Pedagog respublika ilmiy jurnali


PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI



Yüklə 28,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü28,17 Kb.
#203800
1   2   3
Sohibjamolova Oygul Sohibjamol qizi (2)

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
6 – TOM 6 – SON / 2023 - YIL / 15 - IYUN 
www.bestpublication.org
 
660 
bo‘ladilar. Bu esa, asosan, yangi bilim berishda qo‘llaniladi. Kuzatish — bolalarning 
narsa, voqealarning ma’lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Bu usul ma’lum 
obyektlarni kuzatishda yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Namoyish etish metodi
. Bu metodda tarbiyachi bolalarga narsaning o‘zini yoki 
tasvirini ko‘rsatadi. Kuzatish so‘z bilan qo‘shib olib boriladi. Bu asosan bevosita 
kuzatib, ko‘rib bo‘lmaydigan narsalar bilan tanishtirishda qo‘llaniladi. Masalan, 
hayvonlar, o‘simliklar hayoti bilan tanishtirish. Texnikaviy vositalardan foydalanish 
MTMda ta’lim jarayonini qiziqarliroq o£tkazishni ta’minlaydi. Tevarak-atrof bilan 
tanishtirish imkoniyatini kengaytiradi. Texnikaviy vositalardan tarbiyachi katta va 
tayyorlov guruhlarida foydalanadi. Kichik guruhlardan boshlab bolalarga hikoyalarga 
ishlangan suratlar ko‘rsatiladi. Bu buyum va narsalarni izchillik bilan idrok etish 
imkonini beradi va sinchkovlik hislarini o‘stiradi. 
Hikoya qilib berish metodida
materialni aniq, obrazli, ta’sirchan bayon qilinadi. 0 
‘rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o‘qib beriladi. Bu bolalarga ta’lim 
berishda va ularning aqliy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hikoya qilib 
berish metodi mustaqil metod sifatida qo‘llaniladi. Suhbat metodi. Suhbat MTM 
didaktikasida muhim o‘rinni egallaydi. Tarbiyachi bolalar bilim va amaliy tajribalariga 
suyanib, savollardan foydalangan holda ularni yangi bilimlarni egallashiga, 
mustahkamlashiga harakat qiladi. 
«Suhbat 3—4 yoshli bolalar bilan o‘tkazilmaydi. 4—5 yoshli bolalar bilan ham 
suhbat mustaqil mashg‘ulot sifatida o'tkazilmaydi. Bu yoshda kuzatish qisqa suhbat 
bilan qo‘shib olib boriladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashg‘ulot tarzida 
o'tkazilishi mumkin»
64
Amaliy metod
. Bu metod tarbiyachiga bolalarning turli-tuman amaliy 
faoliyatlarini tashkil etishga, bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olishga yordam 
beradi. Bu metod orqali bola buyumlarning o‘ziga tanish bo‘lmagan xususiyatlarini bilib 
oladi. Tarbiyachi amaliy mashg‘ulotlarda bolalarning oldiga vazifa qo‘yib, bolalardan 
mashq qilishni talab etadi. Shular orqali bola bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab 
oladi. 
O‘yin metodi
didaktik vazifani tushunarliroq, ta’limni qiziqarli qilib tashkil etishga 
yordam beradi. 0 ‘yin metodi bolalarning ixtiyoriy diqqatlarini oshiradi, bola irodasini, 
ijodiy fikrini rivojlantiradi. Bola ijodiy o‘yinda aqliy jihatdan tarbiyalanadi va 
rivojlanadi. Kichkintoylar o‘ynaydigan sujetli o‘yinlarning asosiy mazmuni — 
buyumlar bilan bajariladigan xilma-xil harakatlarni tasvirlashdir. Bunday o‘yinlar 
jarayonida bolalar buyumlardan foydalanish, ular bilan amallar bajarishning ijtimoiy 
mustahkamlangan usullarini o‘zlashtirib oladilar. Bunda harakatlarni umumlashtirish 
va bolaning ongida ularni aniq bir buyumdan ajratish jarayoni ro‘y beradi. 
64
P. Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Т., « 0 ‘qituvchi», 1993, 95-bet 



Yüklə 28,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin