6-ILOVA Nazorat savollari .
Tazkirachilik xaqida ma’lumot bering.
„Nozim tazkirasi“ xaqida tushuncha bering.
Tazkirachilik tarixida Majzub Namangoniyning oʻrni qanday?
Mavzu yuzasidan taqdimot yaratib kelish.
Uyga vazifa
7-ilova
Kelgusi mashg’ulot: Univеrsal tavsiya bibliografik qo’llanmalarini tahlil qilish va tuzish
29- mavzu: Tazkirachilik.
Reja:
Tazkirachilik.
„Nozim tazkirasi“ xaqida
Tazkirachilik tarixida Majzub Namangoniyning oʻrni
Tazkira oʻrta asrlar nasrining muhim janrlaridan hisoblanadi. Tazkira soʻzi arab tilidan olingan boʻlib, zikr etmoq, eslamoq maʼnolarini anglatadi. Ammo tazkira mualliflari oʻz asarlarida adiblar nomini eslash bilan cheklanmasdan ularning tarjimai holi boʻyicha muhim maʼlumotlar berganlar, ularning asarlaridan namunalar keltirganlar. Boshqacha qilib aytganda, tazkiralar oʻrta asrlarda adabiyot tarixi vazifasini oʻtagan. Shunisi ham diqqatga sazovorki, ayrim hollarda shoirlar, yozuvchilarga oid maʼlumotlar, ularning asarlari namunalari faqatgina tazkiralarda saqlanib qolgan va ular yagona manba boʻlib xizmat qiladi.
Tazkiralarning yana bir muhim jihati shundan iboratki, ularda adabiy hayot, adabiy doiralar faoliyati maʼlum davr va oʻlka miqyosida umumlashtirilgan shaklda beriladi, bu esa, keyingi avlodlar uchun oʻrta asrlardagi adabiy jarayonni oʻrganishda katta qulaylik tugʻdiradi. Afgʻoniston dariyzabon adabiyoti tarixi uchun ham tazkiralarning ahamiyati juda katta.
Afgʻoniston dariyzabon adiblari haqidagi maʼlumotlar mamlakatdan tashqarida bitilgan tazkiralarda ham oʻz ifodasini topgani haqida yuqorida aytib oʻtgan edik. Shunday tazkiralar Afgʻonistonning oʻzida ham yozilgani shubhasizdir. Ularning koʻpchiligi kam tadqiq etilgan yoki umuman oʻrganilmagan. Hanuzgacha topilmagan va ilmiy muomilaga kiritilmagan tazkiralar ham boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Baxtli tasodif tufayli Badaxshon adabiy adabiy hayotiga oid yozilgan tazkiralar bundan mustasnodir. Ulardan birinchisi Munhammad Ismoilxon Nozim Badaxshiyning 1805 — 1810 yillar orasida yozib tugatgan „Tazkiraye Nozim“ („Nozim tazkirasi“) asaridir.
„Nozim tazkirasi“ faqat Badaxshonda emas, balki Afgʻonistonning Balx viloyati, Eron va Buxoro xonligi hududida yashab ijod etgan adiblarga oid maʼlumotlarni ham qamrab oladi. XIX asr boshida yozilgan bu tazkirada Eron va Buxoro shoirlari haqidagi maʼlumotlarning kiritilishi bu davrda koʻrsatilgan hududlardagi adabiy doiralar oʻzaro aloqada boʻlganini koʻrsatadi.
Muhammad Ibrohim Ahqar 1845 yilda yozib tugatgan tazkirasi „Takmilat ur-riyoz“ („Bogʻlarga qoʻshimcha“) da dastlab sheʼriyat paydo boʻlganidan beri arab va fors tillarida ijod etgan buyuk shoirlar haqida maʼlumot bergan, undan keyin esa, Badaxshon adiblari boʻyicha batafsil maʼlumot keltirgan. Muallif oʻz asarini Badaxshon hokimi Yusufalixonga bagʻishlagani eʼtiborga olinsa, bu tazkira ham shu oʻlkada yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.
Badaxshonda yaratilgan tazkiralardan yana biri Mir Yorbekxon qalamiga mansub „Laʼli Badaxshon“ („Badaxshon laʼli“) asari boʻlib, muallif uni 1873 yilda yozgan. Tazkira tugallanmagan, unda boshqa adabiy faktlar bilan birga Badaxshon adiblari haqida ham muhim maʼlumotlar keltirilgan.
XIX asrda Badaxshonda yaratilgan tazkiralardan yana biri „Bahori Badaxshon“ („Badaxshon bahori“) deb ataladi. Uning muallifi Said Abdulkarim Husayniy Badaxshiy boʻlib, u oʻz asarini 1885 yilda yozib tugatgan.
Shu muallif „Mufarrih ul-ahbob“ („Doʻstlarni shodlantiruvchi“) nomli yana bir tazkira yozgan va unda Afgʻoniston, Buxoro, Eronda yashab ijod etgan adiblarga oid maʼlumotlar va ular asarlaridan parchalar keltirilgan.
Badaxshonlik mualliflardan yana biri Abulvafo Abdulhakim Rustoqiy — Valvolijiy boʻlib, u ham XIX asrning soʻnggi choragida ikkita tazkira yozgani maʼlum. Ulardan biri „Cherogʻe anjuman“ („Yigʻilish chirogʻi“) deb ataladi. 1892 yilda yozib tugatilgan bu tazkirada Badaxshonda oʻtmishda yashab ijod etgan adiblar qatori muallif zamondoshlariga ham etarlicha oʻrin ajratilgan.
Valvolijiy qalamiga mansub ikkinchi tazkira „Sakinat ul-fuzalo“ („Fozil kishilar oromi“) deb ataladi. Unda Kobulda yashab ijod etgan olimlar va shoirlarga oid biografik maʼlumotlar va ular ijodidan parchalar keltirilgan.
Burhoniddin Logʻar Badaxshiyning „Ixvon ul-majolis“ („Majlislardagi birodarlar“) asari esa, tarixiy-adabiy maniba hisoblanadi. Asarda dastlab Chingizxon bosqiniga qadar kechgan islom tarixi bayon etilib, keyin Badaxshon shoirlariga oid maʼlumotlar keltirilgan[1].
Shuni taʼkidlash lozimki, nomlari zikr etilgan tazkiralar qoʻlyozma shaklida, koʻpincha, shaxsiy kutubxonalar yoki mualliflar avlodlari xonadonida majud boʻlib, hanuzgacha kam oʻrganilgan[2]. Ularni nashr etish, ularda bayon etilgan maʼlumotlarni har tomonlama tahlil etish Afgʻoniston dariyzabon adabiyoti tarixini kengroq va chuqurroq bayon etish imkoniyatini yaratishi shubhasizdir.
Yuqorida bayon etilgan qisqa axborot shundan guvohlik beradiki, tazkiralar Afgʻoniston dariyzabon adabiyotiga oid maʼlumotlarni deyarli ilk Durroniylar saltanati davridan XIX asrning oxirigacha qamrab oladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, Afgʻonistonda, uning tarkibiy qismi boʻlgan Badaxshonda, ana shu tarixiy davr davomida adabiy hayot toʻxtovsiz davom etgan, shoirlar, adiblar dariyzabon adabiyot tarixini boyitadigan asarlar ijod etganlar.
Dostları ilə paylaş: |