sanitariya sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi.
4. saqlash qurilmalarini va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoyalovchi boshqa vositalarini konstruktsiyalarini qayta ishlash va joriy etish bo`yicha korxona rahbariyatiga takliflarini kiritadi;
5. mehnat muhofazasi bo`yicha ilmiy ishlanmalar va mehnat xavfsizligi standartlarini amalga kiritish ishlarida ishtirok etadi;

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin