Pedagog respublika ilmiy jurnali



Yüklə 28,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü28,17 Kb.
#203800
  1   2   3
Sohibjamolova Oygul Sohibjamol qizi (2)



PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
6 – TOM 6 – SON / 2023 - YIL / 15 - IYUN 
www.bestpublication.org
 
659 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHNING ZAMONAVIY 
TEXNOLOGIYALARI 
 
Sohibjamolova Oygul Sohibjamol qizi 
Andijon viloyati Andijon tumani 16-sonli DMTT tarbiyachisi 
 
Annotatsiya:
ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o’ziga 
xosligi, afzalliklari, ta’lim jarayonidagi zamonaviy texnologiyalari ko’rib chiqilgan. 
Kalit so’zlar

bolalar, maktabgcha ta’lim,jarayon, metod, usullar, zamonaviy 
texnologiya. 
 
Yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy, islohlashgan maktabgacha ta’lim 
muassasasi tarbiyachisining yuksak bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Ta’lim maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning bilish qobiliyatlarini muntazam-
rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi tarbiya dasturida belgilangan eng 
oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan 
iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi 
rol o‘ynaydi. Chunki, ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal 
etiladi. Ta’lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va 
sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda 
tutadi. Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, 
tanqidiylik kabi sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. U jismoniy, estetik va 
mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. Bog‘chada 
bolalarga madaniy-gigiyenik ko‘nikmalar, asosiy harakatlar o‘rgatiladi, ular madaniy-
axloqiy qoidalarni o‘zlashtirib oladilar. 
O’zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlaming 
muvaffaqiyatga eng awalo odamlarning o’z ishlariga ma'suliyat bilan qarashlariga
kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo’lib qo’shiladigan savobli 
ishlarni qila olishlariga bog’lik. Jamiyatda pedagog (o’qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, 
o’sib kelayotgan aviodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har 
tomonlama bilim berishdek savobli va ma'suliyatli vazifalarni bajaradi. Maktabgacha 
pedagogika fani - bu kelajak. istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu 
boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy qilib, 
qalbini baxtga, ilohiy nurga to’ldiradi. Dunyoda biror kimsa yuqki, uning ustozi 
bo’lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan 
yozuvchimi yoki qo’li gul kosibmi, qo’yingki, barcha-barchaning o ’z ustozi va hayot 
yo’lini charog’on etib turuvchi yulboshchisi bo’ladi. 
Bolalarga ta’lim berish jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi: 
Kuzatish metodi
bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda 
bolalar ko‘rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega 



Yüklə 28,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin