Pedagogik takt о' qituvchi kasbiy mahoratining asosi


Pedagogik nazokatning uzluksizligini ta'minlovchi omillar



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə7/12
tarix05.12.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#173903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pedagogik taktni qo`llash shartlari.

Pedagogik nazokatning uzluksizligini ta'minlovchi omillar:

  • pedagogik nazokat o'qituvchTning butun pedagogik faoliyatida sayqallanib takomillashib boruvchi jarayon;

  • pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo'lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi;

  • o'qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o'zgartirishi mumkin;

• pedagogik nazokatni o'qituvchi har bir o'quvchi bilan o'zaro munosabatda o'zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma'lum bir muvozanatda saqlaydi

  • o'z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo'yligi, axloqiy pokligi, odamiyligi, kamtarligi, samimiy muomalasi pedagogik nazokatning zarur talablaridir;

  • pedagogik nazokat asosida o'qituvchining mehribonligida tarbiyada talabchanlik va qattiqqo'llik hislatlari mujassamlashgan bo'ladi;

  • pedagogik nazokat asosida o'qituvchi pedagogik odob va axloq normalarini o'zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib boradi;

O'qituvchi pedagogik nazokatga ta'lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho berishi, o'quvchilarning xatti-harakatini to'g'ri idrok etishi, sabot va matonat, o'zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirishi bilan erishadi. Pedagogik faoliyatda o'z kasbini sevgan o'qituvchigina butun kuch g'ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga bag'ishlaydi va o'z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo'lish o'qituvchi axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi muhim fazilatlardir.
O'qituvchi deyarli har kuni o'quvchilar bilan uchrashadi, savol-javob qiladi, ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma'qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo'ya xatti-harakatlari uchun tanbeh berib, lozim bo'lganda tarbiyaviy metodlarni qo'llaydi.
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doimiy ijodiy izlanishda bo'lgan o'qituvchi tadqiqotchilik ko'nikma va malakalariga ega bo'ladi, ilm-fan muammolani, tarbiya etikasi va psixologiyasi yuzasidan erkin fikr yurita oladi.
O'qituvchi o'quvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimiga ma'lum darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini o'rganishga harakat qilishi kerak. Bu narsa o'quvchilar bilan suhbatlashish orqali, fe'1-atvorini o'rganish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish, o'quvchilar hayotidagi turli voqealar va muammolarni birgalikda tahlil qilish, ular muhitida ro'y berayotgan hodisalarga nisbatan fikr-mulohazalarini bilish asosida amalga oshiriladi. Bunda u o'quvchilar jamoasida ro'y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib bo'lmaydigan yasbirin hodisalar va voqealarni o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Natijada o'qituvchi ta'lim-tarbiyaviy jarayonda o'z oldida turgan vazifalarni hal etishda o'quvchilarning o'zlarini ham jalb qila oladi.
Ijobiy natijalarga erishish uchun, o'qituvchi o'quvchilarning ishonchini qozona olishi shart. Yosh o'quvchi "do'stlar" ishonchini qozonish yoki ishonchiga kirishi uchun o'qituvchi pedagogik nazokat imkoniyatlarini o'z o'mida qo'llay olishi lozim. O'zaro ishonch munosabatlan o'rnatilgach, o'quvchilar og'ir damlarda o'qituvchidan yordam so'rab murojaat qiladilar, o'z mulohazalarini u bilan baham ko'radilar. O'zaro ishonch norasmiy munosabatlarda ham o'qituvchiga o'quvchilarning ba'zan anglab bo'lmaydigan ichki dunyosini ko'rish imkoniyatini beradi.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin