Perfect university


-mavzu. Pedagogik texnologiyaning ilmiy, nazariy asoslari



Yüklə 105,97 Kb.
səhifə3/10
tarix05.12.2023
ölçüsü105,97 Kb.
#172942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Perfect university

6-mavzu. Pedagogik texnologiyaning ilmiy, nazariy asoslari.
Ta’lim texnologiyalari haqida fikr yuritishda didaktik jarayon tuzilmasi hakida tushunchaga ega bulish kerak. Pedagogik, psixologik va uslubiy adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, didaktik jarayon o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq; bo‘lgan bir necha tarkiblarni o‘z ichiga oladi.
7-mavzu. O‘qituvchining innovatsion faoliyati,namoyon bo‘lishi va tuzilmasi.
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.
8-mavzu. Interfaol metodlarning mohiyati va qo‘llanilishi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish hisoblanadi.
Interfaol ta`lim – ta`lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta`lim.
9-mavzu. “Aqliy hujum” va “Ajurali arra” metodlari.
Mazkur metodlar o‘quvchi (talaba)larni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o‘z tasavvurlari, g‘oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi
10–mavzu. “Intervyu” metodining qo‘llanilishi.
Metod bir-birlari bilan tanish bo‘lmagan o‘quvchi (talaba)lar o‘rtasida o‘zaro muloqotni tashkil etish, ularning bir-birlari bilan yaqindan tanishishlari uchun zarur sharoitni yaratib berish maqsadida qo‘llaniladi.
11–mavzu. KBI ( “Kuzatish, bahslashish, ishontirish”) texnologiyasi
Texnologiya o‘quvchilarni hayotda o‘z o‘rinini topish yo‘lida faollik ko‘rsatishga rag‘batlantirib, ularda yetakchilik, sardorlik sifatlari, jamoada ishlash ko‘nikmalari, o‘zgalar fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyalarini himoyalash, fikrini isbotlay bilish, asoslash, ishontirish, munozara olib borish, murosaga kelish, ijodiy izlanish kabi qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yüklə 105,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin