Pedagogik takt о' qituvchi kasbiy mahoratining asosi



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə4/12
tarix05.12.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#173903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pedagogik taktni qo`llash shartlari.

Boshqaruv uslublari.
Psixologiyada turli tipdagi boshqaruvchilarning ijtimoiy psixologik portreti ishlab chiqilgan - bunda ularning boshqaruvida bo'lgan jamoa bilan muloqoti texnikasi tahlil qilinadi. O'qituvchi ham pedagogik jarayonda boshqaruvchi fiinksiyasini bajaradi. Boshqaruv uslublarining uchta asosiy turini o'zaro ta'sir qilish nuqtai nazaridan ko'rib chiqamiz.
Avtoritar uslub. Talabalar faoliyatiga tegishli barcha masalalarni, hattoki kim qaerda o'tirishigacha o'qituvchi yakka o'zi hal qiladi, talabalar tomonidan chiqadigan barcha tashabbusni taqiqlaydi!
Bu uslubni qo'llovchi o'qituvchining muloqot usullari buyruq, ko'rsatma, instruksiya, tanbeh.
Demokratik uslub. Bunda o'qituvchi jamoa fikriga tayangan holda ish tutadi, faoliyat maqsadini barcha talabaga etkazishga harakat qiladi, faoliyatning kechishini muhokama qilishga barchani jalb etadi; o'z vazifasini faqat nazorat va munofiqlashtirish deb bilmay, tarbiya bilan ham shug'ullanadi; barcha talabani rahbatlantiradi va ularda o'z-o'ziga ishonchni shakllantiradi; jamoada o'z-o'zini boshqarish rivojlanadi. Bu uslubni qo'llovchi o'qituvchi barcha jamoa a'zolarining individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ular o'rtasida vazifalarni teng bo'lishga harakat qiladi; tashabbus va faollikni rag'batlantiradi. Bunday o'qituvchi muloqotda qo'llaydigan usullari iltimos, maslahat, axborot berishdir.
Liberal uslubboshqacha qilib aytganda, anarxik. O'qituvchi jamoa hayotiga umuman aralashmaslikka harakat qiladi, faolligi sust, muammolarni yuzaki ko'rib chiqadi, boshqalarning ta'siriga oson tushib qoladi. Ma'suliyatdan o'zini olib qochadi va o'z avtoritetini yo'qotadi.
MS: Siz ta'lim jarayonida ko'proq qaysi uslubni qo'llagan bo'lar edingiz?
1. Hamkorlik pedagogikasi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish va uni o'quvchi shaxsiga yo'naltirishga aoslangan. Bu texnologiyalar ijodkor shaxsni shakllantirishga yo'naltirildgan ijodiy muhitni yaratish ta'lim sifati va samaradorligin oshirishga xizmat qiladi.
Hamkorlikda o'qitish mashg'ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash, masalalar yechish va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Hamkorlikda o'qitish mashg'ulotlarini tashkil qilishda: o'qituvchi-sinf, o'qituvchi-kichik guruh, o'qituvchi-katta guruh, o'qituvchi-o'quvchi, o'quvchi-o'quvchi (juftlikda ishlash), kichik guruh-kichik-guruh, kichik guruh-sinf va boshqa tashkiliy shakllar qo'llaniladi.
Hamkorlikda o'qitish-bu o'qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar guruhi, yakka o'quvchi hamda butun sinf bilan o'zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi bilan birgalikda, o'quvchilaming ham o'zaro qo'llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi instrugtaj va interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashdan iboratdir. O'quvchilar hamkorlikda akademik topshiriqlar ustida, kichik guruhlarda ishlashadi va o'zlariga hamda o'z guruhlaridagi o'rtoqlariga birgalikda yordam berishadi.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin