Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə152/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

Axborot resurslari maqsadga mos axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisidir. Kutubxonabibliografiya resurslari — kutubxonalar oldida turgan vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, moddiy-texnik va xodimlar bazasi. Axborot-bibliografiya resurslari jamiyatning va axborot iste’molchilarining talablarini qondirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, faktlar va boshqalar haqidagi turli xil manbalar bo‘lib, kutubxonalarda va axborot markazlarida saqlanayotgan an’anaviy va mashinada o‘qiladigan axborot tashuvchilar (har xil kataloglar va kartotekalar, ma’lumotlar banki va bazasi hamda axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi intellektual va moddiy kuchlardan iborat. Bu resurslarning eng muhim axborot mahsuloti axborot tizimlarining harakati natijasida yuzaga kelgan hujjatlar, axborot massivi, ma’lumotlar bazasi va axborot xizmatidir. Bibliografik mahsulot — axborot mahsulotining bibliografik axborot, ya’ni bibliografik yozuvlar bilan ta’minlangan turi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar va texnologiyalar samaradorligining mezonlarini shakllantirishga e’tibor berishda ham sezilarli siljishlar ro’y bermoqda. Agar ma’muriy – buyruqbozlik tizimlari sharoitlarida asosiy e’tibor axborotlarni mashinada ishlab chiqishning xarajatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lsa, hozirda eng avvalo qarorlarni tez qabul qilish, tahliliy ma’lumotlarning haqiqiy jarayonlarga o’xshashligi darajasi, iqtisodiy – matematik usullar va modellardan aniq moliyaviy ishlab chiqarish vositalar tahlili uchun foydalanish imkoniyati faollashdi. Masalaning bunday qo’yilishi tadbirkorlik va xo’jalik yuritish amaliyotiga ilmiy tadqiqot nuqtai nazarlarini kiritadi, yangi ilmiy asoslangan qarorlar, yondashishlar va malakali xodimlarni talab qiladi.
Bundan tashqari axborot – qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish va ularning isrof qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs sanaladi.
Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi natijasida, axborot hajmi shunchalik ko’payib ketdiki, bu larayon boshqaruv sohasida axborotni qayta ishlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. Boshqaruv ierarxiyasining paydo bo’lishi, tovar – pul munosabatlarining yuzaga kelishi hamda hisoblash mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlashda yuzaga keluvchi qiyinchiliklarni yengish imkonini berdi. Bugungi kunga kelib boshqaruv ierarxiyasining, tovar – pul munosabatlarining, hisoblash mashinalarining rivojlanishi shu darajaga yetdiki, endilikda axborot hajmi va murakkabligi axborot sanoatini yaratishni talab qilmoqda. Axborotlar miqdori mamlakatda milliy, iqtisodiyot, tarmoq, tashkilotlar rivojlanishini belgilaydi.

Foydlanilgan adabiyotlar ro’yhati.


1. Shavkat Mirziyoev “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” Toshkent – “O‘zbekiston”-2018.
2. Rahimova N.A.,To‘lanova G.G‘., Mavlayanov K.G‘. axborot kutubxona muassasalari resurslar fondi va kataloglari / o‘quv qo‘llanma:-T.:”Tafakkur bo‘stoni”nashriyoti, 2017-yil.-192 bet.
3. “Kutubxona - bibliografik klassifikatsiyasi”. Ommaviy kutubxonalar uchun jadvallar.( Nashr uchun mas’ullar). I.E.Kattaxojaeva,M.T.Azimov, M.R.Zoxidova tuzatilgan to‘ldirilgan nashr.-T: Istiqlol,2003.-504b
4.“Lotin yozuvidagi avtor” jadvali.( Tuzuvchi Zoxidova M.R.).T.,2003.-24b
5.GOST 7.76-96 Komplektovaniya fonda dokumenten v bibliografirovaniya. Katalogizatsiya. Terminы i opredeleniya
6.Yo‘ldoshev.E, Raximova .M. “Xujjat fondlari”/ O‘quv qo‘llanma.- T., 2004.-151.b
Internet manbaalari
1..http://ru.wikipedia.org/wiki/Bibliotechno-bibliograficheskaya_klassifikatsiya
2. http://traditio-ru.org/wiki/ Bibliotechno- bibliograficheskaya_klassifikatsiya


Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin