N = T + F, bu erda:
N — mahsulot bahosi;
T — mahsulot tannarxi;
F — foyda.
6. Qimmatbaho qog’ozlar — fond bozorining tarkibiy qismi, mulkka egalik ekvivalenti hisoblanadi. Bunda aksiya — korxona aksiya kapitaliga qo’shilgan payni ko’rsatuvchi qimmatbaho qog’ozdir. U foydaning bir qismini dividend shaklida olish imkonini beradi. Veksel — bir shaxsning ikkinchi bir shaxs oddidagi pul majburiyatini aks ettiruvchi qarzdorlik hujjati hisoblangan , qimmatbaho qog’ozdir.Obligatsiya— aniq belgilab qo’yilgan foiz miqdorida yillik daromad olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog’oz. Kredit kartochkalari — pul o’rnini bosuvchi hujjat bo’lib, ularga egalik qiluvchilar o’zlari hisob raqamlarida bo’lgan pul s miqdoriga tovarlar sotib olishlari mumkin, xizmatlar haqini; to’lay oladilar. Dividendlaraksiyalar uchun to’lanadigan foydaning bir qismidir.
Soliq tizimi — davlat g’aznasini to’ddiruvchi muhim iqtisodiy mexanizm bo’lib, soliq korxona va fuqarolardan olinadi.
III. Boshqaruvning ijtimoiy uslublari(3.8- rasm) personalni boshqarishda muhim rol’ o’ynaydi. Bu uslublar xodimlarning jamoadagi o’rni va mohiyatini, etakchilarni aniqlash, ularni qo’llab-quvvatlash, xodimlarni ishga qiziqtirishni korxona pirovard maqsadlari bilan bog’lash, mehnat nizolarining oldini olish, ular ro’y bergan taqdirda bu nizolarni hal etish imkonini beradi.
Ushbu uslublar quyidagi xususiyatlarga ega:
Ijtimoiy rejalashtirish— ijtimoiy me’yorlar (turmush darajasi, mehnatga haqto’lash, uy-joyga ehtiyoj, mehnat sharoiti va boshqalar)ni ishlab chiqish, ijtimoiy maqsad va mezonlarni belgilash imkonini beradi.